VOLUME-1, ISSUE-5
115
AMIR TEMUR DAVLATIDA ILM-FAN VA MADANIYAT
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
Tarix fakulteti 3-kurs talabasi
Muxammadiyev Islomjon G‘ayrat o‘g‘li
Ilmiy rahbar t.f.n. dotsent,
N.O’.Hidirova
Annotatsiya: Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davlatida ilm-fan va
madaniyat, san’atning yuksak darajaga erishishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar
beriladi. Shuningdek, bugungi kunda ta’lim tizimida
olib borilayotgan islohatlar, xususan
Temurbeklar maktabining tashkil etilishi, Amir Temur davrining tarixshunoslik masalalari fikr
yuritilgan.
Аннотация: В данной статье дается информация об условиях, созданных в
государстве Амира Темура и Тимуридов для достижения высокого уровня развития
науки и культуры, искусства.
Обсуждались также реформы, проводимые сегодня в
системе образования, в частности, создание школы темурбеков, вопросы историографии
эпохи Амира Темура.
Abstract: This article provides information about the conditions created in the state of
Amir Timur and the Timurids to achieve a high level of development of science and culture, art.
They also discussed the reforms being carried out in the education system today, in particular,
the creation
of the Temurbek school, issues of historiography of the era of Amir Temur.
Kalit so’zlar: Amir Temur, Temurbeklar maktabi,
Abulqodir Mag’oniy, Ko’ksaroy
kutubxonasi, D.N.Logafet, “Amir Temur” romani.
Ключевые слова: Амир Темур, Школа Темурбеков, Абулкадир Магани,
Библиотека Коксароя, Д.Н. Логафет, роман «Амир Темур».
Key words: Amir Temur, School of Temurbeks, Abulqadir Maghani, Koksaroy Library,
D.N. Logafet, "Amir Temur" novel.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2019 yildagi PQ-4375-sonli qaroriga
asosan Oʼzbekiston
Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari,
Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-
akademik litseylari tashkil etildi
1
. Quyidagilar «Temurbeklar maktablari»ning asosiy vazifalari
etib belgilandi:
oʼquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-
odatlariga
chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik
singari
shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy gʼurur tuygʼularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning,
eng avvalo Аmir
Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʼlida oʼzini qurbon qilgan
zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, Oʼzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy
hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlgan oʼquvchilarni tarbiyalash;
oʼquvchilarda
keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni
rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʼyicha
mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʼich bilimlarni
singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur
Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari va davlat
xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va
1
https://lex.uz/ru/docs/4417961