• Tayanch iboralar
  • Tajriba ishini bajarish uchun quyidagi adabiyotlar bilan tanishib chiqish kerak
  • I.Umumiy ma‘lumotlar
  • II. Kompressor CO – 7A tuzilishi va ishlash prinsipi
  • CO – 7A kompressorni sxemasi.
  • Gaz turbinasidagi compressor qurilmasining ishchi holati bilan tanishish




    Download 206.9 Kb.
    bet1/2
    Sana15.09.2023
    Hajmi206.9 Kb.
    #81951
      1   2
    Bog'liq
    bug\'-gaz tajriba
    Falsafa 2 joriy[1], 2-ma’ruza. Bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari. Mavzu rejasi

    1-TAJRIBA ISHI
    “Gaz turbinasidagi compressor qurilmasining ishchi holati bilan tanishish”
    Ishdan maqsad: Tajriba ishidan maqsad kompressorning konstruktiv tuzilishini chuqur o’rganib chiqishlari va compressor qurilmasining ishlash prinsipini, hamda eskizini chizishini o’rganish.
    Tayanch iboralar: kompressor, porshen, tsilindr, ishchi bosim, siqilgan havo, bosim ortish darajasi.
    Kerakli jihozlar: kompressorni konstruktiv tuzilishini o’rganish uchun qurilma chizmasi, ish prinsipini o’rganish uchun taqdimot shaklida videoroliklar. Taqdimotning bir necha slaydlari ilovada keltirilgan.
    Tajriba ishini bajarish uchun quyidagi adabiyotlar bilan tanishib chiqish kerak: 1. Мухиддинов Д.Н., Матжанов Э.К. Иссиқлик электр станцияларнинг турбинали қурилмалари. Укув кулланма – Тошкент, Шарқ нашриёти, 2007. 2. Тошбоев Н.Т. «Иссиқлик юритгичлари» фанидан маърузалар туплами. 2000.
    I.Umumiy ma‘lumotlar
    Kompressorlar deb, gazlarning shu jumladan havoni 3 atm dan yuqori bo‘lgan bosim bilan siqish uchun xizmat qiluvchi mashinalarga aytiladi. Kompressorlarda olinadigan siqilgan havo, texnikaning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Masalan, siqilgan havoda ishlovchi bolg‘alarda; metallurgiya sanoatida; o‘choqlarga havo purkashda, metallarga katta bosim ostida qurilishda; pardozlash ishlarini bajarishda; metall quymalarning sirtini qumli oqim bilan tozalashda va h.k.
    Kompressorlar ikki turga bo’linadi:
    1) porshenli kompressorlar;
    2)markazdan qochma kuchga ega bo‘lgan kompressorlar.
    Kompressor mashinalarining ishi termodinamik nuqtai nazardan tahlil qilinganda, gazning sikilishidagi haqiqiy jarayon bilan ideal jarayonlarning farqi shundaki, haqiqiy jarayonda zararli hajm va boshqa yo‘qotishlar hisobga olinadi, ideal jarayonda esa hisobga olinmaydi.
    II. Kompressor CO – 7A tuzilishi va ishlash prinsipi
    Kompressor CO – 7A qurilmasining texnik tavsifi
    Ishlab chikarish quvvati 30 m3/soat;
    Ishchi bosimi 6 kgs/sm2 (6* 105 Pa);
    Silindr diametri 78 mm;
    Porshen diametri 75 mm;
    Silindrlar soni 2 ;
    Porshenning harakat masofasi 85 mm;
    Tirsakli valning aylanish tezligi 1000 marta/min;
    Tirsakli valning aylanish yunalishi soat strelkasi yunalishiga qarshi;
    Yog‘ sarfi 40 g/soat dan ko‘p emas;
    Bosimni sozlash chegarasi 2+6 kgs/sm2 ;
    Elektr dvigatelining turi AOL2-32-2;
    Quvvati 4 kVt ;
    Valning aylanish soni 2880 ayl/min;
    Resiverning hajmi 22 litr.


    1 – rasm. CO – 7A kompressorni sxemasi.
    1 - havo filtri; 2 - bosim sozlagich; 3- yoq’ - namlik tozalagich; 4 - resiver; 5 - ehtiyot klapani; 6 - haydash quvuri.
    Porshen pastga harakatlanganda, tsilindrdagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan kamayib ketadi, natijada atmosfera bosimining kuchi tufayli so’rish klapini ochilib, tsilindr havo filtridan (1) o‘tgan havo bilan to‘ladi. Porshen qayta yuqoriga qarab harakatlanganda, tsilindrdagi havo atmosfera bosimiga nisbatan katta bosim bilan siqiladi, natijada so’rish klapani yopilib, tashqi havoning tsilindr bilan aloqasi uziladi (1-rasm). Porshenning yuqoriga qarab xarakatlanishi davom etadi va tsilindrda havo haydash klapanini va haydash quvuridagi siqilgan havo qarshiligini yenguniga qadar siqiladi. Shu daqiqada haydash klapani ochilib, siqilgan havo porshen yordamida tsilindrdan tsilindr qopqog’idagi haydash kamerasiga haydab chiqariladi, va haydash quvuri (6) orqali resiver (4) ga, so‘ngra undan yog‘-namlik tozalagichga (3) kelib tushadi. Havo yog‘-namlik tozalagichdan ikkita taqsimlanuvchi kran orqali iste’molchiga yuboriladi. Yog‘- namlik tozalagichda bosimni ko’zatish uchun manometr va siqilgan bosimni sozlash uchun bosim sozlagich (2) o‘rnatilgan. Kompressordagi bosim me’yordan oshib ketmasligi uchun resiverga ehtiyot klapani (5) o‘rnatilgan.
    CO-7A - oddiy harakatlanuvchi, havo bilan sovutiladigan, ikki tsilindrli, bir pog‘onali porshenli kompressor hisoblanadi. Kompressor karteri va tsilindrlar bloki cho‘yandan quyilgan. Tsilindrlarni sovutish uchun tsilindrlar blokiga halqali qirralar o‘rnatilgan. Kompressor tsilindrlarning qopqog’i allyuminiydan qo’yilgan bo‘lib, sovutish uchun uning tashqi tomoni qirralar bilan jihozlangan. Qopqoqning ichki tomonidagi bo‘shliq to‘siq bilan ikki qismga, ya’ni so’rish va haydash bo‘shliqlariga ajratilgan. Har bir tsilindr prujina lentasidan tayorlangan so’rish va haydash klapanlari bilan ta’minlangan.
    Shatunlar - shtamplash usuli bilan po‘latdan tayyorlangan. Quyi kallachasiga babitli qo’yma o‘rnatilgan bo‘lib, yuqori kallachasiga esa, bronza lentasidan tayorlangan vtulka siqib qo‘yilgan. Porshenlar allyuminiy qotishmasidan qo’yilgan bo‘lib, ularning har birida ikkita zichlash va ikkita yog‘ sidirish porshen halqalari bor. Tirsakli val po‘latdan qolipda tayorlangan bo‘lib, ikkita radial zoldirli podshipniklarga tayanadi.
    Havo filtri - tsilindr shaklida bo‘lib, tsilindr kallachasi tagidagi so’rish bo‘shlig‘iga kirayotgan havoni tozalash uchun, xizmat qiladi.
    Yog‘-namlik tozalagich - payvandlangan balon shaklida bo‘lib, ichida Rashig xalqalari bilan to‘ldirilgan stakan bor. Yog‘-namlik tozalagichning vazifasi istemolchiga yuboriladigan siqilgan havoni yog‘ va suv zarrachalaridan tozalashdir. Ajratib olingan yog‘ va suv balon tubiga oqib tushadi va tukish teshigidan vaqti-vaqtida tukib tashlanadi.
    Bosim sozlagich - yordamida bosimni 2 dan 6 kg/sm2 gacha sozlash mumkin. Ortiqcha siqilgan havoni chiqarib yuborish yo‘li bilan kerakli bosim saqlanadi.
    Vint (6) bilan kerakli bosim sozlanayotganda, prujina (4) ga kerakli bosimga mos keluvchi zo‘riqish beriladi va undan so‘ng sozlash vinti kontrgayka bilan (5) yopib qo‘yiladi.
    Extiyot klapani - 7 kgs/sm2 ga moslab sozlangan bo‘lib, bosimni me’yordan oshib ketmasligi uchun xizmat qiladi.
    Resiver – tuzilishi jihatidan bir-biriga tutashtirilgan ikkita po‘lat quvuridan iborat bo‘lib, quyidagilarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi: a) kompressor porshenining ilgarilama qaytar harakati tufayli paydo bo‘ladigan havo tebranishini bir maromga keltirish uchun; b) siqilgan havoni tekis iste’mol qilinganda havo bosimi tebranishini yo‘qotish uchun; v) havo bilan birga resiverga kirib qolgan suv va yog‘ zarrachalaridan tozalash uchun.
    Moy karterga moy ulagich yopadigan teshik orqali quyiladi. Moy sathi moy o’lchagich yordamida aniqlanadi. Moy sathi moy o‘lchagichdagi yuqori va pastki belgilar oralig‘ida bo‘lishi kerak. Moylash uchun kompressor moyi ishlatiladi. Elektr dvigatel podshipniklariga vaqti-vaqti bilan tavot va shunga o‘xshash quyuq moy ishlatiladi. Kompressor to‘siq bilan o‘ralgan dvigatel yordamida ishga tushiriladi.

    Download 206.9 Kb.
      1   2




    Download 206.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gaz turbinasidagi compressor qurilmasining ishchi holati bilan tanishish

    Download 206.9 Kb.