|
I. ALOQA TUGUNLARI (AT) HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALARI. ALOQA TUGUNLARI (AT) HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
1.1. Aloqa tugunlari
Hozirgi zamonaviy urush tez va keskin o‘zgaruvchan sharoit bilan, qo‘shinlarni keng
va chuqur yo‘nalishda taqsimlash va jangovar harakatlarni turli yo‘nalishlarda olib borish
bilan ta’riflanali. Jangovar harakatlar qat’iyligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Bu
mahalliy (lokal) urushlarni olib borish tajribasi bilan tasdiqlanadi. Bunday sharoitda
muvaffaqiyatni ta’minlovchi omillardan biri qo‘shinlarni va qurollarni bilimli
boshqarishdir.
Bo‘linma, qism, qo‘shilma va birlashmalarni jangga tayyorlash vaqtida va jang
davomida ishonchli va samarali boshqarishni amalga oshirish maqsadida boshqarish tizimi
tashkil qilinadi. Boshqarish tizimiga to‘rtta asosiy element kiradi:
– boshqarish organlari;
– boshqarish vositalari;
– boshqaruv punktlari;
– aloqa tizimi.
Aloqa tizimi – qo‘shinlar, kuchlar va qurollarni boshqarish tizimining tashkil etuvchi
qismi bo‘lib, u qo‘yilgan vazifa, joy va harakat vaqti bo‘yicha o‘zaro bog‘langan va
kelishilgan aloqa tugunlari, liniyalari va stansiyalarining yig‘indisidir.
AT aloqa tizimining muhim elementlaridandir.
Aloqa tuguni – boshqaruv punktida yoki kanallarni (xabarlarni) tarqatish
(kommutatsiyalash) punktida qo‘shinlarni (kuchlarni) boshqarish jarayonida axborot
almashinish maqsadida yoyilgan aloqa, avtomatlashtirilgan boshqaruv va axborotlashtirish
kuch va vositalarining tashkiliy-texnik birikmasidan iborat bo‘lgan aloqa tizimi
elementidir.
Aloqa tugunlari tinchlik davrida ham, urush davrida ham qo‘shinlarni (kuchlarni)
boshqarishni ta’minlash uchun mo‘ljallanadi, hamda hududiy aloqa tizimining asosini va
avtomatlashtirilgan boshqaruvning transport muhitini tashkil qiladi – O‘R QKning aloqa va
telekommunikatsiya tizimining muhim elementi hisoblanadi.
O‘R QK aloqa tugunlari quyidagicha tasniflanadi:
|
| |