13
Daladagi (harakatdagi) ATning boshqaruv punkti joylashadigan yangi hududda
yoyilishidan oldin
rekognossirovka
1
o‘tkazilishi lozim, bunda quyidagilar aniqlashtiriladi:
– JBM joylashadigan joylar;
– qo‘shin va xizmat turlari boshqaruv punktlari joylashadigan joylar;
– apparatxonalar yoyiladigan hududlar;
– uzatuvchi radiomarkaz hamda radioreley va troposfera
stansiyalari guruhlari
yoyiladigan hududlar;
– kelish yo‘llari va chiqib ketish marshrutlari;
– BPni qo‘riqlash va himoya qilish tartibi va AT uchun ajratilgan mudofaa sektori.
Daladagi (harakatdagi) ATning rekognossirovka guruhi tomonidan quyidagilar
aniqlab olinadi:
– har bir elementning chegarasi hamda apparatxonalar va stansiyalar yoyiladigan
joylar;
– apparatxonalarning yoyilish joylari tomon harakatlanish marshrutlari;
–
kiritish-ulanish kabellarini, elektr ta’minot kabellarini va abonent liniyalarini
yotqizish trassalari;
– shaxsiy tarkibning va rezervning dam olish hududi;
– xo‘jalik ta’minoti punkti, avtoparklar va shu kabilarning joylashuv hududlari.
Daladagi (harakatdagi) ATning va uning elementlarining, apparatxonalar (stansiyalar)
guruhlarining yoyilishini boshqarishni AT boshlig‘i va elementlar boshliqlari amalga
oshiradilar.