Referat mavzu: Qo‘shinlarda lavozimni qabul qilish va topshirish




Download 42,73 Kb.
bet2/8
Sana09.06.2024
Hajmi42,73 Kb.
#261956
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nematullayev Amaliyot

LAVOZIMNI QABUL QILISH TARTIBI
Lavozim va ishlarni qabul qilish va topshirish, lavozim va ishlarni qabul qiluvchi va topshiruvchi shaxslar tomonidan birgalikda tuzilgan taqvimli reja asosida amalga oshiriladi.
Bu reja erkin shaklda, lavozimni va ishlarni qabul qilish va topshirishga ajratilgan muddatni hisoblab tuziladi va bajarilishi lozim boʻlgan tadbirlarning barchasini ifodalashi lozim.
Taqvimli reja tarkibiga quyidagi tadbirlar kiritilishi mumkin:
lavozim va ishlarni topshiruvchiga boʻysunuvchi shaxslarning bildiruvini eshitish tartibi va vaqti;
xizmatlarni va turli xoʻjalik (xizmat) ob'ektlarini tekshirish tartibi va vaqti;
lavozim va ishlarni topshiruvchi shaxs koʻrsatmalariga asosan yozilgan hujjatlarni hisob kitoblari va varaqalariga qayd qilishni tugallash muddati;
alohida xizmatlar va xoʻjalik ob'ektlari boʻyicha moddiy vositalarning hisobi va sifati roʻyxatlarini tuzish muddati;
moddiy vositalarning hisobi va sifati ro'yxatini va bayonnomalarni tuzishning oxirgi muddati.
Taqvimli reja, lavozimni va ishlarni qabul qilib oluvchi shaxsning toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻi(komandiri) tomonidan tasdiqlanadi.
Lavozim va ishlarni qabul qilish va topshirish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
qoʻshilma (qism) komandiriga — 10 kungacha;
boʻlinma va qism komandirining ichkari boʻyicha oʻrinbosari va unga tenglashtirilgan lavozimdagi shaxslarga — 20 kungacha;
qism xizmat boshliqlariga - 15 kungacha;
qism va boʻlinmaning madaniyat hordiq ishlari boʻyicha ofitseriga 10 kungacha;
kutubxona boshligʻiga (kutubxonachiga) - 15 kungacha;
omborxona, non zavodi, oshxona boshligʻiga - 10 kungacha;
ustaxona boshligʻi, qism, boʻlinma va xizmat mirzasiga (pisar) - 5 kungacha;
boʻlinma komandiri va uning xoʻjalik ishlari boʻyicha yordamchisiga - 5 kungacha.
Boshqa lavozimdagi shaxslarning lavozim va ishlarni qabul qilish va topshirish muddati yuqori boshliq tomonidan belgilanadi va bu muddat 10 kundan o‘rtmasligi lozim.
Lavozimni qabul qilish va topshirish muddati, lavozimga yangi tayinlangan shaxsning, lavozim va ishlarni qabul qilish uchun qismga boʻlinmaga) kelgan kundan boshlanadi.
Boʻlinma komandiri, lavozimni qabul qilish va topshirishni, qism komandiri buyrugʻiga asosan, shaxsan amalga oshiradi.
Lavozim va ishlarni qabul qiluvchi quyidagilarga majbur:
lavozimni va ishlarni topshiruvchi shaxs ishtirokida boʻlinma xoʻjaligining holati va moddiy ta'minoti haqida boʻysunuvchi komandirlar va boʻlinma komandiri bildiruvini tinglash;
boʻlinmaga biriktirilgan xonalarning holati va joylashuvini tekshirish;
boʻlinmada xoʻjalik yuritish holatini aks ettiruvchi tekshirishlar dalolatnomalari bilan tanishish;
boʻlinma qurollari, jangovar texnikasi, oʻq - dorilari, transporti va mulki miqdorini, qism xizmatlari hisob-kitoblaridagi maʼlumotlar bilan solishtirish va tekshirish.
Boʻlinma komandiri, lavozim va ishlarni qabul qilgani haqida, yuqori komandirga bildiruv beradi va bildiruvga dalolatnomani ilova qiladi.
Boʻlinma komandirining moddiy ta'minot boʻyicha yordamchisi lavozim va ishlarini qabul qiluvchi shaxs, ichki tekshiruv komissiyasi ishtirokida quyidagilarga majbur:
xoʻjalik tartibi va holati bilan tanishish;
boʻlinma hisob-kitob ma'lumotlarini ma'lumotlari bilan tekshirish;
qism hisob-kitoblari ma'lumotlariga asosan boʻlinma hisobida boʻlgan qurollar, harbiy texnika, oʻq- dorilar va mulklarni, shuningdek, vaqtincha foydalanishga berilgan mulkni hisobga olish kitobida koʻrsatilgan ashyolarni haqiqiy miqdorini tekshirish.
Boʻlinma komandirining xoʻjalik ishlari boʻyicha yordamchisi lavozimi va ishlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasiga, moddiy vositalar bilan shugʻullanuvchi qism xizmat boshliqlarining imzosi qoʻyilgan, moddiy vositalarning hisobi va sifati roʻyxatining birinchi nusxasi ilova qilinadi. Ro'yxatlarning ikkinchi nusxasi xizmat boshliqlarida, boʻlinma moddiy vositalarini topshirish va qabul qilish natijalari boʻyicha chora koʻrish uchun qoldiriladi.
Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
boʻlinmada kam yoki ortiqcha boʻlgan moddiy vositalar nomi va soni; qaysi qurol, texnika va mulk taʼmir talabligi;
boʻlinmani ashyoviy mulk bilan ta'minoti;
hisob hujjatlarining holati;
boʻlinmaga birikgirilgan yashash xonalarining holati;
boʻlinmada yongʻindan saqlanish choralarining bajari- lishi.
Dalolatnoma lavozim va ishlarni topshiruvchi va qabul qiluvchilar tomonidan imzolanadi va boʻlinma komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Moddiy vositalar kamomadi aniqlanganda va ma'muriy tekshiruv talab qilinsa, boʻlinma komandiri, kamomad sabablarini koʻrsatib, yuqori komandirga bildiruv beradi.
Guruh komandiri lavozimini qabul qilish tartibi
Guruh komandiri, lavozimni, qism komandiri buyrugʻiga asosan, shaxsan amalga oshiradi. Lavozim va ishlarni qabul qilish muddati yuqori boshliq tomonidan belgilanadi.
Guruh komandiri, shaxsiy tarkibga tanishtirilgandan soʻng lavozim va ishlarni qabul qilishga kirishadi. Buning uchun u quyidagilarni qabul qiladi.
Guruh hujjatlarini:
jangovar tayyorgarlikni hisobga olish jurnati;
ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlikni hisobga olish jurnati; mashina formulyarlari;
mashina holatidagi kamchiliklarni hisobga olish varaqalari.
Guruhning shaxsiy tarkibini:
guruh jangovar tayyorgarligini hisobga olish jurnatidagi roʻyxatga
binoan.
Guruh mulkini quyidagi hujjatlarga asosan:
vzvoddagi moddiy vositalar miqdori va harakatini hisobga olish kitobiga (26-shakl);
shaxsiy foydalanish ashyolarini hisobga olish varaqasi (45-shakl); vaqtinchalik foydalanishga berilgan modsiy vositalarni hisobga olish kitobi (37-shakl).
Guruh qurollarini, quyidagi hujjatlar asosida:
qurol biriktirish roʻyxatiga (18 - ilova, vzvod komandirida saqlanadi); vzvoddagi moddiy vositalarni mikdori va harakatini hisobga olish kitobiga (26-shakl);
shaxsiy foydalanish ashyolarini hisobga olish varaqasiga (45-shakl); harbiy xizmatchilar harbiy guvohnomasidagi yozuvga;
Guruhning zirhli texnikasini aniqlash uchun vzvod komandiri bilan boʻlgan suhbatda quyidagilarni bilish lozim:
qancha jangovar mashinalar borligini;
jangovar mashinalar, oxirgi marta kim tomonidan tekshirilgan va texnik holati qanday baholanganligini;
jangovar mashinalar qaerda saklanishini.
Ekipajlar bilan boʻlgan suhbatda quyidagilarni aniqlash lozim:
mashinalarning texnik holatini;
mashinalarning butlanganligini.
Bundan soʻng mashina formulyarlari va butlash roʻyxatlariga binoan jangovar mashinalar qabul qilinadi. Tekshiruv paytida aniqlangan, mashinaning jangovar shayligiga ta'sir qiluvchi kamchiliklar, darhol bartaraf etiladi. Hamma kamchiliklar, mashinalar holatidagi kamchi- liklarni hisobga olish varaqasiga kiritiladi.
Shundan so'ng guruh komandiri, yuqori boshliqqa bildiruv beradi. Bu bildiruvga boʻlinmani qabul qilish dalolatnomasini ilova qiladi.
Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
guruh shaxsiy tarkibining roʻyxatdagi va safdagi miqdori;
shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holati;
guruhdagi harbiy intizom, jangovar va maʼnaviy-ma'rifiy tayyorgarlik va jangovar shaylik holati;
guruh hisobidagi qurol, jangovar va boshqa texnikaning, oʻq - dorilar, yoqilg'i va moddiy vositalarning holati va miqdori.
Dalolatnoma lavozim qabul qiluvchi va topshiruvchi shaxslar tomonidan
1 nusxada tuziladi va imzolanadi.

Download 42,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 42,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat mavzu: Qo‘shinlarda lavozimni qabul qilish va topshirish

Download 42,73 Kb.