• Ish va lavozimni qabul qilish va topshirishda komandirlarning (boshliqlarning) vazifalari, komissiyaning ish tartibi.
  • Guruh komandirining yangi xizmat joyiga borganda oʻzini tanishtirish tartibi




    Download 42,73 Kb.
    bet3/8
    Sana09.06.2024
    Hajmi42,73 Kb.
    #261956
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Nematullayev Amaliyot

    Guruh komandirining yangi xizmat joyiga borganda oʻzini tanishtirish tartibi
    Harbiy xizmatchilar:
    harbiy lavozimga tayinlanganda;
    harbiy lavozimni topshirganda;
    harbiy unvon berilganda;
    orden yoki medal bilan taqdirlanganda;
    xizmat safariga, davolanishga yohud ta'tilga jo'nab ketayotganda va undan qaytganda, bevosita boshliqlariga oʻzini tanishtiradi.
    Oʻzini bevosita boshligʻiga tanishtirayotganda, oʻzining harbny lavozimi, familiyasini va tanishtirishining sababini aytadi. Masalan: «Oʻrtoq mayor, 1- motooʻqchilar vzvodi komandiri, kapitan Aminov. Menga kapitan harbiy unvoni berilgani munosobati bilan oʻzimni tanishtirayapman», «oʻrtoq polkovnik, guruh komandiri leytenant Jabborov. Guruh komandiri lavozimiga tayinlanganim munosabati bilan oʻzimni tanishtirayapman».
    Harbiy qismga yangidan tayinlangan ofitserlar va shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilar dastlab harbiy qism komandiriga va unish oʻrinbosarlariga, vzvodga tayinlov berilganda ― batalon komandiriga, vzvod komandiriga va uning oʻrinbosarlariga oʻzini tanishtiradi.
    Harbiy qism komandiri, yangi kelgan ofitserlarni, harbiy qismning ofitserlar tarkibiga, eng yaqin ofitserlar majlisida yohud qism safga tizilganda tanishtiradi.
    Ish va lavozimni qabul qilish va topshirishda komandirlarning (boshliqlarning) vazifalari, komissiyaning ish tartibi.
    Jangovar texnikalar, qurollar, oʻq - dorilar va boshqa moddiy vositalarning saqlanishini ta'minlash hamda mansabdor shaxslarning qoʻshinlar xoʻjaligini boshqarish boʻyicha ma'suliyatini oshirish maqsadida barcha mansabdor shaxslar lavozimga tayinlanganda ish va lavozimlarini topshirish va qabul qilishga majburdirlar.
    Harbiy unvoni va lavozimidan qat'iy nazar barcha harbiy xizmatchilar qonun oldida tengdirlar va harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish jarayonida davlatga moddiy ziyon yetkazganliklari uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi qoʻllanmaga asosan moddiy javobgarlikka tortiladilar.
    Lavozimni qabul qilish va topshirish uchun harbiy qism xizmat boshligʻi, unga tenglashtirilgan hamda yuqori mansabdor shaxslarga, katta komandir (boshliq) ning buyrug'i bilan komissiya tayinlanadi. Harbiy qismning barcha moddiy javobgar shaxslarining lavozimni qabul qilish va topshirish ishida harbiy qismning doimiy amaldagi komissiyasi qatnashadi.
    Batalon (divizion) komandirining ish va lavozimni topshirishi (qabul qilishi) uchun qoʻshilma komandirining buyrugʻiga asosan komissiya tayinlanadi, vzvod (batareya) va guruh komandirlari esa qism komandirining buyrugʻiga binoan ish va lavozimni topshiruvchi bilan birgalikda mustaqil ravishda qabul qiladilar.
    Lavozimni qabul qilishga kirishishdan oldin uni qabul qiluvchi mansabdor shaxs barcha tegishli rahbariy hujjatlar talablarini oʻrganib chiqishi zarur.
    Qoʻshilma (harbiy qism) xizmat boshligʻi ish va lavozimni qabul qilishni qoʻshilma (harbiy qism) komandirining buyrug'iga binoan tayinlangan komissiya ishtirokida amalga oshiradi.
    Komissiya tarkibiga: mazkur xizmat boʻyicha ichki tekshiruv komissiyasi raisi; xizmat boʻyicha ichki tekshiruv komissiyasi aʼzolari kiradi.
    Ish va lavozimni qabul qilishda xizmat boshligʻi quyidagilarga asosiy e'tiborini qaratadi:
    qoʻshilma (harbiy qism) xizmati qoʻshinlar xoʻjaligining umumiy savollari bilan tanishib chiqishga;
    xizmat xoʻjalik faoliyatini oxirgi tekshiruvi (hujjatli taftish) natijalari bilan tanishishga, ular boʻyicha taklif va koʻrsatmalarning bajarilganligi, xizmatda hisobning yuritilishi va hisobotlarning berilishiga;
    xizmatda yillik xoʻjalik, iqtisod qilish, nazorat-taftish ishi va boshqa rejalarning bajarilganlik darajasini oʻrganishga;
    xizmatga tegishli shaxsiy tarkibning mavjudligi, qurol - aslahalar, harbiy texnikalar va boshqa moddiy vositalarning mavjudligi, sifat holati, butligi hamda ularning texnik holatini bilishga.
    Xizmat boshligʻi ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) toʻgʻrisida belgilangan tartibda qoʻshilma komandiriga bildiruv beradi.
    Ish va lavozimni qabul qilish (topshirish) toʻgʻrisidagi dalolatnomada lavozimni topshiruvchi va qabul qiluvchi xizmat boshliqlari hamda tayinlangan komissiya raisi va aʼzolari imzo chekadilar va qoʻshilma komandiriga tasdiqlash uchun taqdim etadilar.
    Dalolatnomaga moddiy vositalarning mavjudligi va mavjudligi va sifat holatini tavsiflovchi jadvalilar ilova qilinadi.

    Download 42,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 42,73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh komandirining yangi xizmat joyiga borganda oʻzini tanishtirish tartibi

    Download 42,73 Kb.