|
Aloqa tugunlariAloqani o‘rnatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– kanal hosil qiluvchi apparaturani (stansiyani) ishga tayyorlash, yoqish, aloqaga
kirish, o‘lchash, kanallarni sozlash va to‘g‘rilash, kanallarni chetki apparatxonaga
(stansiyaga) topshirish;
– chetki apparaturani to‘g‘rilash va sozlash, uni aloqa kanaliga qo‘shish, aloqa ishi
sifatini tekshirish.
Chizma-buyruqda ko‘zda tutilgan aloqalarni o‘rnatish AT navbatchi smenasi shaxsiy
tarkibi tomonidan ATBN rahbarligida amalga oshiriladi.
Daladagi (harakatdagi) ATda rejalashtirilgan aloqalarni o‘rnatishda rahbarlikni
shtatdagi mansabdor shaxslar shaxsan va AT(ATE)BN orqali amalga oshiradilar.
Bunda daladagi (harakatdagi) AT(ATE) BNga quyidagilar yuklatiladi:
– aloqa o‘rnatish bo‘yicha vazifalarni aniqlashtirish va jangovar navbatchilikni qabul
qilish;
– xizmat aloqasini o‘rnatish va navbatchilikni qabul qilganligi haqida bo‘ysunuvi
bo‘yicha doklad qilish;
– bog‘lovchi liniyalarni sinovdan o‘tkazish va ularni kanallarni uzatish uchun
tarqatish bo‘yicha JPlar navbatchi hisoblari harakatlarini boshqarish;
– aloqaga kirish, kanallarni sozlash va ularni chetki apparatxonalarga topshirish
bo‘yicha farmoyishlarni berish; aloqani o‘rnatishda ishtirok yetayotgan JP(guruh, element,
AT)lar o‘rtasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish;
– o‘rnatilayotgan aloqalarning o‘z vaqtidaligini va sifatini nazorat qilish;
– bajarilayotgan vazifalarni, ularni hal qilishni qiyinlashtirayotgan sabablarni va
ko‘rilgan choralarni tezkor-texnik hujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
– qo‘shinlarni pinhona boshqarish va aloqa xavfsizligi talablarini bajarilishi ustidan
qat’iy nazorat olib borish.
Aloqa holatining nazorati AT navbatchi smenasi mansabdor shaxslari tomonidan,
aloqaning, kanal (liniya) larning holati va aloqa vositalarining ish holati haqidagi
ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilib borish yo‘li bilan olib boriladi.
|
| |