• Kalit so„zlar
  • Ключевые слова
  • Pedagog respublika ilmiy jurnali




    Download 446.3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana13.03.2024
    Hajmi446.3 Kb.
    #170917
      1   2   3
    Bog'liq
    Abdurazakova Albina Rinatovna



    PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
    6 –TOM 2 – SON / 2023 - YIL / 15 - FEVRAL 
    www.bestpublication.org
     
    602 
    “BOSHLANG„ICH TA„LIM O„QITUVCHILARI UCHUN METODIK DARS ISHLANMA 
    YOZISH QOIDALARINI O„RGATISH” 
     
    Abdurazakova Albina Rinatovna 
    Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti 
    Boshlang

    ich ta

    lim yo

    nalishi 3-bosqich talabasi 
     
    Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada dars ishlanma, dars ishlanma yozish qoidalari va 
    unga qo‘yilgan talablar haqida to‘liq yoritib berilgan. 
    Kalit so„zlar: dars ishlanma, dars shakli, dars turi, dars metodi, dars shiori. 
    Аннотация
    : В данной научной статье полностью разъясняется разработка 
    урока
    , правила написания развития урока и требования к нему. 
    Ключевые
    слова: разработка урока, форма урока, вид урока, метод урока, 
    девиз
     урока. 
    Abstract: In this scientific article, the lesson development, the rules of writing the lesson 
    development and the requirements for it are fully explained. 
    Key words: lesson development, lesson form, lesson type, lesson method, lesson motto. 
    Dars ishlanmasi (reja-konspekt) - oʻqituvchi uchun tuzish majburiy boʻlgan hujjat. 
    Dars ishlanmasi – oʻqituvchi ijodkorligini aniqlovchi omil. Dars rejasi - darsni 
    pedagogik, didaktik va uslubiy jihatdan rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi hujjat. U 
    shunchaki rahbariyatga koʻrsatish uchun tuzilmaydi. Uni tuzishdan koʻzlangan asosiy 
    maqsad oʻqituvchining bir soatlik darsdagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmunini 
    boyitish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat. Dars ishlanmasi oʻqituvchining 
    ijodiy mehnati mahsuli boʻlib, uning bilimi va mahoratini koʻrsatuvchi oynadir. Shu 
    bois, uni tuzishda shoshmashosharlikka yoʻl qoʻymaslik kerak. Bir marta maromiga 
    yetkazib tuzilgan dars ishlanmasi oʻqituvchi uchun uzoq yillar davomida xizmat qilishi 
    mumkin. Bundan dars ishlanmasi qotib qolgan dogma, degan xulosa kelib chiqmasligi 
    kerak. 
    Dars ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va mukammallashtirib borish
    yangi dars uslublarini qoʻllash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilanib turilishi 
    lozim. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va oʻquv 
    dasturlarining joriy etilishi ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning
    kompyuter, yangi axborot texnologiyalari va texnik vositalarning qoʻllanishi bilan dars 
    ishlanmalariga qoʻyilgan talablar ham oʻzgarib bormoqda. Dars ishlanmalari uchun 
    tayyor qoliplar yoʻq, chunki dars jarayonini hech qanaqa qolipga solib boʻlmaydi. U 
    turli xil sharoitlarda turlicha tuzilishi mumkin. 
    Shunday boʻlsada, oʻqituvchilarga dars ishlanmasini quyidagi tarx asosida 
    tuzishlari tavsiya etiladi: Dars ishlanmasining tuzilmasi: 1. Dars mavzusi. 2. Dars 
    maqsadlari. 3. Darsda foydalaniladigan ma’lumot manbalari, oʻquv uslubiy adabiyotlar 



    Download 446.3 Kb.
      1   2   3




    Download 446.3 Kb.
    Pdf ko'rish