• Radiotarmoq orqali boshqarish
  • Aloqa tugunlari




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/66
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #153132
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
    (farmoyishlar) jurnaliga yozib qo‘yiladi. 
    Aloqani o‘rnatish (qayta tiklash), muhandis-texnik tizim texnik vositalarini u yoki bu 
    ish rejimiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar mos aloqa boshlig‘idan JP NHRgacha 
    bo‘ysunuvi bo‘yicha qo‘yiladi.
    ATni va uning elementlarini boshqarish uchun ATni boshqarish tizimi va xizmat 
    aloqasi tarmog‘i yaratiladi, u boshqaruv tuzilmasiga mos kelishi kerak.
    Xizmat aloqasi tarmoqlarida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” telefon, shu jumladan baland ovozli 
    aloqalar ham, shtabning (BPning) ATSiga ulangan, ATni boshqarishning avtomatlashtirish 
    vositalarining lokal tarmog‘iga ulangan aloqalar ham qo‘llanilishi mumkin. Xizmat aloqasi 
    tarmoqlarini yaratishda boshqa ATlarning va davlat aloqa tarmog‘i korxonalarining 
    mansabdor shaxslari bilan ham aloqa ko‘zda tutiladi. 
    Daladagi (harakatdagi) ATni boshqarishni ta’minlash uchun daladagi AT 
    boshlig‘ining radiotarmog‘i, baland ovozli xizmat aloqasi va telefon tarmog‘i ishlatiladi.
    Radiotarmoq orqali boshqarish marsh o‘tkazish davrida, daladagi ATni yoyishning 
    dastlabki bosqichida va yig‘ishda amalga oshiriladi. Odatda bu radiotarmoq tarkibiga: 
    daladagi AT boshlig‘ining, elementlar va alohida joylashadigan vositalar guruhlari 
    boshliqlarining radiostansiyalari kiradi. Texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa, ushbu 
    radiotarmoq tarkibiga dala ATning barcha apparatxonalari va stansiyalari radiostansiyalari 
    kiritilishi mumkin. 
    Daladagi (harakatdagi) AT elementlari bilan bog‘lanish liniyalari orqali xizmat 
    aloqasi o‘rnatilishi bilanoq, ular bilan radioaloqa to‘xtatiladi. 
    Daladagi (harakatdagi) ATlarda xizmat (baland ovozli va telefon) aloqasi ushbu 
    maqsad uchun ajratilgan AT ichki bog‘lanish liniyalari, uzatkichlar guruhlarini va 
    chiqarilgan radioelektron vositalar guruhlarini masofadan boshqarish kanallari va 
    liniyalari, shuningdek shu maqsad uchun maxsus yoyilgan liniyalar orqali ta’minlanadi.
    Daladagi ATBPdan xizmat aloqasi quyidagicha tashkil qilinadi va ta’minlanadi 
    (odatda): 
    – BP tezkor navbatchisi bilan – baland ovozli qabul qilish imkoniyati bilan; 
    – aloqani BP bilan – baland ovozli qabul qilish imkoniyati bilan va telefon; 
    – aloqa harbiy qismi QP bilan – baland ovozli va (yoki) telefon; 
    – hamkorlikdagi ATlarning BPlari bilan – ochiq va yopiq telefon; 
    – ATEBPlari bilan – baland ovozli qabul qilish imkoniyati bilan. 
    ATEBPdan xizmat aloqasi quyidagicha tashkil qilinadi va ta’minlanadi: 
    – ATBP bilan – baland ovozli qabul qilish imkoniyati bilan;
    – element tarkibiga kiruvchi apparatxonalar, stansiyalar (JPlar) bilan – baland ovozli, 
    chaqiriqni ovoz orqali qabul qilish imkoniyati bilan. 
    Hamkorlik qiluvchi elementlar BP bilan apparatxonalar, stansiya (JP) lardan xizmat 
    aloqasi quyidagicha tashkil qilinadi va ta’minlanadi: 
    – elementlarning BPlari bilan – baland ovozli, chaqiriqni ovoz orqali qabul qilish 
    imkoniyati bilan; 
    – ATning o‘zaro hamkorlik qiluvchi apparatxonalari bilan – telefon bilan. 


    12 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish