BP AT zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/66
Sana08.02.2024
Hajmi1,94 Mb.
#153132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
BP AT zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
– belgilangan nazorat muddatlarida va talab qilingan sifat darajasida jangovar 
boshqaruv signallarini (farmoyishlarini) uzatish va qabul qilishni, barcha turdagi axborotlar 
almashinuvini ta’minlash; 


6 
– yadro hujumi xavfi, havo vaziyati, radiatsion, kimyoviy va bakteriologik (biologik) 
zaharlanish va tabiiy ofatlar haqidagi qo‘shinlarni (kuchlarni) ogohlash signallarini zudlik 
bilan yetkazilishini ta’minlash; 
– amaldagi o‘rnatilgan aloqalarni belgilangan ish rejimlarida ushlab turish hamda 
rejalashtirilgan va yangidan tashkil qilinayotgan aloqalarning o‘z vaqtida o‘rnatilishini 
ta’minlash; 
– aloqa, telekommunikatsiya va avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalarining 
barqaror ishlab turishini ta’minlash; 
– chiziqli va guruhli aloqa kanallari va traktlarini tashkil qilish, ularni sozlash va 
o‘lchash, shuningdek rejalashtirilgan trakt va kanallarning tranzit ulanishini amalga 
oshirish; 
– aloqa kanallari orqali uzatilayotgan axborotni avtomatik ma’fiylashtirish; 
– AT balansida bo‘lgan aloqa liniyalariga ekspluatasion xizmat ko‘rsatish; 
– harakatlanuvchi aloqa vositalari bog‘lanishi uchun aloqa vositalari va 
qurilmalarining texnik shayligini ta’minlash; 
– aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtiyoriy turdagi transportda harakatlanayotganda 
komandirlar va BP aloqasini ta’minlash; 
– BPda ichki aloqani ta’minlash; 
aloqaning, axborotning xavfsizligini ta’minlash; 
– chastota-dispetcherlik (ionosfera-to‘lqin) xizmatini va yagona vaqt xizmatini 
ta’minlash. 
BP ATlar hududiy tarmoqda tayanch aloqa tugunlari (TAT) rolini bajarishlari 
mumkin. 
TAT zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: 
– aloqa kanallarini tashkil qilish, sozlash, o‘lchash, kommutatsiyalash va BP AT 
hamda YoATga topshirish; 
– kanallar tezkor manyovrini amalga oshirish, raqamli oqimlarni (potok) manzillash 
(marshrutlash), aylanma va tranzit aloqa kanallarini tuzish; turli aloqa vositalari hosil 
qilgan kanallarni moslashtirish; 
– BP orasidagi radioaloqa yomonlashganda radioaloqa retranslyasiyasini va 
axborotni qabul qilib qayta uzatishni ta’minlash; 
– aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtiyoriy turdagi transportda harakatlanayotganda 
komadirlar va BP aloqasini ta’minlash; 
– TAT yaqinida joylashgan va TATga bog‘lanish uchun o‘z vositalariga ega 
bo‘lmagan harbiy qism va muassasalar bilan aloqani ta’minlash; 
– biriktirilgan uchastkalarda aloqa liniyalariga xizmat ko‘rsatish. 

Download 1,94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BP AT zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi

Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish