• ATni boshqarishni tashkillashtirish.
  • AT boshlig‘i
  • ATni (AT elementlarini)
  •  AT ekspluatasiyasini va boshqarishni tashkil qilish




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/66
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #153132
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
    1.2. AT ekspluatasiyasini va boshqarishni tashkil qilish  
    AT ekspluatasiyasi – ATning yuqori jangovar shayligini ta’minlashga va uni 
    mo‘ljallanishi bo‘yicha samarali ishlatishga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar 
    majmuidir. 
    AT ekspluatasiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    – ATni boshqarishni tashkillashtirishni; 
    – ATda tezkor-texnik xizmatni tashkillashtirishni; 
    – aloqa va axborot xavfsizligini hamda chet el texnik razvedkasiga qarshi 
    harakatlarni tashkillashtirishni; 
    – aloqa va muhandis-texnik tizim vositalarining texnik ekspluatasiyasini 
    tashkillashtirishni. 
    ATni boshqarishni tashkillashtirish. 
    ATni boshqarishni tashkillashtirish bo‘yicha tadbirlar ATga qo‘yilgan vazifalarning 
    samarali bajarilishini ta’minlaydigan muhim tadbirlardan biridir.
    ATni boshqarish ATning tezkor-texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanishni va 
    vaziyatning har qanday sharoitlarida unga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli 
    bajarilishini ta’minlashi lozim hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi
    – ATni jangovar shaylikning belgilangan darajalariga keltirish rejalarida ko‘zda 
    tutilgan tadbirlarni ishlab chiqishni va bajarishni; 
    – ATni jangovar, tezkor, maxsus, texnik va ichkari ta’minotini tashkillashtirishni va 
    olib borishni; 
    – tezkor-texnik xizmatni tashkillashtirishni va unga rahbarlik qilishni; 
    – AT elementlari o‘rtasida, O‘R QKning boshqa ATlari bilan, davlat aloqa tarmog‘i 
    korxonalari bilan, turli vazirlik va idoralar aloqa tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlikni 
    tashkillashtirishni va ushlab turishni; 
    – kundalik ekspluatasiya jarayonida va dushman ta’sir ko‘rsatganda ATning 
    yashovchanligini ta’minlashni; 
    – aloqa va axborot xavfsizligini hamda chet el texnik razvedkasiga qarshi 
    harakatlarni, shuningdek maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga 
    oshirishni;
    – AT ekspluatasiyasi holati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni, tahlil qilishni va 
    umumlashtirishni, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishni, ATning jangovar shayligini 
    yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishni va bajarishni. 
    ATni boshqarishni amalga oshirish uchun boshqaruv tizimi yaratiladi, u: 
    – boshqaruv organlarini; 
    – boshqaruv punktlarini; 
    – xizmat aloqa tarmog‘ini; 
    – avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalarini o‘z ichiga oladi


    10 
    ATni boshqaruv organlari bo‘lib ham tinchlik davrida, ham urush davrida AT 
    ekspluatasiyasiga rahbarlik qilish uchun tuziladigan AT va uning elementlarining 
    boshqarmasi (qo‘mondonligi), shtatdagi va vaqtincha guruhlar (hisoblar) sanaladi. 
    AT boshlig‘i kundalik sharoitda ATni boshqarishni AT bo‘yicha navbatchi orqali 
    amalga oshiradi, ATBN navbatchilikni olib borish jarayonida navbatchi smenani bevosita 
    boshqaradi. 
    Tezkor vaziyat va aloqa bo‘yicha vaziyat qo‘qqisdan o‘zgargan hollarda, AT jangovar 
    shaylikning yuqori darajalariga o‘tkazilganda, avariya holatlarida va tabiiy ofatlar ro‘y 
    berganda ATni boshqarishni bevosita AT boshlig‘i va AT elementlari boshliqlari amalga 
    oshiradi. 
    Mansabdor shaxslar va navbatchi smena shaxslari ATni (AT elementlarini) 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     AT ekspluatasiyasini va boshqarishni tashkil qilish

    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish