1
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
HARBIY KAFEDRA
Raximov Sh.M., Egamberdiyev M.P.
ALOQA TUGUNLARI
O‘quv qo‘llanma
Toshkent 2018
2
Mualliflar: Sh.M. Raximov, M.P. Egamberdiyev. “Aloqa tugunlari”.
O‘quv qo‘llanma – Toshkent: TATU. 2018 – 84 b.
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi
boshlig‘ining 2004 yil 6-iyuldagi 64-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda
aloqa tugunlari, uning elementlari va aloqa tugunlarida tezkor – texnik xizmatni
tashkillashtirish bo‘yicha barcha ma’lumotlar to‘liq yoritilgan.
Qo‘llanma Toshkent axborot texnologiyalari universiteti harbiy kafedrasi
talabalarining “Taktik maxsus tayyorgarlik” fani o‘quv dasturiga mos ravishda yaratildi.
O‘quv qo‘llanmada aloqa tugunlari,
ularning tasnifi, ekspluatatsiyasi va boshqaruvini
tashkil etish ko‘rib chiqildi.
Aloqa tugunlarida navbatchilikni tashkil etish, javobgar shaxslarining majburiyatlari,
aloqa tugunini belgilangan jangovar shaylik darajasiga keltirish haqida ma’lumotlar berildi.
Radioelektron vositlarning elektromagnit moslashuvi muammolari, radiohalaqit
turlari, radioelektron moslashuvni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar yoritildi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU harbiy
kafedrasida
tahsil olayotgan talabalar, TATU Maxsus fakulteti kursantlari, O‘R Mudofaa
vazirligi “Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi” aloqa yo‘nalishi kursantlari,
shuningdek O‘R Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan aloqachilar uchun o‘quv
jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarga,
kursantlarda va harbiy xizmatchilarga
aloqa tugunlari, ularni boshqarish va ekspluatatsiya
qilish, aloqa tugunlarining tarkibi va joylashuvi bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan
bilimlarini oshirish uchun xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qarori bilan chop etishga tavsiya
etildi (2018 yil “___” _________ , ____ – sonli bayonnoma).
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti, 2018
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26
yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida ta’kidlaganidek
mamlakatimizning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, armiya va xalq birligini ta’minlash borasida joylardagi davlat hokimiyati
organlarining rolini oshirish bo‘yicha ishlar butunlay yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.
Hozirga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan izchil islohatlarning natijasida
harbiy aloqa mutaxasislariga qo‘yilgan talablar yanada oshmoqda. To‘g‘ri tashkil etilgan
aloqa qo‘shinlarni, kuchlarni ishonchli boshqaruvini va qo‘yilgan
vazifalarni
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi.
Shiddat bilan o‘zgaruvchi zamonaviy jang sharoitida, qo‘shinlarni, kuchlarni va
qurollarni boshqarishda harbiy aloqachi mutaxassislar uchun aloqa tugunlari, ularning
ekspluatatsiyasi va
boshqarilishini tashkil etish, aloqa tugunini belgilangan jangovar
shaylik
darajasiga
keltirish,
radioelektron
vositlalarning
elektromagnit
moslashuvchanligiga doir bilimlar muhim o‘rin tutadi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda ushbu o‘quv qo‘llanmada aloqa tugunlari,
ularning tasnifi, aloqa tugunlari ekspluatatsiyasi va boshqaruvini tashkil etish, unda
navbatchilikni olib borish, javobgar
shaxslarning majburiyatlari, aloqa tugunlarida
radioaloqa vositalarini samarali joylashtirish, ularning elektromagnit moslashuvi bo‘yicha
barcha ma’lumotlar yoritib berilgan.
Har qanday jangni olib borish komandirlar va shtablar tomonidan amalga
oshiriladigan – jangni tayyorlash, uni rejalashtirish va tashkillashtirish kabi qator tadbirlar
o‘tkazilishini taqozo qiladi. Ushbu tadbirlarning to‘liqligi va sifatli bo‘lishiga jangni
tayyorlash va olib borish davomida bo‘linmalarni boshqarishni yaxshi tashkillashtirish
orqali erishiladi.
Aloqa tizimi boshqaruv tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi.
U aloqa
kuch va vositalarini tashkiliy-texnik birlashtiradi va komandirlar va shtablarga jangda
bo‘linmalarni boshqarishni ta’minlab berishga xizmat qiladi.
Boshqaruvni tashkillashtirish sifati jang yakuniga uzil-kesil ta’sir qiladi va u birinchi
navbatda aloqani tashkillashtirishning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Aloqa vositalarini qo‘llash – boshqaruvning eng samarali, zamonaviy va keng
tarqalgan usuli hisoblanadi. Bunda aloqa uchun asosan elektr, ya’ni
simli va radioaloqa
vositalari qo‘llaniladi, yuqori boshqaruv bo‘g‘inlarida bulardan tashqari radiorele aloqasi,
stasionar boshqaruv punktlari va boshqa obyektlar o‘rtasida aloqani ta’minlash uchun esa
optik tolali aloqa tizimlari ham qo‘llaniladi. Bularning barchasi asosan aloqa tuguni
tarkibida qo‘llaniladi, kam ucharydigan hollarda alohida qo‘llanilishi mumkin.