Qoʻshilma (harbiy qism) xizmat boshligʻi ish va lavozimini qabul qilish dalolatnomasida quyidagilar aks ettiriladi




Download 42,73 Kb.
bet5/8
Sana09.06.2024
Hajmi42,73 Kb.
#261956
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nematullayev Amaliyot

Qoʻshilma (harbiy qism) xizmat boshligʻi ish va lavozimini qabul qilish dalolatnomasida quyidagilar aks ettiriladi:
bo'ysunuvchi xizmat va boʻlinmalarning shaxsiy tarkib, qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan butlanganligi, harbiy intizomi va jangovar tayyorgarligi holati, shuningdek ularning jangovar va safarbarlik shayligi darajasi,
xoʻjalik faoliyatini rejalashtirish va rejalashtirilgan tadbirlarni bajarilishi; boʻysunuvchi xizmatga tegishli moddiy vositalar bilan taʼminlanganligi, ularni saqlash, yangilash va butligi holati;
shaxsiy tarkibning kundalik maishiy sharoitlari, ovqatlanishini va hammom-kirxona taʼminolini tashkillashtirish, imoratlar, binolar, inshootlar va jihozlarning mavjudligi va holati, moddiy vositalarni tashib kelish savollari;
xizmatga tegishli joriy taʼminotdagi, shuningdek tegilmaydigan zaxirada saqlanadigan moddiy vositalar hisobining yuritilishi;
texnikalardan foydalanish, ularni saqlash, taʼmirlash va hisobini yuritish; nazorat-taftish ishlarining holati, moddiy vositalar va pul mablagʻlarining mavjudligi va sarflanishining qonuniyligi;
xizmatni tekshirish natijalari: hisobning yuritilishi va hisobotlar, texnikalar va moddiy vositalarning mavjudligi, sifat holati va saqlash sharoitlari, ulardan foydalanish va ta'mirlash savollari;
aniqlangan kamchiliklar va ortiqchalar;
yong'inga qarshi tadbirlar va boshqa savollar;
xulosalar va takliflar.
Yuqori turgan komandir ish va lavozimni qabul qilish va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash vaqtida e'tirozlarni koʻrib chiqishi lozim. Zarurat tug'ilganda haqiqiy holatni aniqlash va bildirilgan e'tirozlarga barham berish maqsadida qoʻshilma (harbiy qism) komandirining farmoyishiga binoan ma'muriy surishtiruv tayinlanishi mumkin va bu surishtiruv oʻn kunlik muddatda yakunlanishi lozim.
Dalolatnoma va moddiy vositalarning mavjudligi va sifatini tavsiflovchi jadvalilar ish va lavozimni topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonidan hamda xizmat moddiy vositalarini va xoʻjalik faoliyatini tekshirgan komissiya tarkibi tomonidan imzolanadi. Jadvalilar bundan tashqari moddiy vositalarni saqlanishini ta'minlovchi mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma bir nusxada ishlab chiqiladi va qoʻshilma (harbiy qism) komandiriga tasdiqlash uchun ish va lavozimni qabul qilganligi toʻgʻrisidagi bildirgi bilan taqdim etiladi.
Dalolatnoma saf boʻlinmasida hisobga olinadi va 3 yil mobaynida
saqlanadi.
Batalon (divizion) komandirining ish va lavozimini qabul qilish dalolatnomasida quyidagilar aks ettiriladi:
batalon (divizion)ning ro`yxat boʻyicha va safdagi tarkibi;
jangovar shayligi holati va jangovar tayyorgarlik darajasi;
batalon (divizion) shaxsiy tarkibining ma'naviy-ruhiy va harbiy intizomi
holati;
qurol-aslaha, harbiy texnikalar texnikalar va boshqa moddiy vositalarning mavjudligi va texnik holati;
harbiy xizmatchilarning yashash va maishiy sharoitlari;
batalon (divizion)ning oʻquv-moddiy bazasi holati.
Dalolatnomaga batalon (divizion) moddiy vositalarining mavjudligi va sifatini tavsiflovchi jadvalilar ilova qilinadi.
Dalolatnoma ish va lavozimni topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonidan imzolanadi va qoʻshilma komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma saf boʻlinmasida hisobga olinadi va 3 yil mobaynida saqlanadi.

Download 42,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 42,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoʻshilma (harbiy qism) xizmat boshligʻi ish va lavozimini qabul qilish dalolatnomasida quyidagilar aks ettiriladi

Download 42,73 Kb.