|
Vzvod (batareya) komandirining ish va lavozimini qabul qilish dalolatnomasida quyidagilar aks ettiriladi
|
bet | 6/8 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 42,73 Kb. | | #261956 | Turi | Referat |
Bog'liq Nematullayev AmaliyotVzvod (batareya) komandirining ish va lavozimini qabul qilish dalolatnomasida quyidagilar aks ettiriladi:
vzvod (batareya)ning roʻyxat boʻyicha va safdagi tarkibi; jangovar shayligi holati va jangovar tayyorgarlik darajasi;
shaxsiy tarkibning ma'naviy-ruhiy va harbiy intizomi holati,
qurol-aslaha, harbiy texnikalar va boshqa moddiy vositalarning mavjudligi va texnik holati;
harbiy xizmatchilarning yashash va maishiy sharoitlari.
Dalolatnomaga vzvod (batareya) moddiy vositalarining mavjudligi va sifatini tavsiflovchi jadvalilar ilova qilinadi.
Dalolatnoma ish va lavozimni topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonidan imzolanadi va batalon (divizion) komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma saf boʻlinmasida hisobga olinadi va 3 yil mobaynida saqlanadi.
Guruh komandirining ish va lavozimini qabul qilish dalolatnomasida quyidagilar aks ettiriladi:
guruhning ro'yxat boʻyicha va safdagi tarkibi;
jangovar shayligi holati va jangovar tayyorgarlik darajasi;
shaxsiy tarkibning ma'naviy-ruhiy va harbiy intizomi holati;
qurol-aslaha, harbiy texnikalar texnikalar va boshqa moddiy vositalarning mavjudligi va texnik holati;
harbiy xizmatchilarning yashash va maishiy sharoitlari.
Dalolatnomaga guruh moddiy vositalarining mavjudligi va sifatini tavsiflovchi jadvalilar ilova qilinadi.
Dalolatnoma ish va lavozimni topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonidan imzolanadi va vzvod (batareya) komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma saf boʻlinmasida hisobga olinadi va 3 yil mobaynida saqlanadi.
Boʻlinma komandirining moddiy taʼminot boʻyicha yordamchisining ish va lavozimni qabul qilish dalolatnomasiga mavjud moddiy vositalar va ularni sifat holati jadvalilari (har bir xizmat boʻyicha birinchi nusxalari) ilova qilinadi. Jadvalilarning ikkinchi nusxalari xizmat boshliqlariga boʻlinma mulklarini qabul qilish va topshirish natijalari boʻyicha choralar koʻrish uchun qoʻldiriladi.
Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
boʻlinmada mavjud moddiy vositalar, yetishmovchilik yoki ortiqchalar, ta'mirga muhtoj qurol - aslaha, harbiy texnika va anjomlar;
boʻlinmaning kiyim-kechaklar, shuningdek ishchi kiyim-kechaklar bilan ta'minlanganligi;
hisob hujjatlarining mavjudligi va holati;
boʻlinmadagi yotoqxonalar, maishiy xizmat koʻrsatish, yuvinish xonasi, gʻazna, hojatxona va boshqa xonalarning holati;
boʻlinmada yongʻin xavfsizligi talablarini bajarilishi.
Dalolatnomani ish va lavozimni qabul qiluvchi va topshiruvchi imzolaydi va u boʻlinma komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Moddiy vositalarni kamomadi aniqlanganda va ma'muriy surishtiruv ishlarini oʻtkazish zarurati tugʻilsa, boʻlinma komandiri komanda boʻyicha bildirgi beradi va unga dalolatnomani va kamomadni kelib chiqish sabablari boʻyicha tushuntirish xatlarini ilova qiladi.
|
| |