|
Теория вероятностей и математическая статистика
|
Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 67,4 Kb. | | #112637 |
Bog'liq 12-Maruza(Stuktura) Strukturalar.
“Kompyuter ilimlari” kafedrasi o‘qituvchisi
Habibullayev Muxammad
Struct
C# dasturlash tilida (boshqa dasturlash tillarida ham) ma'lumotlar ikki xil bo'ladi: value type va reference type
Value type tipidagi ma'lumotlar xotirada o'zi ma'lum joy egallab, qiymati yozilgan holda saqlanadi. Bu tipga misol qilib oddiy tiplar: int, double, char, string, boolean kabilarni, bundan tashqari structni ham keltirishimiz mumkin. Struktura o'zi ham value type hisoblanadi va value type dagi ma'lumotlarni jamlangan holatda saqlash uchun ishlatiladi. value type turidagi ma'lumotlar stack xotirada saqlanadi.
Reference typedagi ma'lumotlar esa xotirada saqlanganda o'zi bilan birga qiymatini olib yurmaydi, ular shunchaki xotirada boshqa ma'lumot yozilgan manzilga ko'rsatkich (havola)ni o'zida saqlaydi. Reference typega classlar, interfacelar, delegatlar, massivlar misol bo'la oladi. Reference type turidagi ma'lumotlar heap xotirada saqlanadi.
Struktura bir nechta o'zaro bog'liq ma'lumotlarni ular orasidagi mantiqiy bog'liqlikni ta'minlagan holda saqlash imkoniyatini beradi. Strukturani tushunishdan avval, undan foydalanmagan holda talabalar haqidagi ma'lumotlarni saqlashga urinib ko'raylik. Bu holatda talabalarga tegishli har bitta ma'lumotni yangi o'zgaruvchiga yuklashimizga to'g'ri keladi:
static void Main(string[] args)
{
string ism = "Alisher";
string familiya = "Botirov";
int yosh = 18;
string ism2 = "Bekzod";
string familiya2 = “Boltayev";
int yosh2 = 20;
}
Lekin bir muammo bor, foydalanuvchilar soni ko'paygani sari har bir foydalanuvchining ma'lumotlarini boshqalari bilan chalkashishini ko'rishimiz mumkin. Sababi ma'lumot ko'p va har bir foydalanuvchining ma'lumoti bir-biriga mantiqiy tomondan bog'lanmagan.
Shu payt Struktura bizga yordamga keladi. U har bir foydalanuvchining ma'lumotlarini xotirada alohida saqlaydi va mantiqan bog'lab beradi. Bu o'z o'rnida dasturchiga qulaylik yaratadi.
Birinchi o'rinda Struktura yaratish struct kalit so'zini yozish bilan boshlanadi, shundan so'ng, uning nomi va uning xususiyatlarni e'lon qilishimiz lozim. Misol uchun, Talaba nomli Struktura quyidagicha ko'rinishga ega bo'ladi:
struct Talaba
{
public string ism;
public string familiya;
public int yosh;
}
Talaba Strukturasini huddi qolip kabi tasavvur qiling. Lekin sezganingizdek biz faqat qolip yasadik. Undan hali birorta ham o'zgaruvchi yaratganimiz yo'q. Shu qolip asosida o'zgaruvchi yaratish uchun:
Talaba talaba1 = new Talaba();
public class Program
{
static void Main(string[] args)
{
Talaba talaba1 = new Talaba();
talaba1.ism = "Azizbek";
talaba1.familiya = "Bahodirov";
talaba1.yosh = 21;
}
}
struct Talaba
{
public string ism;
public string familiya;
public int yosh;
}
Strukturada ochiq xususiyatlaridan tashqari yashirin xususiyatlarga ham ega bo'lishi mumkin. Buning uchun xususiyatlarni konstruktorda e'lon qilish davomida public (ommaviy) o'rnida private (shaxsiy) operatoridan foydalanamiz. Bu hodisani quyidagi kodda, yosh public xususiyatini private xususiyatga o'zgartishi orqali ko'rishimiz mumkin:
struct Talaba
{
public string ism;
public string familiya;
private int yosh;
public int GetAge()
{
return yosh;
}
}
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
SAVOLLAR
|
| |