Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan web-kvest texnologiyasi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.04.2024
Hajmi0.6 Mb.
#188905
Bog'liq
metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati, fayl 1939 20210924, tehnologicheskie-parametry-proizvodstva-karbamida, 12-ma\'ruza (1), portal.guldu.uz-O’simliklar fiziologiyasi, DUNYO-M rejali, el mash KL, 114 javobsiz MTS, конспект урока чтения Чингиз Айтматов Солдатенок, Подготовка к творческому вечеру А. С. Пушкин в узбекистане -fayllar.org (1), Презентация (5), Obyektga mo`ljallangan dasturlash , ALGARITMNI LOYIHALASH 3, KTE mustaqil ish Qazoqov Xalovat, doc


4-laboratoriya mashg‘uloti 
Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan web-kvest texnologiyasi 
asosida dars ishlanma tayyorlash 
8-sinf darsligining «SMM asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. Youtube 
saytida kanal ochish» 8-mavzusini veb-kvest texnologiyasi asosidagi dars 
ishlanmasini keltiramiz. 
Mavzu: SMM asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. Youtube saytida kanal 
ochish 
1-bosqich. Kirish. Ushbu bosqichda (SMM asosida tadqiqot loyihalarini 
boshqarish. Youtube saytida kanal ochish) mavzusini veb-kvest texnologiyasi 
yordamida mashg‘ulot olib borish bosqichlari tushuntiriladi va dars yakunida 
o‘quvchilar bilimini baholash aytiladi. O‘quvchilarning bilimi ikki bosqichda, ya’ni 
birinchi bosqichda nazariy bilimlari testlar yordamida baholansa, ikkkinchi 
bosqichda yaratgan veb-saytlari tahlil qilinib baholash tushuntiriladi.
2-bosqich. Muammo qo‘yiladi. Yechilishi talab etiladigan quyidagi vazifa 
beriladi: 
1) YouTube saytida kanal uchun kerakli shablonni tanlash; 
2) berilgan topshiriqni bajarish uchun kanalga nom tanlash; 
3) kerakli o‘quv vositalarini to‘plash. 
3-bosqich. Topshiriqlar beriladi. Mustaqil bajarish uchun quyidagi topshiriqlar 
beriladi:
1) google.com dan akkaunt yaratish; 
2) YouTube Studio bo‘limi orqali kanal ochish; 
3) YouTube saytida kanalni sozlash; 
4) YouTube saytida kanalga video joylashtirish; 
5) YouTube saytida qo‘shimcha kanal ochish; 
4-bosqich. Maslahat va tavsiyalar berish. Qo‘yilgan muammoni yechish va 
berilgan topshiriqni bajarish uchun dr.rtm.uz, it-education.uz axborot-ta’lim 
muhitlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Quyidagi 1-rasmda tadqiqot doirasida 
yaratilgan axborot-ta’lim muhitining bosh oynasi keltirilgan.


1-rasm. Tadqiqot doirasida yaratilgan axborot-ta’lim muhitining bosh 
oynasi. 
Tadqiqot doirasida yaratilgan axborot-ta’lim muhitidan va Xalq ta’lim 
vazirligining veb-saytidan mavzuga oid videodarslardan foydalanib, topshiriqlarni 
bajarish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, tadqiqot doirasida yaratilgan axborot-ta’lim muhitiga 
joylashtirilgan dars ishlanmalaridan foydalanish tavsiya etiladi. 
2-rasm. Tadqiqot doirasida yaratilgan axborot-ta’lim muhitining dars 
ishlanmalar bo‘limining oynasi. 


Tavsiya etilayotgan bo‘limda har bir mavzuga oid dars ishlanmalar 
joylashtirilgan. O‘quvchilar ushbu bo‘limdan amaliy topshiriqlarni bajarish uchun 
kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega (Har bir amaliy dasturlarning yaratish 
ketma-ketligi keltirilgan).
5-bosqich. Amaliy ish jarayoni. Ushbu bosqichda YouTube saytida kanal 
ochishni o‘quvchi mustaqil ravishda yaratadi. Bu bosqichida o‘qituvchi 
o‘quvchilarning mustaqil ravishda bajarishini nazorat qiladi hamda zaruriy 
tavsiyalar berib boradi.
6-bosqich. Xulosa. O‘quvchilar tomonidan yaratilgan shaxsiy kanallari 
muhokama qilinadi va umumiy xulosa qilinadi. Eng yaxshi kanal aniqlanadi. 
7-bosqich. Baholash. Mazkur bosqichda o‘quvchilar bilimi baholanadi. 
Baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1. Nazariy bilimlari (testlar yordamida). 
O‘quvchilarning bilimini baholashda standart testlar va krossvordlardan 
foydalaniladi. Bu testlar tadqiqot doirasida yaratilgan axborot-ta’lim muhitida 
mujassamlashgan: 
3-rasm. Standart testlardan foydalanish jarayoni. 
Standart testlar yordamida «SMM asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. 
Youtube saytida kanal ochish» mavzusi bo‘yicha o‘quvchilarning nazariy bilimlari 
baholansa, krossvordlar yordamida esa ularning xotirasi ko‘chaytiriladi va zehnini 
oshirishda xizmat qiladi: 


4-rasm. Krossvordlardan foydalanish jarayoni. 
5-rasm. Krossvordlardan foydalanish jarayoni. 
Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar bilimi ICILS testlar yordamida baholanadi. 
ICILS testlar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini va yozma nutqini, kerakli 
ma’lumotlarni tanlash qobiliyatini rivojlantiradi. Shu bois, 8-sinf «Infopmatika va 
axbopot texnologiyalapi» darslarida ICILS testlardan foydalanish samarali 
hisoblanadi. ICILS testlardan o‘quvchilarning bilimini baholashda ikki bosqichda 
amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda «SMM asosida tadqiqot loyihalarini 
boshqarish. Youtube saytida kanal ochish» mavzusida oid nazariy bilimlari 
tekshiriladi: 


6-rasm. ICILS testlardan foydalanish jarayoni. 
7-rasm. ICILS testlardan foydalanish jarayoni.
1. Ikkinchi bosqichda esa amaliy bilimlari baholanadi. O‘quvchilar ushbu 
savolga maxsus dasturlarda yaratilgan amaliy topshiriqlarni bajarib 
ko‘rsatadilar. Bunda quyidagi topshiriqlar beriladi: 
2. YouTube saytiga kanal ochish uchun qaysi bo‘lim tanlanadi? 


8-rasm. ICILS testlardan foydalanish jarayoni. 
3. YouTube saytidagi kanalga video joylashtirish uchun qaysi banddan 
foydalaniladi? 
9-rasm. ICILS testlardan foydalanish jarayoni. 
4. YouTube saytidagi kanalga nom berish uchun qaysi bandda kiritiladi? 
10-rasm. ICILS testlardan foydalanish jarayoni. 


5. YouTube TV ga o‘tish uchun qaysi tugma bosiladi? 
11-rasm. ICILS testlardan foydalanish jarayoni. 
Ushbu savolga o‘quvchi kerakli bandini sichqoncha tugmasini bosib ko‘rsatib 
javob beradi. 
YOUTUBE SAYTIDA KANAL OCHISH 
1. www.youtube.com saytiga akkaunt orqali kiring. 
2. You Tube Studio bo‘limini tanlang. 
3. Create Channel tugmachasini bosing. 
4. You Tube saytining o‘ng yuqori qismida joylashgan avatarni bosib Your 
Channel so‘ng, Costumize Channel tanlang. 
5. Channel name qatoriga kanal nomini yozing: Internet marketing 
6. Belgili tugmacha va Create tugmasini bosing. 
Mazkur berilgan topshiriqlarni o‘quvchilar maxsus yaratilgan o‘rgatuvchi 
dasturlar yordamida amaliy bajarib ko‘rsatadilar:


12-расм. ICILS тестлардан фойдаланиш жараёни. 
O‘quvchilar bu amaliy topshiriqlarni bajarish asosida YouTube saytida kanal 
ochishga oid ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.
2. «SMM asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. Youtube saytida kanal 
ochish» mavzusiga oid o‘quvchining bilimi standart, ICILS testlardan va 
krossvordlar orqali baholangandan so‘ng, o‘quvchilar bilimi, amaliy ishlari tahlil 
qilinib, baholanadi. Baholashda 2.2-jadvalda keltirilgan vazifani tushunish, quyilgan 
muammoni va topshiriqni bajarish, ishning natijasi, ijodkorlik mezonlariga 
tayaniladi. 

Download 0.6 Mb.




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan web-kvest texnologiyasi

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish