7-sinf
BSB-3. Loyiha ishi [25 ball]
Siz Samarqandga sayohatga oilaviy borish haqida o‘ylayapsiz. Sayohatga borish uchun yo‘l
xarajatlarini va vaqtni hisoblashingiz kerak. Oila a’zolaringizni yozib chiqing. Sizda yo‘l
xarajatlar uchun ko‘pi bilan 1 000 000 soʿm bor. Samarqandga borish
uchun uchta tanlov
mavjud:
1-Avtobus: Kattalar: 82 000 so‘m. Bolalar: 62 000 so‘m.
2-Poyezd: Kattalar: 120 000 so‘m. Bolalar: 70 000 so‘m.
3-Samaliyot: Kattalar: 280 000 so‘m Bolalar: 240 000 so‘m.
Bu borish yoki qaytish uchun yo‘l xarajatlari. Samaliyotda borib
avtobusda qaytish ham
mumkin.
1-mashg‘ulot
Sayohatga ketadigan yo‘l xarajatlarini kiritish imkonini beruvchi elektron jadval hosil qiling.
Baholash mezoni [5 ball]:
Jadval hosil qila olsa 2 ball;
Mos ravishda ma’lumot kirita olsa 3 ball;
2-mashg‘ulot
Formulalarni elektron jadvalingizga qo‘shing.
Baholash mezoni [5 ball]:
Amallar orqali hisoblashni amalga oshirsa 3 ball;
Formula orqali hisoblashni bajara olsa 5 ball;
3-mashg‘ulot
Elektron jadvalingizni maqsadga muvofiq ravishda formatlang. Yo‘l xarajatlari
sizga
to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini ko‘rsatish uchun shartli formatlashni qo‘shing.
Baholash mezoni [5 ball]:
Shartli formatlashni ishlatmasdan formatlasa 3 ball;
Shartli formatlashni orqali formatlasa 5 ball;
4-mashg‘ulot
Yo‘l xarajatlari 1 000 000 soʿm dan ko‘p pul sarflamasdan necha xil usulda borishingizni aniq
bilish uchun maqsadli qidirishdan foydalaning.
Baholash mezoni [5 ball]:
Barcha usullarini emas ma’lum birlarini topsa 3 ball;
Barcha usullarni topsa 5 ball;
5-mashg‘ulot
Elektron jadvalingizni baholang. Uning maqsadlarga qanchalik
mos kelishini tekshiring va
elektron jadvalingiz nimani yaxshi bajarishi hamda uni qanday qilib
yanada yaxshilashingiz
mumkinligini muhokama qiling.
Baholash mezoni [5 ball]:
Baholay olsa 3 ball;
Baholab, izohlab bersa 5 ball;