• Birikmalarni bevosita yig’ish
  • 1. Yig’ish moslamalari turlari. Yig’ish moslamalari elementlari. Yig’ish moslamalarni loyixalash




    Download 6.29 Mb.
    bet1/3
    Sana05.04.2024
    Hajmi6.29 Mb.
    #188662
      1   2   3
    Bog'liq
    Maruza 12(2)
    Maruza 7, 12 ttdit, Maruza 6, 149 talik, amaliy1, Konferensiya ru, testlar infor, FDD0444, img389, ISO 9000 1, Biq Оралик, RU2624669C2, Lesson 5, b1192(Autosaved)

    Yig’ish moslamalari
    Reja:


    1. Yig’ish moslamalari turlari.
    2. Yig’ish moslamalari elementlari.
    3. Yig’ish moslamalarni loyixalash.


    Tayanch iboralar: nazorat moslamalari; statsionar nazorat moslamalari; ko’chma nazorat moslamalari; nazorat saralovchi avtomatlar; elektrokontaktli datchiklar; normal kalibrlar printsipi; birikmalarni bevosita yig’ish; maxsus yig’ish moslamalari; yig’ish moslamalarni loyxalash.

    1. Yig’ish moslamalari turlari




    Birikmalarni bevosita yig’ish uchun mo’ljallangan yig’ish asboblari yig’ish dastgohlarida birikayotgan detallarni to’g’ri o’rnatish va mahkamlash jarayonini bajarishiga ko’ra yig’ish moslamalari bir–biridan farq qiladi.
    Bu moslamalar universal va maxsus bo’lishi mumkin.
    Universal moslamalar donalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda ishlatilib ular qatoriga plitalar, yig’ish balkalari, prizmalar, ugolniklar, strubtsinalar, domkratlar va turli yordamchi detallar va qurilmalar kiradi. Plitalar va balkalar o’rnatish sirtlarida yig’iladigan maxsulotni mahkamlash uchun T-simon arikchalar qilinadi.
    Ko’p seriyalab va ko’plab ishlab chiqarishlarda ishlatiladigan maxsus moslamalar ikki asosiy turga bo’linadi. Birinchi turga maxsulotni bazaviy detali yoki birikmaini mahkamlash uchun mo’ljallangan moslamalar kiradi. Bu moslamalar yordamida yig’ish jarayonida paydo bo’ladigan biriktirish kuchlari, presslash va og’dirish kuchlariga nisbatan detalni turg’unligi ta’minlanadi. Bu gurux moslamalarga mahkamlanayotgan detallarni aniq o’rnatish talabi bu moslamalarga yig’ish jarayoni avtomatik ravishda o’tkazilsagina kuyiladi. Bular bir o’rinli, ko’p o’rinli va buriluvchi qilib tayyorlanishi mumkin.
    Yig’ish moslamalarining ikkinchi turiga yig’iladigan detallarni tez va aniq o’rnatish uchun mo’ljallangan moslamalar kiradi. Bularda birikuvchi elementlarning baza sirtlarini moslama tayanchlari va yo’naltiruvchi elementlari bilan kontaktda bo’lishi hisobiga uni nisbiy xolatini tekshirish zarur bulmaydi. Bu moslamalar payvandlash, kavsharlash, parchinlash, yelimlash, tarang o’tqazish, vintli va boshqa birikmalar uchun ishlatiladi. Masalan 9.5-rasmdagi moslama shatun buynini bir –biri bilan biriktirib mahkamlashdan oldin o’zak bo’yinlarini o’qdoshligini ta’minlaydi. 9.6-rasmda ko’rsatilgan moslama tishli uzatmani yig’ish jarayonida vallarni talab qilingan xolatga tez va aniq keltirish uchun ishlatiladi.



    rasm. Yig’iladigan tirsakli valni yig’ish


    uchun moslama.

    Bu turdagi moslamalar bir va ko’p o’rinli, statsionar va ko’chma bo’lishi mumkin. Ko’chma moslamalar mayda va o’rtacha birikmalarni yig’ish uchun, ko’pincha kavsharlash va yelimlash uchun ishlatiladi.





    rasm. Tishli mexanizmlarni yig’ish moslamasi.

    rasm. Porshenga xalqalarni kiydirish uchun moslama.

    Ko’rib chiqilganlardan tashqari mashinasozlikda kayishkok elementlarni (prujina, kesik xalqalar va x.k.) biriktirishdan oldin ularni deformatsiyalab turish uchun mo’ljallangan moslamalar va yig’ishda katta kuchlar talab qiluvchi tarang birikmalar yig’ish moslamalari ishlatiladi.


    13.3-rasmdagi moslamada porshen arikchalariga porshen xalqalarini o’rnatish uchun xalqalar yig’ishdan oldin konus bilan kengaytirilib pnevmatik porshen yordamida qisib turiladi.

    Download 6.29 Mb.
      1   2   3




    Download 6.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Yig’ish moslamalari turlari. Yig’ish moslamalari elementlari. Yig’ish moslamalarni loyixalash

    Download 6.29 Mb.