|
Referat mavzu: Qo‘shinlarda lavozimni qabul qilish va topshirish
|
bet | 1/8 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 42,73 Kb. | | #261956 | Turi | Referat |
Bog'liq Nematullayev Amaliyot
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTI
4/2 – seksiya kursantining
“Malaka amaliyoti dasturi” davomida bajargan
REFERAT
Mavzu: Qo‘shinlarda lavozimni qabul qilish va topshirish
Bajardi: Kursant Ne’matullayev A
Mavzu: Qo‘shinlarda lavozimni qabul qilish va topshirish.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Lavozimni qabul qilish tartibi.
Ish va lavozimni qabul qilish va topshirish hujjatlari hamda ularni ishlab chiqish tartibi.
Ish va lavozimni qabul qilish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni hal etish.
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH
Yangi tayinlangan harbiy qism komandiri oʻz faoliyatini bajarishga katta komandirning (boshliqning) farmoyishi yohud buyrug'i asosida kirishadi. Harbiy qism komandiri boshqarishga kirishgani toʻgʻrisida buyruqni e'lon qiladi va katta komandirga (boshliqqa) bildiruv beradi.
Yangi tayinlangan harbiy qism (boʻlinma) komandiri harbiy qism (boʻlinma) shaxsiy tarkibiga katta komandir (boshliq) tomonidan tanishtiriladi.
Yangi tayinlangan harbiy qismlar, boʻlinmalarning vzvod komandiri va undan yuqori boʻlgan komandirlar lavozimni qabul qilish chogʻida harbiy qism, boʻlinma harbiy xizmatchilarining ariza va shikoyatlarini aniqlash va keyinchalik ularni hal etish maqsadida ularni suhbat oʻtkazadi.
Komandir (boshliq) vaqtincha joʻnab ketgan hollarda, oʻz majburiyatlarini bajarish uchun, oʻrinbosarini oʻrnida qoʻldiradi. Shtatdagi oʻrinbosari boʻlmaganda va agar komandir (boshliq) tomonidan oʻrinbosar koʻrsatilmagan boʻlsa, lavozim boʻyicha katta shaxs, teng mansablar holatida esa, harbiy unvoni boʻyicha katta shaxs qoʻmondonlikni qabul qiladi. Qoʻmondonlikka kirishgan shaxs bu haqda katta komandirga (boshliqqa) bildiruv beradi.
|
| |