Ish va lavozimni qabul qilish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni hal




Download 42,73 Kb.
bet7/8
Sana09.06.2024
Hajmi42,73 Kb.
#261956
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nematullayev Amaliyot

Ish va lavozimni qabul qilish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni hal
etish
Ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) dalolatnomasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida qaror qabul qilinishi kerak. Agar kamomadlar natijalari boʻyicha ma'muriy surishtiruv oʻtkazilayotgan boʻlsa, aybdorni moddiy javobgarlikka tortish boʻyicha qaror surishtiruv ishi tugagan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim. Ish va lavozimni topshiruvchi shaxs yangi xizmat joyiga yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan ish va lavozimni topshirish va qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tasdiqlangandan soʻng joʻnab ketadi.
Bo'ysunuvchi mansabdor shaxslar tomonidan ish va lavozimni qabul qilishni (topshirishni) tashkillashtirish va uning sifatli oʻtkazilishi ularning bevosita boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
Yangi tayinlangan qoʻshilma (harbiy qism) komandiri tanishtirilganidan soʻng qoʻshilma (harbiy qism)ning mansabdor shaxslari, garnizon boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, boshqa vazirlik va idoralarga mansub harbiy qism komandirlari, harbiy huquqni himoya qiluvchi organlar, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari, qoʻshilma (harbiy qism)ga moddiy vositalarni yetkazib beruvchi va xizmat koʻrsatuvchi mahalliy ishlab chiqarish korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlari bilan tanishib chiqishi lozim.
moddiy vositalarning oxirgi oʻtkazilgan inventarizatsiyasi yoki hujjatli taftishi paytidan boshlab hisob yuritish kitoblari va kartochkalardagi yozuvlar; omborlar va boʻlinmalardagi barcha turdagi moddiy vositalarning miqdoriy va sifat holati, butligi va ular bilan ta'minlanganlik darajasi;
tegilmaydigan zaxiradagi moddiy vositalarning sifat holati, butligi va saqlash sharoitlari.
Boʻlinmalar (xizmatlar) va omborxonalardagi joriy ta'minot moddiy vositalarining mavjudligi, sifat holati va butligini tekshirishda asosiy e'tibor qandaydir sabablarga koʻra koʻproq yoʻqotiladigan mulklarga, tegilmaydigan zaxira omborxonalaridagi moddiy vositalarni saqlash sharoitlariga, yangilab turish va belgilangan butligiga rioya etilishiga qaratilishi lozim. Ish va lavozimni qabul qiluvchi shaxs shuningdek boʻysunuvchi xizmatlarda (xizmatda) ajratilgan pul vositalarining toʻgʻri sarflanayotganligini tekshiradi.
Qo'shilma (harbiy qism) komandirining oʻrinbosari, xizmat boshligʻining ish va lavozimini vaqtinchalik bajarish uchun (shtatdagi mansabdor shaxsning tatilda boʻlishi, kasalligi, xizmat safariga ketishi davrida) lavozimni qabul qilish (topshirish) uchun cheklangan vaqt ajratiladi. Barcha shoshilinch ishlar imkoniyati boricha lavozimni topshiruvchi shaxs tomonidan tezda hal qilinishi lozim. Mansabdor shaxs tomonidan lavozimni vaqtinchalik bajarish qoʻshilma (harbiy qism) komandirining buyrug'iga asosan amalga oshiriladi va u amaldagi qonun talablari asosida javobgar hisoblanadi.
Qoʻshilma (harbiy qism) komandirining oʻrinbosari, xizmat boshligʻining va ularga tenglashtirilgan mansabdor shaxslarning ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) mobaynida kamchiliklar, amaldan oʻz manfaatlari uchun foydalanish, xoʻjasizlik yoki hisoblarda chalkashlik aniqlansa, lavozimni qabul qiluvchi tomonidan qoʻshilma (harbiy qism) komandiriga (zarur boʻlganda moddiy va pul vositalarini mavjudligi, sifat holati, hisobi va qonuniy sarflanganligini aniqlash maxsus komissiya tayinlash uchun) bildiruv beriladi.
Komissiyaning moddiy vositalarning mavjudligini tekshirish boʻyicha omborxonalarda ishi mobaynida omborxona boshligʻi hamda ish va lavozimni topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxslar ishtirok etishlari lozim.
Qoʻshilma (harbiy qism) komandirining oʻrinbosari, xizmat boshligʻi va ularga tenglashtirilgan mansabdor shaxslarning ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) natijalari qoʻshilma (harbiy qism) komandirining buyrugʻida e'lon qilinadi.

Download 42,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 42,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish va lavozimni qabul qilish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni hal

Download 42,73 Kb.