• Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi
  • Maydalash darajasi, maydalash bosqichlari va maydalash usullari
  • Muqaddima




    Download 332.36 Kb.
    bet1/3
    Sana26.04.2024
    Hajmi332.36 Kb.
    #208653
      1   2   3
    Bog'liq
    Muqaddima
    半稿 王婷 3, Muvaffaqiyat qozonish sirlari yoxud Deyl Karnegi ijodiga nazar, ABDUSAMIYEVA GULBODOM SANOAT EKALOGIYASI, Operatsion tizimlar yakuniy test (3), Elektronikada Komp.Mod, 8-mavzu, Buhgalteriya xisobot, Shoxrux, 119114, 88888888888, 777777777777777, 3 (1), ismoilov, elektronika-x-2 (1), Ehtimollik Statistika Sharipov D 711 21

    Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar
    Boyitish fabrikasiga ruda har yil o‘lchamdagi bo‘laklar holida kelib tushadi. Rudaning yiriklik xarakteristikasi yoki uning granulometrik tarkibi konni qazib olish usuliga, rudaning qattikligiga, konning sanoat quvvatiga va h.k. larga bog’liq. Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va puch tog’ jinslari ularni erkin va bir-biridan ajralgan holda ko‘rsatila olishi mumkin bo‘lgan yiriklikka (o‘lchamga) keltirilishi kerak. Rudani boyitishdan oldin tayyorlash
    uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo‘llaniladi.
    Fizikaviy mohiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash va yanchish bir-biridan bu operatsiyalarga tushuvchi va ulardan chiquvchi mahsulotlarning o‘lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi.
    Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha o‘lchamda tushib,maydalangan mahsulot 10-15 mm o‘lchamda buladi.Ruda o‘lchamini 0,074 mm gacha kichraytirish yanchish jarayonida sodir bo‘ladi.
    Rudani boyitishdan oldingi eng so‘nggi o‘lchami qo`llaniladigan boyitish usuliga bog’liq.
    Bu ulcham har qaysi foydali qazilma uchun uni boyitilishga tekshirish jarayonida tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
    Foydali mineral zarracha yuzasi qancha to‘liq ochilsa, boyitish shuncha samaraliroq bo‘ladi.Shu bilan bir vaqtda o‘ta yanchilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bunda foydali komponent juda mayin shlamlar holiga o‘tib, boyitish jarayonida kontsentratga ajralmaydi va chiqindilar tarkibida yo‘qoladi.
    Undan tashqari, o‘ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlarning tez ishdan chiqishiga, ularning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga va boyitish ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi.
    Maydalash va yanchish jarayonlari juda qimmat turadigan jarayonlar hisoblanadi.Ularga rudani boyitish uchun ketadigan xarajatlarning 60 % dan ortig’i sarflanadi. Shuning uchun maydalashda "hech narsa ortiqcha maydalanmasin" degan printsipga amal qilinadi. Shu maqsadda maydalash bosqichli tarzda amalga oshiriladi.

    Maydalash va yanchish jarayonlari ko‘mirni chang holida yoquvchi stantsiyalarda, tsement zavodlarida, qumini kokslash uchun tayyorlashda koks kimyoviy zavodlarda, ohak, dolomit va boshqa mahsulotlarni maydalashda metallurgik zavodlarda, yo‘l qurilish sanoatida, qum-shag’al tayyorlashda va x.k.larda ham ishlatiladi. Bu hollarda maydalash va yanchish mahsulotlarining yirikligi keyingi texnologiyaning talablari asosida o‘rnatiladi.


      1. Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi

    Tog’ jinslari o‘zining qattiqligiga qarab 4 ta guruhga bo‘linadi: yumshoq, o‘rtacha, qattiq va o‘ta qattiq. Yumshoq rudalarga Prodotyakanov M.M. shkalasiga ko‘ra 5 dan 10 gacha qattiqlik koeffitsientiga ega tog’ jinslari; o‘rtacha qattiqlikka ega tog’ jinslarga 10 dan 15 gacha koeffitsientga, qattiq tog’ jinslariga - 15 dan 16 gacha koeffitsientga ega va o‘ta qattiq jinslarga 18 dan 20 gacha qattiqlik koeffitsientiga ega jinslari kiradi.
    Foydali qazilmalarning qattiqligi, shuningdek, Moosning qattiqlik shkalasi bo‘yicha (tirnash usuli) ham aniqlanishi mumkin.Unga ko‘ra, qattiq tog jinslariga (masalan, kvarts,korund va x.k) Moos bo‘yicha qattiqligi 6-10; o‘rtacha (ko‘mir, ohak) 2-5; yumshoq (talk,gips) 1-2 Moos bo‘yicha qattiqlikka ega rudalar kiradi.


      1. Maydalash darajasi, maydalash bosqichlari va maydalash usullari

    Maydalash deb ruda bo‘laklari o‘lchamini tashqi kuch ta’sirida kichraytirishga aytiladi. Maydalash jarayoni maydalash darajasi bilan xarakterlanadi. Maydalash darajasi deb, maydalash natijasida ruda bo‘laklarining o‘lchami necha marta kichrayishini ko‘rsatuvchi kattalikka aytiladi.
    i = D max/d max (14)
    bu yerda: D max - dastlabki ruda tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchami, mm; d max - maydalangan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchami, mm.
    Boyitish fabrikalarida rudalarni maydalash odatda bir necha bosqichda amalga oshiriladi, chunki bitta maydalagichda kerakli maydalash darajasiga erishish mumkin emas. Shuning uchun maydalash bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Masalan, rangli va qora metallar rudalarining ko‘pchiligi uchun 3 bosqichda maydalash ishlatiladi.



        1. bosqich. Yirik maydalash - 1500 - 1000 mm dan 300 mm gacha. 2 - bosqich. O‘rtacha maydalash - 300 mm dan 75 mm gacha

    3 - bosqich. Mayda maydalash - 75 mm dan 10-15 mm gacha.
    Umumiy maydalash darajasi alohida bosqichlarda olingan maydalash darajalarining ko‘paytmasiga teng:
    ium = iyir · io‘rta . imayda (15)
    Masalan,
    yirik maydalash uchun; iyir = 1500/300 = 5; o‘rtacha maydalash uchun; io‘rta = 300/75 = 4; mayda maydalash uchun ; imayda= 75/15 = 5 umumiy maydalash darajasi; ium = 5 · 4 · 5 = 100

    Har qaysi maydalash bosqichidan oldin dastlabki rudaning tarkibidan elash orqali o‘lchami shu bosqichdagi maydalangan mahsulot o‘lchamiga teng mayda sinf ajratib olinadi. Mayda mahsulotni ajratib olish hisobiga maydalagichga beriladigan yuk qisqaradi, uning ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, elektr energiya sarfi kamayadi, shuningdek, rudaning o‘ta yanchilishining oldi olinadi.


    Yumshoq rudalar ikki bosqichda, o‘rtacha qattiqlikdagi rudalar 3 bosqichda, qattiq rudalar esa 4 bosqichda maydalanadi. Ruda qancha qattiq va mustahkam bo‘lsa, ichki tortilish kuchlarini engish uchun shuncha ko‘p kuch talab qilinadi.
    Maydalashda mineral zarracha yuzasining ochilishi ruda bo‘laklarining tashqi kuch ta’sirida parchalanishi natijasida sodir bo‘ladi.Ruda bo‘laklarini parchalash uchun alohida kristallar orasidagi va kristallar ichidagi tortishish kuchini engish kerak. Bu rudaning mustahkamligini belgilaydi. Bundan tashqari rudaning mustahkamligi uning tuzilishidagi ichki nuqsonlar (darz, begona narsalar) ga ham bog’liq.
    Rudaning xossasi (mustahkamlik, mo‘rtlik, qovushqoqlik va boshqalar) ga qarab parchalanishning quyidagi usullari ishlatilishi mumkin.Ezilish - ikkita maydalovchi yuza orasida ruda bo‘laklarining siqilishi natijasida parchalanish.


    Download 332.36 Kb.
      1   2   3




    Download 332.36 Kb.