|
Referat mavzu: Qo‘shinlarda lavozimni qabul qilish va topshirish
|
bet | 4/8 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 42,73 Kb. | | #261956 | Turi | Referat |
Bog'liq Nematullayev AmaliyotVzvod (batareya) komandiri ish va lavozimni topshirish va qabul qilishni topshiruvchidan qoʻshilma (harbiy qism) komandirining buyrug'iga asosan amalga oshiradi, qabul qilish boʻyicha reja - kalendar ishlab chiqadi va uni batalon (divizion) komandiriga tasdiqlatadi.
Ish va lavozimni qabul qilishda vzvod (batareya) komandiri asosiy e'tiborini shaxsiy tarkibning mavjudligi, qurol-aslaha, harbiy texnikalar va boshqa moddiy vositalarning mavjudligi, sifat holati, butligi hamda ularning texnik holatini oʻrganishga qaratadi.
Ish va lavozimni qabul qilgani (topshirgani) toʻgʻrisida vzvod (batareya) komandiri belgilangan tartibda yuqori qoʻmondonlikka bildiruv beradi.
Lavozimni qabul qiluvchi bildiruv bilan birgalikda lavozimni qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomani taqdim etadi.
ISH VA LAVOZIMNI QABUL QILISH VA TOPSHIRISH HUJJATLARI HAMDA ULARNI ISHLAB CHIQISH TARTIBI
Qoʻshinlar xoʻjaligi faoliyatini yuritish uchun mas'ul shaxslarning ish va lavozimni qabul qilishi (topshirishi) ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) dalolatnomasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) dalolatnomasiga moddiy vositalarning inventarizatsiya jadvalilari, shuningdek (zarurat tugʻilganda) aniqlangan kamomadlar, ortiqchalar boʻyicha tushuntirish xatlari, tabiiy sarf- harajatlar boʻyicha asoslar va hokazolar ilova qilinadi. Agarda ish va lavozimni qabul qiluvchi yoki topshiruvchi tomonlardan birida dalolatnoma boʻyicha qandaydir e'tirozlar yoki shikoyatlar boʻlsa, bu holatni u yozma ravishda dalolatnomada aks ettiradi. Yuqori turgan boshliq ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) toʻgʻrisidagi dalolatnomani tasdiqlash mobaynida aks ettirilgan e'tirozlar va shikoyatlarni koʻrib chiqishga va ular boʻyicha oʻz qarorini dalolatnomaning har bir nusxasida koʻrsatishga majburdir.
Ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) toʻgʻrisidagi dalolatnomada, shuningdek moddiy vositalarning inventarizatsiyasi jadvalilarida ish va lavozimni topshiruvchi va qabul qiluvchi hamda tayinlangan komissiya tarkibi imzo chekadilar. Ushbu koʻrsatib o'tilgan shaxslardan tashqari dalolatnomalar moddiy vositalarni saqlanishiga javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi.
Dalolatnomalar tasdiqlanadi:
harbiy qism komandirining oʻrinbosarlari va xizmat boshliqlarining ish va lavozimini qabul qilganda (topshirganda) – harbiy qism komandiri tomonidan; bo'linma komandirlari va ularning moddiy ta'minot boʻyicha yordamchilarining ish va lavozimini qabul qilganda (topshirganda) – yuqori turuvchi komandir tomonidan;
mas'ul ijrochilar (ish yurituvchilar, buxgalterlar) ish va lavozimini qabul qilganda (topshirganda) – bevosita boshliqlar tomonidan (buysinuviga qarab); omborxona, ustaxona, oshxona boshliqlarining ish va lavozimini qabul qilganda (topshirganda) – harbiy qism komandiri tomonidan.
Ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) toʻgʻrisida bevosita boshliqqa bildiruv taqdim etiladi.
|
| |