Конспект урока по литературе в 9- класс «Улугбек справедливый корль и учёный»




Download 244 Kb.
bet4/4
Sana01.04.2017
Hajmi244 Kb.
#2820
TuriКонспект урока
1   2   3   4
Tarixiy obrazlar: Mirzo Ulug`bek, Abdulaziz, Abdumo`min, Abdulatif

To`qima obrazlar: Piri Zindoniy (Qalandar Qarnoqiy ), …

O`quvchilar shu o`rinda tarixiy va to`qima obrazlar haqida ma`lumot berib o`tadilar.

“Munajjimlar ” jamoasi esa salbiy va ijobiy obrazlarga ajratadilar.

Ijobiy obrazlar : Mirzo Ulug`bek, Ali qushchi, Amir Burxoniddin , Miram Chalabiy

Salbiy obrazlar: Abdulatif, Amir Jondor, Mavlono Muhiddin, Amir Barlos, …..

Bu jamoa esa ijobiy va salbiy obrazlarni tahlil qilib beradilar.

Navbatdagi sayyoramiz “Neptun” bunda biz “ Mirzo Ulug`bekning adolatli shoh hamda olim ekanligini qaysi xislatlari bilan ochib bera olamiz” shartiga javob berishiz kerak bo`ladi.

Jamoalar yana ikki usulda fikrlarini bayon qiladilar.



“Ma`rifatchilar” jamoasi Ulug‘bekning ilmu ma`rifat yo`lida olib borgan ishlarini asarga tayanib , bilganlarini aytadilar.

  1. O`quvchi : Ulug‘bekning buyuk ma’rifat yo‘lida olib borgan ishlarini, uning qurdirgan rasadxona – yu , to‘plagan kitoblaridan bilsak bo‘ladi.

  2. O‘quvchi : Ulug‘bek osmon jismlari va yulduzlar olamini o‘rgan olim. Yulduzlar harakatlanishi orqali inson taqdiridagi o‘zgarishlarni anglashga harakat qilgan. Munajjimlik sirlarini ochib bergan.

  3. O`quvchi : Shu o‘rinda yana bir suhbatni esga olish joizdir. Shoigrdi bilan sandiqdagi tillalardan bir donasini qo‘liga olib, «Bular jannatmakon bobomning menga qoldirgan ulushidir. Men o‘z ulushimni jahongirlikka emas, saltanatni obod qilmoq, madrasalar qurib, ilm – fan rivojiga sarf etmak niyatida edim. Endi ham shu niyat yo‘liga sarf bo‘lg‘ay…»

“Munajjimlar ” jamoasi adolatli shohlik qirralarini asarga tayangan holda ta`riflashga harakat qiladilar.

  1. O`quvchi : qo`l ostidagi barza amirlariga o`zi bilan teng qatorla ko‘rib, ularga o‘zi qanday kiyimlar kiysa, shunday kiyintirdi.

  2. O`quvchi: Hech bir ishni amiru fozillar kengashisiz hal qilmaydi, odil hukmni faqat kengash qarori bilan qabul qiladi.

  3. O`quvchi: Saltanatga qirq yil rahnomalik qilgan bo`lsa, umrini faqat madrasayu masjidlar, rasadxonalar qurdirishga , yo`llarni tuzatishga sarf qildi .

Navbatdagi Saturn sayyorasiga tashrif buyurib, “Ulug`bek xazinasi” asari yuzasidan tayyorlangan vidio filmdan parcha namoyish etiladi. O`quvchilar video film to`xtagan joyidan o`zlari davom ettirishi kerak bo`ladi. Masalan quyidagi kabi :

Boshlovchi: Mirzo Ulug‘bek shogirdi Ali qushchiga o`zining boyligini saqlash uchun huzuriga chaqirib, unga barcha sir asrorlarini aytadi . Bobosi Amir Temurdan qolgan tilla va qimmatbaxo toshlardan berib, unga shunday deydi:

Ulug`bek : - Ko`ksaroydan bu javohirotni olib chiqqaningni hech bir kimsa bilmasligi darkor. Belbog` bilan belingga ikki qator qilib tugib ol!

Ali qushchi bosh irg`ab ustodiga tikildi.

  • Kaminadin tag`in ne tilaysiz, ustod?

Boshlovchi : Mirzo Ulug`bekning ko`zlari qisilib, chehrasida oychanlik aralash shiddatli bir ifoda paydo bo`ldi.

  • Bor tilagimni boya aytdim, men o`zimning chin boyligim deb, toju taxtni emas, ilm – ma`rifat yo`lida qilgan xizmatlarimni, bitgan asarlarim, to`plagan ilm xazinasini bilurmen. Bu bebaxo xazinaning taqdiri sening qo`lingdadur, Ali. Bu xazina butkul Movorounnaxr , ehtimolki butkul bashariyatning boyligidur. Mabodo haq taolo bandai ojizni saltanatdan mosuvo qilib, elda xurofotki avjga minsa... bu xazinani bo`lg`usi avlodlar uchun asrab qolmoq sening gardaningdadur. Ehtimolkim, uni tog`larga olib chiqib aniq bir joyga yashirursen. Ehtiyot shart shu bugundan usta topib, o`n – o`n besh po`lat sandiq yasatib qo`ymoq maqbul bo`lur.

  • Ahgladim , ustod ...

Keyin ikkinchi guruh ya’ni “Munajjimlar” guruhi “Mirzo Ulug‘bek” romanidagi Ulug‘bekka darvozalarning ochilmasligi voqealarini sahnalashtiradilar.

So`ngi sayyoramiz Mars sayyorasida bolalar, guruhimiz ichida kichik guruhlar tuzib, quyidagi uchta shartni bajarishimiz lozim.



  1. Test ishlash (test ham maxsus dastur asosida tuzilgan bo`lib, o`quvchining natijasini o`zi hisoblab beradi.) 2 nafar o`quvchi

  2. Krasvord yechish (6 nafar o`quvchi )

  3. Asarning eng maqbul bo`lgan jarayonini tasvirlash ( rasm asosida 5 nafar )

Jamoalardagi o`quvchilar o`zaro kelishib, shartlarni bajaradilar. O`quvchilar berilgan topshiriqni bajarayotgan paytda M. Yusuf so`zi bilan M. Azimov tomonidan ijro etilgan “Samarqandga borsam men agar” qo`shig`i eshittiriladi. O`qituvchi har bir shartga alohida e`tibor qaratib , ballarini jamoalarning umumiy ballariga qo`shadi. Sayohat o`z poyoniga yetib, yerga qaytadilar.

O`qituvchi: Aziz , bolalar, biz bugungi darsimizni nima uchun sayohat tarzida tashkil etdik. Siz bunga qanday qaraysiz?



  1. O`quvchi: Biz tanishgan asar qahramoni Mirzo Ulug`bek osmon jismlarini o`rgangan olim, shu bois osmon jismlariga sayohat qildik.

  2. O`quvchi: Toki boshing osmonga yetgan taqdirda ham oyog`ing yerdan uzilmasin, bir kun yerga qaytmog`ing bor, degan fikrni izohlaydi.

  3. O`quvchi : “Yo ... al qasosil minalhaq !” – deya asarda bejizga berilgani yo`q. Hech bir o`ch javobsiz qolmaydi. Shuning uchun ham bosayotgan qadaming yerda bo`lsin, osmonda suzib yursang qulab ketishing aniq.

O`qituvchi o`quvchilarning to`plagan rag`bat va jarima ballarini hisoblab, baxolaydi, jamoalarni g`olibini aniqlaydi.

Uyga vazifa esa asar qahramonlarining rihiy xolatlari haqida taassurot yozish.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi. –T.: Adab va san’at nashriyoti, 1994.

  2. 9 – sinf adabiyot darsligi Q. Yo`ldahsev, V. Qodirov, J. Yo`ldashbekov Toshkent 2014

  3. Internet ”Kitob.uz” sayti hamda videolar ham internetdan olindi

  4. Adabiyot fanidan yaxlit – o`quv didaktik majmua – S. Sariyev Toshkent 2015

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani XTMFMT VA TE bo`limi tasarrufidagi 28 – umumta`lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Naimaxon Turg`unova Mamasodikovna Telefon : +998 97 996 - 41 - 50 E – mail : naimaxon1972@mail.ru

Download 244 Kb.
1   2   3   4




Download 244 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Конспект урока по литературе в 9- класс «Улугбек справедливый корль и учёный»

Download 244 Kb.