boshqarishni ATni boshqarish punktidan (ATBP) va AT elementlarini boshqarish punktlaridan (ATEBP) dan amalga oshiradilar.
Daladagi AT uchun ATBP (ATEBP) – maxsus mo‘ljallangan va texnik vositalar
bilan jihozlangan joy bo‘lib, u yerdan AT (AT elementi) boshlig‘i shaxsan (ATBN,
ATEBN orqali) bo‘ysunuvchi bo‘linmalarni ularning ko‘chish, yoyilish, barcha turdagi
axborotlarni o‘tishini ta’minlash, yig‘ilish jarayonlarida boshqarishni ta’minlaydi.
Daladagi (harakatdagi) ATBP boshqaruv apparatxonasida joylashadi, unda jangovar
hisob (AT boshlig‘i, ATBN va axborot o‘tishini ta’minlashni nazorat qilish xizmati
navbatchisi) uchun ish joylari jihozlangan bo‘ladi.
Daladagi ATning ATEBP apparatxonalardan birida jihozlanadi, u yerda AT elementi
boshlig‘i (ATEBN) uchun ish joyi jihozlangan bo‘ladi.
ATBP va ATEBPning jihozlari va texnik vositalari ATni, uning elementlarini va
jangovar postlarini samarali boshqarishni ta’minlashi lozim, shuningdek aloqa
kanallarining, aloqa va QABT vositalarining holatlarini, jangovar boshqaruv signallari va
o‘ta muhim axborotlar o‘tishini aks ettirib turish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
ATBP jihozlari tarkibida, odatda, quyidagilar bo‘lishi kerak:
– maxsus jihozlangan ish stoli (pult);
– ATni boshqarish va aloqani ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar to‘plami;
– xizmat aloqasi va yagona vaqt apparaturalari;
– aloqaning ishlashi nazoratini ta’minlovchi jamoaviy va individual foydalanishdagi
aks ettirish vositalari;
– boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish texnik vositalari majmui;
– ATni jangovar shaylikning yuqori darajalariga keltirilishini boshqarish va nazorat
qilish vositalari;
– xizmat so‘zlashuvlarini hujjatlashtirish vositalari;
– ma’lumot beruvchi materiallarga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan so‘rovnoma
qurilmalari, planshetlar va kartotekalar.
ATEBP jihozlari tarkibi ham xuddi ATBPda o‘rnatiladigan jihozlar kabi bo‘lishi
lozim.
ATBP va ATEBP mansabdor shaxslarining funksional majburiyatlari AT (AT
elementi) boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan Yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.
ATdan aloqalar chizma-buyruqqa asosan tashkil qilinadi.
Tezkor vaziyat va aloqa bo‘yicha vaziyat o‘zgarganda chizma-buyruq o‘zgarishi
mumkin. Chizma-buyruqda ko‘rsatilgan aloqalarga yangilarini qo‘shish va yoki olib
11 tashlash mos aloqa boshlig‘ining yozma farmoyishi asosida amalga oshiriladi. Tezkor
harakat zarur bo‘lganda bunday farmoyishlar keyinchalik albatta yozma berilishi sharti
bilan og‘zaki ham berilishi mumkin. Farmoyishning mazmuni buyruqnomalar