Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
146
Kompyuter monitorida uch oʻlchamli tasvir hosil qilishda turli usullardan,
turli
ranglardan, yorugʻlik berish orqali relyef hosil qilishdan foydalaniladi.
Bundan tashqari, GATda uch oʻlchamli model hosil qilishda MatLab (
MATLAB
)
dasturining ahamiyati juda katta. Shu sababli bu dasturni oʻrganish geoaxborot
tizimini toʻliqroq tushunishga yordam beradi (5.10-rasm).
Elektron
karta
koʻrinishida
tasvirlash.
Xalq
xoʻjaligining
avtomatlashgan
boshqaruv tizimi, koʻplab muammolarning amaliy yechimlarini
hisobotlar va axborotlar bilan ta’minlashda elektron
kartalar GATning asosi
boʻlib xizmat qiladi.
Elektron kartalar
dasturiy
qabul qilingan kartalarni
proyeksiyalash va shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida
tasvirlangan hamda dasturiy boshqarish mumkin boʻlgan
kartografik tasvirlar
hisoblanadi. Bu turdagi kartalar raqamli karta yoki geoaxborot tizimining
ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi. Elektron kartalar tizimi masshtablarga,
koordinatalar sistemasiga hamda tuzilishi va
shartli belgilariga qarab
umumlashtirilgan elektron kartalar toʻplamidan yaratiladi. U rastr va vektor
shaklida boʻladi.
Elektron kartalar tizimi quyidagilardan tashkil topgan:
1.
Joyning raqamli modeli.
2.
Shartli belgilar tizimi.
3.
Aerokosmik rasmlar.
4.
Audio-video va matnli ma’lumotlar.
5.
Elektron kartalarni maxsus axborotlar bilan ekranda tasvirlovchi dastur
vositasi.
Elektron kartalarning qogʻozli kartalardan
asosiy ustunligi shundaki,
elektron kartalar real vaqtda istalgan joy haqida xohlagan darajadagi aniqlik bilan
ma’lumot bera oladi, unda maxsus axborotlar oson toʻgʻrilanadi, istalgancha
nusxa bosma qilinadi.
Elektron kartalar
quyidagicha tasniflanadi
:
1.
Avtomatlashgan tizimda qoʻllanilishiga qarab:
avtomatlashgan boshqaruv tizimida qoʻllanilishi uchun (ABT);
xalq xoʻjaligidagi avtomatlashtirish tizimida qoʻllanilishi uchun.