• Python dasturlash tilining IDLE rejimida interaktiv dastur yaratish va o‘zgaruvchi turlaridan foydalanish
  • Python dasturlash tilida ineraktiv rejim, birinchi dastur, kiritish va chiqarish




    Download 70.18 Kb.
    bet1/3
    Sana02.04.2024
    Hajmi70.18 Kb.
    #185530
      1   2   3
    Bog'liq
    amaliy1
    Maruza 7, 12 ttdit, Maruza 6, 149 talik, Konferensiya ru, testlar infor, FDD0444, img389, ISO 9000 1, Biq Оралик, Maruza 12(2), RU2624669C2, Lesson 5, b1192(Autosaved)
      1. PYTHON DASTURLASH TILIDA INERAKTIV REJIM, BIRINCHI DASTUR, KIRITISH VA CHIQARISH


    OPERATORLARI
    Reja:

        1. Python dasturlash tilining IDLE rejimida interaktiv dastur yaratish;

        2. Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish;

    Tayanch so‘zlar. IDLE rejimi, interaktiv, faylli dastur, ENTER, restart, int, float, str.

    Python dasturlash tilining IDLE rejimida interaktiv dastur yaratish va o‘zgaruvchi turlaridan foydalanish


    Python dasturlash tili shaxsiy kompyuterga o‘rnatilgandan so‘ng IDLE rejimi yuklanadi. IDLE rejimi bu interaktiv rejim hisoblanadi, interaktiv rejimning qulayligi qisqa jarayonlarni dasturlashga juda qo‘l keladi. Bunda boshqa dasturlash tillari kabi dasturning umumiy tuzilishini to‘liq keltirish shart emas. O‘zgaruvchilar tabaqalashtirilgan holda e’lon qilish shartlari keltirilmaydi, xotira bo‘yicha muammolar e’tiborga olinmaydi.
    Python dasturlash tili IDLE rejimi yuklangandan so‘ng quyidagi oyna hosil bo‘ladi.

    1.2.1-rasm. Python dasturlash tili IDLE rejimining asosiy oynasi.
    Python dasturlash tili IDLE rejimida birinchi dastur doimiy an’anaga muvofiq HELLO WORLD so‘zini ekranga chiqarishni qarab o‘tamiz. Satrli ma’lumotlar bittalik qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi.


    Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
    >>> print('Hello, World');
    Hello, World
    >>>

    Bunda >>> belgidan so‘ng sonlarni kiritish va hisoblash jarayonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirish mumkin. Har bir son yoki amal kiritilgandan so‘ng ENTER tugmasi bosiladi va natijaga ega bo‘linadi.


    Python tilida interaktiv rejim quyidagicha ishlatiladi.




    Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
    >>> 2.5
    2.5
    >>> 3.2+25
    28.2
    >>> 255656565956565+595659555656565
    851316121613130
    >>>

    Bu jarayon bizga kalkulyator vazifasini ham bajaradi, kalkulyatordagi xotira muammosi bu yerda mavjud emas. Python dasturlash tili IDLE rejimida o‘zgaruvchilar bilan ishlash quyidagicha amalga oshiriladi:




    Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
    >>> a=52
    >>> b=2.5
    >>> a+b 54.5
    >>> a*b+a/b 150.8
    >>> a='maktab'
    >>> a
    'maktab'
    >>> 2*a 'maktabmaktab'
    >>> 3*a 'maktabmaktabmaktab'
    >>>

    Yuqoridagi dasturga e’tibor bersak, bunda o‘zgaruvchilar e’lon qilinmaydi interpretator qiymatga qarab turlarni aniqlaydi. Python dasturlash tilida buyruqlar boshqa dasturlash tillari kabi ; bilan tugatilish shart emas. Satrli ma’lumotlarga ko‘paytirish amali juda keng imkoniyatda ishlatilishi mumkin. Ixtiyoriy sonni satr ko‘rinishga satrni esa son ko‘rinishida foydalanish mumkin.



    Download 70.18 Kb.
      1   2   3




    Download 70.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Python dasturlash tilida ineraktiv rejim, birinchi dastur, kiritish va chiqarish

    Download 70.18 Kb.