Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
162
Masalan, rastr faylda chegara chiziqlarining ustiga matn tushib qolgan
boʻlishi mumkin. Bu esa dastur yordamida avtomatik vektorlashda xatoliklarga,
jumladan chiziqlarning bogʻlanmay qolishiga olib keladi. Bunda xatoliklardan
qochish uchun rastr faylni maxsus dasturda qayta ishlash (vektorlash)dan
oldin
matnni oʻchirib tashlab, chiziqni davom ettirish va matnni boshqa ochiqroq joyga
koʻchirish zarur. Vektorlash jarayoni amalga oshirilgandan soʻng ham yana bir
marta tekshirib, zarur boʻlsa qoʻshimcha tahrir ishlarini amalga oshirish kerak.
Avtomatlashgan vektorlash oddiy kartalar,
jumladan kontur, gorizontallar
va koʻchalarga ega boʻlgan oddiy kartalarga mosdir. Agar kartada koʻpgina
obyektlar mavjud boʻlsa va vektorlashni kerakli obyektlarni tanlash orqali (bunda
kartadagi barcha obyektlar vektorlashtirilmaydi) amalga oshirish zarur boʻlsa,
interaktiv vektorlash (boshqacha nomi yarim avtomatlashgan yoki kuzatib
boriladigan) qoʻllaniladi. Interaktiv vektorlashda maxsus dastur raqamlashtirishni
avtomatlashtirish uchun qoʻllaniladi. Bunda operator
kursordagi kerakli nuqtani
piksel ustiga olib borib bosadi va chiziqning davom etishi uchun yoʻnalishni
koʻrsatib beradi, undan soʻng dastur avtomatik ravishda chiziqlarni raqamlaydi.
Odatda bu dasturda koʻpgina parametrlar, jumladan nuqtalarning qanchalik
darajada toʻliqligi (generalizatsiya darajasi), tashlab ketiladigan boʻsh
piksellarning oʻlchami va chiziqlarning yoʻnalishini koʻrsatib berish, kerakli
joylarda toʻxtab oʻtish kabilar sozlanishi mumkin. Hozirgi paytda interaktiv
vektorlash koʻp mehnat talab
qiladigan usul hisoblanadi, lekin samaradorlik va
sifat jihatidan qoʻl yordamida raqamlashtirishdan koʻra ancha ustundir. Bundan
tashqari, bu usul yuqori sifatli ma’lumot ham beradi, ya’ni kompyuter har qanday
holatda ham insonga qaraganda koʻproq aniq va mos chiziqlarni chizadi. Shuning
uchun ham maxsus ma’lumot olishga moʻljallangan guruhlar qoʻl yordamida
raqamlashtirishdan koʻra vektorlash usulini koʻproq ma’qul koʻradilar.
Ma’lumot olish ham boshqa ishlardagi kabi xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Raqamlashtirish jarayoni kameral sharoitda ma’lum vaqt mobaynida
bajariladigan va xatoliklarga moyil ish boʻlgani uchun operator ba’zida kursorni
notoʻgʻri ushlashi yoki kerakli joyda burilishlarni hisobga olmasdan vektor