1-laboratoriya mashg’uloti




Download 116.58 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2024
Hajmi116.58 Kb.
#197379
  1   2
Bog'liq
1-laboratoriya-PJM
Maruza 7, 12 ttdit, Maruza 6, 149 talik, amaliy1, Konferensiya ru, testlar infor, FDD0444, img389, ISO 9000 1, Biq Оралик, Maruza 12(2), RU2624669C2, Lesson 5, b1192(Autosaved)

1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI


Andozalar yuzasini o’lchash mashinalarining ishlash prinsipini o’rganish.
IL fotoelektron mashinasi kinematik sxemasini o’rganish (4-soat).


Ishdan maqsad: poyabzal andazalar yuzasini o’lchash mashinasini asosiy ishchi organlari va ishlash prinsipini o’rganish. Il Fotoelektron mashinasi asosiy ishchi organlari va ishlash prinsipini o’rganish.

Andazalar qalinligi 0,9–1,2 mm. qattiq pressshpat kartondan tayyorlanadi. Qo’shimcha andazalar kartondan tayyorlangan bo’lsa, atro­figa tunuka qoplanadi. Uzoq vaqtgacha o’zgarmaydigan kiyim detal­larini bichishga mo’ljallangan qo’shimcha andazalar esa dyuralyuminiy yoki boshqa metall tunukalardan tayyorlanadi.


Tayyorlov va bichish ishlarini avtomatlashtirish muammosi eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Bu ishlarni kompleks avtomat­lashtirish ustida ko’pgina oliy o’quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlari tadqiqotlar o’tkazib, texnologik kompleks vositasi­ni ishlab chiqdilar. Texnologik kompleks vositasi "Siluet" deb ataladi.
"Siluet" kompleksi uch mashinadan iborat bo’lib, "Siluet-S" "Siluet-K", "Siluet-R" deb yuritiladi. '
"Siluet-S" mashinasi EHM bilan birga quyidagi ishlarni baja­radi:
a) andaza konturlarini hisoblab ma’lumotini avtomatik yoki yarim avtomatik ravishda bosib chiqaradi;
b) andazalarni kerakli o’lcham va rostga ko’paytirib, andaza yuzasini hamda andaza perimetrlarini hisoblab, ma’lumotini bosib chiqaradi;
v) andazalarni tabiiy kattalikda yoki kerakli masshtabda chi­zib chiqaradi;
g) kichiklashtirilgan andazalarni qo’llab, bichishga mo’ljallab mexanikaviy ravishda dastur tuzadi;
d) tanlangan masshtabda andaza konturini yoki andazalar joy­lashmasini ko’rib nazorat qilish uchun uni grafik tarzida chizib be­radi. "Siluet-K" mashinasi EHMda yoki boshqa qurilmada hisoblab olingan andazalarni yoki andazalar joylashmasining istalgan massh­tabda chizib beradi. Bundan tashqari, "Siluet-K" mashinasi dasturlashtirilgan bichish mashinasi "Luch"ga bog’liq bo’lgan jarayonlarni bajaradi va qo’lda bichish ishlariga mo’ljallab andazalar joylashma­sini chizib tayyorlab beradi.
"Siluet-K" mashinasi ham "Siluet-S" mashinasidek ikkita koor­dinata (x va u o’qi) sistemasida ishlaydi. Mashina ikkita g’alta­gi: uzatuvchi-passiv 11 (1-rasm) va qabul qiluvchi – yuritadigan g’altaklari bor qo’zg’almas stoldan iborat. Stol ustida ish asbobi 1 ni tashuvchi ijrochi mexanizm (portal) 2 harakatlanib turadi. Ish asbobi 1 stol 13 ustidagi material (qog’oz) 12 ga tegadigan bo’ladi.
Stol chetiga qo’zg’almas qilib mahkamlangan ikkita tik yo’naltirgich 4 va 8 shtanga 6 ning ikki uchiga mahkamlangan ikkita burilma yarim o’q 5 va 7 ichidan bemalol o’tadi.


Download 116.58 Kb.
  1   2




Download 116.58 Kb.