|
Лекция 3 Тема: Механические характеристики асинхронных двигателей
|
bet | 1/3 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #154821 |
Bog'liq Maruza-3 3-MА`RUZА. Аsinхrоm dvigаtеlаrni mехаnik хаrаktiristikаlаri. REJA: - Asinxron elektr yurituvchilarning mexanik-statik xarakteristikalari
- Yurituvchining barqaror rejimi uchun mehanik dinamik xarakteristikasi
- Yurituvchining hamma harakati vaqti uchun mexanik dinamik xarakteristikasi
- O`z-o`zini tekshirish savollari
ADABIYOTLAR: - В.А. Зиновьев, А.П. Бессонов. Основы динамики машинных агрегатов. Машиностроение, Москва, 1964, с. 20-51
- А. Джураев. Моделирование динамики машинных агрегатов хлопкоперерабатывающих машин. Фан, Ташкент, 1984, с. 16-23
- А. Джураев. Динамика рабочих механизмов хлопкоперерабатывающих машин. Фан, Ташкент, 1987, с. 35-87
3.1. Asinxron elektr yurituvchilarning mexanik-statik xarakteristikalari
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy texnologik mashinalar asinxron elektr yurituvchilar bilan ta`minlangan. Asinxron elektr yurituvchilar uch fazali tok bilan ta`minlangan va qo`shimcha zanjirlar va qurilmalarni talab qilmaydi.
Mashinaning ishchi organini mashina agregatlari ko`rinishida taxlil qilish yurituvchi-bajaruvchi mehanizm sistemesida texnologik qarshiliklar tasirida dinamik jarayonlarni aniqroq baholashga imkon beradi. Shuning uchun, tadqiqotlarda asinxron elektr yurituvchining yuritmasini dinamik yoki statik mehanik xarakteristika ko`rinishida nazarga olish muhim masala hisoblanadi. Bundan tashqari, mashina agregatlarini o`rganishda tadqiqotchi masalani yechimini soddalashtirish uchun ayrim xadlarini nazarga olmaslikzarurati oldida turadi, bu esa noto`g`ri yoki buzilgan natijalarni olishga sabab bo`ladi. Shu sababli, xar bir masala uchhun sistema dinamikasini real xisoblashni vaundan foydalanishni soddaligi va qulayligini inobatga olib dastlabki baxolash zarur.
Asinxron elektr yurituvchilarni quydagi mehanik harakteristikalari: - Asinxron yurituvchilarning statik xarakteristikalari
- Asinxron yurituvchilarning K.P. Pinchuk olgan dinamik xarakteristikalari
- Yurituvchini K.P. Kovachev olgan dinamik xarakteristikalarini modellashtirish metodikasini keltiramiz.
Ma`lumki, yuqorida sanab o`tilgan xarakteristikalar asinxron elektr yurituvchini cheklangan quvvatini nazarga oladi. Asinxron elektr yurituvchining mexanik static xarakteristikasi tenglama bilan ifodalanadi:
Бу ерда Md, Mk – yurituvchi validagi yurituvchi moment va uning kritik qiymati;;
S, Sk – yurituvchining sirpanishi va uning kritik qiymati;
r1 – faol qarshilik;
хk – qisqa tutashishda induktiv qarshilik;
Θ – yurituvchining inertsiya momenti;
mexanik static xarakteristikaning (3.1) tenglamasiga mos egri chizig`i 3.1 rasmda keltirilgan.
Yurituvchining elektromagnit momenti uning rotorini aylantirishga bo`ysundiradi. Bunda asinxron elektr yurituvchining rotorining xarakat tenglamasi quydagi differensial tenglama bilan ifodalanadi.
Бу ерда I – elektr yurituvchi rotorini inersiya momenti;
φ – elektr yurituvchi rotorini burchak siljishi;
Mk – yurituvchidagi qarshilik momenti (tashqi kuch)
Yurituvchining mexanik static xarakteristikasini elektron modellashtirish uchun biz konkret N=2,8 kVt, n=1450 оb/min, Mp/Mn=2,0 , Mkr/Mn=2,8 , GD2=3,2 N.m2, I=0,051 N.ms2 berilganlari bilan tanladik.
Asinxron elektr yurituvchining tegishli bu parametrlariga muvofiq modelning masshtab koeffitsientlari tanlanadi: αφ=5 b/rаd, αM=0,1 b/H.m, αt=100.
ωk – ideal yurish tezligi
ωn – nominal burchak tezligi
ωkr – kritik momentga mos tezlik
Mp – yurituvchi moment
Mn – nominal moment
Modellashtirishda mexanik statik xarakteristika egri chizig`I bo`lak chiziqli approksimatsiya metodida bajarildi va chiziqsiz blokda olingan.
|
| |