|
Fason tanlashBog'liq Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna
Международныйнаучныйжурнал
№5 (100), часть2
«Научный импульс»
Декабрь, 2022
1907
KIYIM HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOT. TIKILADIGAN KIYIM UCHUN GAZLAMA VA
FASON TANLASH
Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna
Xorazm viloyati Gurlan Tumani
29-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Texnologiya fan oʻqtuvchisi
Masharipova Yulduz Rustamovna
Xorazm viloyati Gurlan tumani
31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Texnologiya fan oʻqtuvchisi
Annotatsiya. Kiyim-kechaklar har bir xalq tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, moddiy-
madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy oʻziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan
ajralib turadi. Mazkur maqolada kiyim haqida maʼlumotlar va ularga gazlama yoki fason
tanlash haqida maʼlumot berilgan.
Kalit soʻzlar: Tukli gazlamalar, fason, ijtimoiy munosabatlar, andoza, milliy koʻylak,
kompozitsiya san'ati, bezaklar.
Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy
munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat
turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida boʻlayotgan oʻzgarishlar bilan barobar kiyim shakllari
ham oʻzgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, gozallik toʻgʻrisidagi
ideallari, xoʻjalik yuritishning oziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari
ham koʻzga yaqqol tashlanadi.
Kiyim, kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi.
Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad
avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh nurlari, yogʻin
va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga koʻra ham kiyiladi
Kiyim — inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo oʻzgarishlari, quyosh nuri va b.)
taʼsiri va turli mexaniq taʼsirlardan asraydigan vositalar toʻplami; estetik vazifani bajaradi
hamda jins, yosh, milliylik va b. xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Keng maʼnoda "Kiyim"
tushunchasi bosh K.lar, oyoq K.lar (poyabzal), qoʻlqop va b.ni ham oʻz ichiga oladi.
Kiyim turiga koʻra — ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal);
vazifasiga koʻra— kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va toʻymarosimlarida
kiyiladigan (kishilik) kiyimlar, ish kiyim (jomakor), sport kiyim, rasmiy kiyim (forma)lar,
maxsus kiyimlarga boʻlinadi; ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlariga ajratiladi.
Tukli gazlamalardan kiyim tikishda ham ayrim qonuniyatlarga e’tiborni qaratish
lozim. Tukli matolardan kiyim tikish oddiy matolardan kiyim tikishdan tubdan farq qiladi.
Tukli matolar bilan ishlashda e’tiborliroq boʻlish lozim. Ayrim tukli matolar dazmollash
Международныйнаучныйжурнал
№5 (100), часть2
«Научный импульс»
Декабрь, 2022
1908
jaroyonida tuki bosilib oʻsha joy yaltirab qoladi va kiyim sifati buziladi. Bunday matolardan
kiyim tikishda, ayniqsa, dazmollash jarayonida mayda-mayda temir tishli tasmalardan
foydalanish lozim. Kiyim pastki tomoniga tishli tasma qoʻyiladi va dazmollanadiigan qirqim
ehtiyotlik bilan amalga oshiriladi. Tukli matoni tuklari tishli tasma orasiga kirib,
qayrilmaydi, dazmollash jarayoni tugaganda gazlamani tuklari avvalgi holatini saqlaydi.
Shunday hollarda ham matoni tuki yaltirab qolsa, qirqim choʻzib tikiladi va qattiq qoqib
qirqim dazmollanmasligi kerak boʻladi.
Tukli gazlamalardan kiyim tikishda tikiladigan qirqim chamalab ilgaklar yordamida
har joydan ildirib qoʻyiladi, undan soʻng mashina chok yuritiladi. Tukli gazlamani ilgak
ildirmasdan tikilsa gazlama tuklari surilib qirqim tomonlari uzun-kalta boʻlib qolishi
mumkin. Oldinlari bunday gazlamalarni avval qolda koʻklab keyin tikib chiqilardi. Hozir esa
tayyor bir tomoni tomtoqlangan ilgaklarni bozorlarda koʻplab uchratish mumkin.
Tukli gazlamalar koʻpincha sitiluvchan boʻladi bunday gazlamalardan kiyim tikishda
qirqimlari yormalanishi lozim. Tukli gazlamalarni bichish jarayoni ham ancha murakkab
jarayon hisoblanadi. Tukli gazlamalardan kiyim bichishda, tuksiz gazlamaga nisbatan
ancha koproq gazlama sarflanadi. Chunki andozlar gazlamaga faqat bir tomonlama
joylashtiriladi.
Ayollar milliy koʻylaklari uchun bezak elementlarini tanlash. Bezak elementlari juda
xilma-xil bolib ularni tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
• gazlama xususiyatlariga;
• gazlama rangi va gullariga;
• gazlama narxiga va gazlama bezaklariga;
• kiyim turiga;
• kiyim kiyilish joyi va kiyim egasini yoshi, tashqi korinishiga;
• kiyim fasoniga.
Agar milliy koʻylak kundalik ishlarga moʻljallangan boʻlsa kiyim bezagi unchalik
sezilmaydigan, koʻzga tashlanmaydigan bolishi shart. Masalan, tesmalar, torlar, jiyaklar va
hakozo.
Международныйнаучныйжурнал
№5 (100), часть2
«Научный импульс»
Декабрь, 2022
1909
Agar kiyim kechalik kiyim boʻlsa va gazlama qimmat narxli boʻlsa unda gazlamaga xos
bezaklar tanlanadi. Gazlama rangi, gazlama gullarini rangi va shakli, gazlama bezaklari
(toshlari, koʻzchalari, tesmalari) turiga qarab bezak gazlama tanlash lozim. Ayrim hollarda
gazlamani oʻzi bezaklarga boy boʻlsa gazlama bezaklarini qirqim joylardagi bezaklari
ehtiyotlik bilan soʻkilib uni kerakli joylarga ornatish mumkin. Ayrim boy bezakli gazlamlarga
ortiqcha bezak berilsa kiyim bachkanalashib ketadi. Bunday hollarda bu kiyim kechaklarda
kiyim bezak elementlari qoʻllanilmaydi.
Milliy kiyimlarga toshli bezaklar tanlashda toshni rangi ham gazlama rangi yoki
gazlama gullari koʻp takrorlanadigan rangiga mos ravishda tanlanadi. Aks holda kiyimga
bezak koʻrk berish oʻrniga uni sifatini buzadi.
Demak, kiyimni qanchalik sifatli tikkan bilan uni bezaklarini, kiyim elementlarini toʻg’ri
tanlanmasa, tanlangan elementlardan toʻg’ri foydalanilmasa kiyim sifatli chiqmaydi.
Shuning uchun, biz yuqorida bergan tavsiyalarga amal qilinsa kiyim sifatiga kafolat berish
mumkin bo`ladi.
Muxtasar qilib aytganda, kiyimning obrazli ifodaviyligiga kompozitsiya san'ati
vositasida, ya'ni kiyimni tadshshl etuvchi hajmlar, ranglar, chiziqlar, detallar va bezak
elementlarini yangi va uzviy bir butun qilib birlashtirish vositasida erishiladn.
|
| |