Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
149
Elektron kartalarni (EK) tuzish jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga
oladi:
1.
Kartografik axborotlarni raqamli shaklga avtomatlashgan holda uzatish.
2.
Raqamli kartografik axborotlarni shartli belgilash va EKlarni avtomatik tuzish.
3.
EK bilan ishlashda foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni boshqarish tizimini
ishlab chiqish.
Topografik axborotlarni tasniflash.
Topografik
axborotlarni tasniflash
obyektni kartografik axborotlardan foydalanishni avtomatlashtirish va 1:25000
–
1:1000000 masshtabli grafik kartalarda tasvirlash uchun xizmat qiladi. Axborotlar
quyidagi 8 ta sinfga boʻlinadi:
1.
Mavzuli elementlar va planli, balandlik asoslari elementlari.
2.
Relyef.
3.
Gidrografik va gidrotexnik inshootlar.
4.
Aholi yashash punktlari.
5.
Ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik va madaniy-maishiy obyektlar.
6.
Yoʻllar.
7.
Oʻsimliklar.
8.
Chegaralar.
Qoʻshimcha sinflar kartalarda yozuvlar bilan koʻrsatiladi.