7
–
ATni niqoblash;
– ta’sir ko‘rsatuvchi shovqinlarni susaytirish.
ATning tarkibi, jihozlari va tuzilishi quyidagilar bilan aniqlanadi:
– ATning mo‘ljallanishi bilan;
– BPni joylashtirish, uning jihozi, jangovar ishi va qo‘llanishi bilan;
– aloqa tashkil qilish tamoyillari va ATga qo‘yiladigan talablar bilan;
– aloqa vositalarining mavjudligi va ularning imkoniyatlari bilan.
Aloqa va avtomatlashtirish vositalarining alohida elementlarga
tashkiliy-texnik
birlashishi asosida turli tamoyillar yotishi mumkin.
Hozirgi kunda
ikkita tamoyil ma’lum:
1-tamoyil: vazifasiga ko‘ra aloqa va avtomatlash vositalarini alohida elementlarga
birlashtirish (aloqa ko‘rinishlari va turlari bo‘yicha);
2-tamoyil: axborotlash yo‘nalishlarida tezkor-taktik vazifalariga ko‘ra
yoki shtab
boshqaruvi (bo‘limi)ga tegishliligiga ko‘ra aloqa va avtomatlash vositalarini alohida
elementlarga birlashtirish.
AT kuchlari va
muhandislik-texnik tizimlari (MTT – elektr ta’minoti va yashashni
ta’minlash tizimlari (shamollatish va havoni tozalash, suv ta’minoti, kanalizatsiya va
drenaj, isitish va issiq suv ta’minoti, avtomatika va signalizasiya) bajarilayotgan vazifalari
xarakteriga,
tashkiliy-shtat tuzilmasiga, qabul qilingan ATni boshqarish tizimiga ko‘ra
tashkiliy va texnik jihatdan AT elementlariga birlashtiriladi.