• Tayanch so`zlar
  • Слова для справок
  • Ulug`bek – adolatli shoh va olim Darsning maqsadi: tarbiyaviy maqsad
  • Dars turi
  • Salbiy obrazlar
  • Конспект урока по литературе в 9- класс «Улугбек справедливый корль и учёный»




    Download 244 Kb.
    bet1/4
    Sana01.04.2017
    Hajmi244 Kb.
    #2820
    TuriКонспект урока
      1   2   3   4

    Ulug`bek – adolatli shoh va olim

    Odil Yoqubov “Ulug`bek xazinasi ” asaridagi Ulug`bek obraziga tavsif





    Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi ”romani asosida tayyorlangan “Ulug`bek – adolatli shoh va olim” mavzusidagi dars ishlanmasi 9- sinf adabiyot darsligi bo`yicha tuzilgan bo`lib, muallif dars ishlanmasida dars samaradorligini oshirish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o`z tajribasida muvaffaqiyat bilan qo`llangan usullarni tavsiya etadi.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)


    Конспект урока по литературе в 9- класс «Улугбек – справедливый корль и учёный» был подготовлен на основе романа Одила Ёкубова «Улугбек хазинаси». Автор чтобы улучшить результат урока использует новые педагогические технологии. И рекомендует пользоватся этими технологиями.

    In this lesson plan with the description of interactive methods of teaching about our ancestors in the 9 th form of the seocondary school for the textbook literature the author gives examples of their effective use in own pedadodical activity. Lesson plan is based on the “Ulug`bek xazinasi ” by O. Yohkubov

    Tayanch so`zlar : adabiyot, ma`rifat, rasadxona, xazina, sayohat, interfaol metodlar, “to`g`ri joylashtir”, riyozat.
    Rasadxona, observatoriya - astronomik, geofizik, meteorologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Dastlab, obʼyektlarni kuzatish bilan shugʻullanadigan joy sifatida paydo boʻlgan, keyin i.t.


    Слова для справок: литература, образование, обсерватория, слад, путешествия, интерактивные методы, «Правильно ресетавь», математика

    Key words: literature, enlightenment, observatory, treasure, travel, interactive methods, “Place in order” , matematiка.

    Ulug`bek – adolatli shoh va olim

    Darsning maqsadi:

    1. tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarni jasoratli va ma`rifatli insonlarga nisbatan mehr – muhabbat tuyg`usini uyg`otish;

    2. ta’limiy maqsad- Odil Yoqubov hayoti va ijodi bilan tanishtirish, olgan bilimlarini mustahkamlash;

    d ) rivojlantiruvchi maqsad- o’qivchilarni turli xil vaziyatlarda o`zini tuta bilish qobiliyatlarini shakllantirish.

    Dars turi : mustahkamlovchi va nazorat qiluvchi

    Darsda foydalanadigan usullar : sayohat, baxs – munozara, aqliy hujum, rolli ijro, klaster usuli, ovozli eshittirish, test bilan ishlash

    Darsda foydalanadigan jihozlar: 9- sinf adabiyot darsligi, Mirzo Ulugbek, Odil Yoqubov rasmlari, asarlari, texnika vositalari, slaydlar, oq qog`oz, marker, plakatlar , video filmdan parcha

    Darsning bosqichli jadvali: Dars 26 nafar o`quvchiga mo`ljallandi.
    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.






    Darsning borishi

    O`qituvchi bugungi darsni “Sayohat usulida ”olib borishini tushuntirib, o`quvchilarni o`zlarining ixtiyoriga ko`ra ikki guruhga ajratadi va har bir jamoa o`zlari tanlagan nomlarni izohlashga undaydi.



    1. “Ma`rifatchilar” - biz o`rgangan “Ulug`bek xazinasi” asarining bosh qahramoni Mirzo Ulug`bek ilm – fanga ma`rifatga chorlagan, umrining oxirgi damlarigacha ziyo gulshanini saqlab qolish maqsadida, o`z jigarbandiga qarsi jangga chiqqan.

    2. “Munajjimlar” - Muhammad Tarag`ay bobosi Amir Temur Ko`ragoniy orzu qilgan Temuriylar avlodining buyuk lashkarboshi emas, balki ilmu – ma`rifat bobida barkamol alloma hamda adolatli saltanat boshqaruvchisi, osmon jismlari va yulduzlar olamini o`rgangan olim edi.

    O`qituvchi – to`g`ri aytasiz , bolalar, bugun sizu biz o`rganadigan shaxs osmon jismlarini o`rgangan olim ekan, keling biz ham sayyoralarimizga sayohat qilaylik.

    Yerdan “Yupiter” sayyorasiga uchamiz. Sayyoraliklar bizdan tezkor savollarga jjavob berishimizni so`ramoqda. ( Quyidagi ovoz eshittiriladi. Aziz, o`quvchi, sayyoramizga hush kelibsiz. Biz sizdan shartimiz sizdan tezkor savollarga javob berishingizni so`raymiz. Shu tariqa har bir sayyoradagi shartlar maxsus ovoz orqali eshittiriladi.)



    1. Ulug`bek haqida yozilgan roman muallifi?

    1. Ulug`bek haqida yozilgan tragediya mullifi kim ?

    • Maqsud Shayxzoda

    1. Asardagi Ali qushchini nima uchun Ulug`bek “xalaskorim” deb ataydi?

    • Yo`lbars hamlasidan qutqargani sababli

    1. Ulug`bek o`g`illarining ismlari

    • Abdulatif va Abdulaziz

    1. Ali qushchiga nima uchun qushchi taxallusi qo`shilgan?
      Qushbegi, qushchi - tarixiy ata-ma. Oʻrta asrlarda podsho va xonning ovchi qushlari (qushxonasi) va ov hayvonlarining mutasaddisi; ov begi (amiri shikor). U hukmdorning ovini tashkil qilish va oʻtkazishga javobgar boʻlgan.


    • Mohir ovchi bo`lganli sababli

    1. Asardagi Miram Chalabiy kim?

    • Ali qushchining shogirdi.

    1. Ulug`bekning xazinasi nima?

    • Rasadxonayu kitoblar

    1. U qayerga yashirilgan ?

    • Ajdar g`orga

    Shu tariqa o`qituvchi o`quvchilarning javoblarini “rag`bat” yoki “jarima” orqali baholab boradi. Bu shartdan keyin o`quvchilar navbatdagi Uran sayyorasiga uchish sharti bilan tanishadi. Biz bu sayyoramizda “Ulug`bek xazinasi” romanidagi obrazlarni ikki guruhga ajratishimiz zarur.

    “M`arifatchilar” jamoasi asardagi obrazlarni tarixiy va to`qima obrazlarga ajratadilar



    Tarixiy obrazlar: Mirzo Ulug`bek, Abdulaziz, Abdumo`min, Abdulatif

    To`qima obrazlar: Piri Zindoniy (Qalandar Qarnoqiy ), …

    O`quvchilar shu o`rinda tarixiy va to`qima obrazlar haqida ma`lumot berib o`tadilar.

    “Munajjimlar ” jamoasi esa salbiy va ijobiy obrazlarga ajratadilar.

    Ijobiy obrazlar : Mirzo Ulug`bek, Ali qushchi, Amir Burxoniddin , Miram Chalabiy

    Salbiy obrazlar: Abdulatif, Amir Jondor, Mavlono Muhiddin, Amir Barlos, …..

    Barlos, barulas, ballos - oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-asr 2-yarmida Ila(Ili) daryosi boʻylaridan Qashqadaryo vohasiga koʻchib kelgan. 14-15-asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan.

    Bu jamoa esa ijobiy va salbiy obrazlarni tahlil qilib beradilar.

    Navbatdagi sayyoramiz “Neptun” bunda biz “ Mirzo Ulug`bekning adolatli shoh hamda olim ekanligini qaysi xislatlari bilan ochib bera olamiz” shartiga javob berishiz kerak bo`ladi.

    Jamoalar yana ikki usulda fikrlarini bayon qiladilar.



    “Ma`rifatchilar” jamoasi Ulug‘bekning ilmu ma`rifat yo`lida olib borgan ishlarini asarga tayanib , bilganlarini aytadilar.

    1. O`quvchi : Ulug‘bekning buyuk ma’rifat yo‘lida olib borgan ishlarini, uning qurdirgan rasadxona – yu , to‘plagan kitoblaridan bilsak bo‘ladi.

    2. O‘quvchi : Ulug‘bek osmon jismlari va yulduzlar olamini o‘rgan olim. Yulduzlar harakatlanishi orqali inson taqdiridagi o‘zgarishlarni anglashga harakat qilgan.
      Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
      Munajjimlik sirlarini ochib bergan.

    3. O`quvchi : Shu o‘rinda yana bir suhbatni esga olish joizdir. Shoigrdi bilan sandiqdagi tillalardan bir donasini qo‘liga olib, «Bular jannatmakon bobomning menga qoldirgan ulushidir. Men o‘z ulushimni jahongirlikka emas, saltanatni obod qilmoq, madrasalar qurib, ilm – fan rivojiga sarf etmak niyatida edim. Endi ham shu niyat yo‘liga sarf bo‘lg‘ay…»

    “Munajjimlar ” jamoasi adolatli shohlik qirralarini asarga tayangan holda ta`riflashga harakat qiladilar.

    1. O`quvchi : qo`l ostidagi barza amirlariga o`zi bilan teng qatorla ko‘rib, ularga o‘zi qanday kiyimlar kiysa, shunday kiyintirdi.

    2. O`quvchi: Hech bir ishni amiru fozillar kengashisiz hal qilmaydi, odil hukmni faqat kengash qarori bilan qabul qiladi.

    3. O`quvchi: Saltanatga qirq yil rahnomalik qilgan bo`lsa, umrini faqat madrasayu masjidlar, rasadxonalar qurdirishga , yo`llarni tuzatishga sarf qildi .

    Navbatdagi Saturn sayyorasiga tashrif buyurib, “Ulug`bek xazinasi” asari yuzasidan tayyorlangan vidio filmdan parcha namoyish etiladi. O`quvchilar video film to`xtagan joyidan o`zlari davom ettirishi kerak bo`ladi. Masalan quyidagi kabi :

    Boshlovchi: Mirzo Ulug‘bek shogirdi Ali qushchiga o`zining boyligini saqlash uchun huzuriga chaqirib, unga barcha sir asrorlarini aytadi . Bobosi Amir Temurdan qolgan tilla va qimmatbaxo toshlardan berib, unga shunday deydi:

    Ulug`bek : - Ko`ksaroydan bu javohirotni olib chiqqaningni hech bir kimsa bilmasligi darkor. Belbog` bilan belingga ikki qator qilib tugib ol!

    Ali qushchi bosh irg`ab ustodiga tikildi.

    • Kaminadin tag`in ne tilaysiz, ustod?

    Boshlovchi : Mirzo Ulug`bekning ko`zlari qisilib, chehrasida oychanlik aralash shiddatli bir ifoda paydo bo`ldi.

    • Bor tilagimni boya aytdim, men o`zimning chin boyligim deb, toju taxtni emas, ilm – ma`rifat yo`lida qilgan xizmatlarimni, bitgan asarlarim, to`plagan ilm xazinasini bilurmen. Bu bebaxo xazinaning taqdiri sening qo`lingdadur, Ali. Bu xazina butkul Movorounnaxr , ehtimolki butkul bashariyatning boyligidur. Mabodo haq taolo bandai ojizni saltanatdan mosuvo qilib, elda xurofotki avjga minsa... bu xazinani bo`lg`usi avlodlar uchun asrab qolmoq sening gardaningdadur. Ehtimolkim, uni tog`larga olib chiqib aniq bir joyga yashirursen. Ehtiyot shart shu bugundan usta topib, o`n – o`n besh po`lat sandiq yasatib qo`ymoq maqbul bo`lur.

    • Ahgladim , ustod ...

    Keyin ikkinchi guruh ya’ni “Munajjimlar” guruhi “Mirzo Ulug‘bek” romanidagi Ulug‘bekka darvozalarning ochilmasligi voqealarini sahnalashtiradilar.

    So`ngi sayyoramiz Mars sayyorasida bolalar, guruhimiz ichida kichik guruhlar tuzib, quyidagi uchta shartni bajarishimiz lozim.



    1. Test ishlash (test ham maxsus dastur asosida tuzilgan bo`lib, o`quvchining natijasini o`zi hisoblab beradi.
      Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
      ) 2 nafar o`quvchi

    2. Krasvord yechish (6 nafar o`quvchi )

    3. Asarning eng maqbul bo`lgan jarayonini tasvirlash ( rasm asosida 5 nafar )

    Jamoalardagi o`quvchilar o`zaro kelishib, shartlarni bajaradilar. O`quvchilar berilgan topshiriqni bajarayotgan paytda M. Yusuf so`zi bilan M. Azimov tomonidan ijro etilgan “Samarqandga borsam men agar” qo`shig`i eshittiriladi. O`qituvchi har bir shartga alohida e`tibor qaratib , ballarini jamoalarning umumiy ballariga qo`shadi. Sayohat o`z poyoniga yetib, yerga qaytadilar.

    O`qituvchi: Aziz , bolalar, biz bugungi darsimizni nima uchun sayohat tarzida tashkil etdik. Siz bunga qanday qaraysiz?



    1. O`quvchi: Biz tanishgan asar qahramoni Mirzo Ulug`bek osmon jismlarini o`rgangan olim, shu bois osmon jismlariga sayohat qildik.

    2. O`quvchi: Toki boshing osmonga yetgan taqdirda ham oyog`ing yerdan uzilmasin, bir kun yerga qaytmog`ing bor, degan fikrni izohlaydi.

    3. O`quvchi : “Yo ... al qasosil minalhaq !” – deya asarda bejizga berilgani yo`q. Hech bir o`ch javobsiz qolmaydi. Shuning uchun ham bosayotgan qadaming yerda bo`lsin, osmonda suzib yursang qulab ketishing aniq.

    O`qituvchi o`quvchilarning to`plagan rag`bat va jarima ballarini hisoblab, baxolaydi, jamoalarni g`olibini aniqlaydi.

    Uyga vazifa esa asar qahramonlarining rihiy xolatlari haqida taassurot yozish.



    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi. –T.: Adab va san’at nashriyoti, 1994.

    2. 9 – sinf adabiyot darsligi Q. Yo`ldahsev, V. Qodirov, J. Yo`ldashbekov Toshkent 2014

    3. Internet ”Kitob.
      Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
      uz” sayti hamda videolar ham internetdan olindi

    4. Adabiyot fanidan yaxlit – o`quv didaktik majmua – S. Sariyev Toshkent 2015

    Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani XTMFMT VA TE bo`limi tasarrufidagi 28 – umumta`lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Naimaxon Turg`unova Mamasodikovna Telefon : 998 97 996 - 41 - 50 E – mail : naimaxon1972@mail.
    Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
    ru

    Download 244 Kb.
      1   2   3   4




    Download 244 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Конспект урока по литературе в 9- класс «Улугбек справедливый корль и учёный»

    Download 244 Kb.