|
Induktiv datchiklarning statik tavsifini tekshirish va uzatish koeffisientini aniqlash
|
bet | 1/6 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,11 Mb. | | #136018 |
Bog'liq Induktiv datchiklarning statik tavsifini tekshirish va uzatish koeffisientini aniqlash
INDUKTIV DATCHIKLARNING STATIK TAVSIFINI TEKSHIRISH VA UZATISH KOEFFISIENTINI ANIQLASH
REJA:
I. KIRISH.
II. ASOSIY QISM.
O’zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik.
O’zgaruvchan tok zanjirida sig‘im qarshilik.
O’zgaruvchan tok zanjirida induktiv qarshilik.
Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma – ket ulangan zanjir uchun Om qonuni.
III. XULOSA.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Biz jonajon respublikamizning turli shahar va qishloqlarida yashaymiz. Ular poytaxtdan yuzlab va minglab kilometr uzoqlikda joylashgan. Ular bir-biridan shunchalik uzoqda joylashganligiga qaramasdan bir-birimizning yutuqlarimizdan doimo xabardormiz. Shu bilan birga butun dunyoda bo‘layotgan voqealardan ham xabardor bo‘lib turamiz. Bu xabarlarni biz har kuni ko‘radigan televizor, eshitadigan radio, gaplashadigan telefon orqali bilamiz. Xo‘sh, bu xabarlarni dunyoning turli joylaridan televizorimizga, radiopriyomnikka, uyali telefonimizga nima olib keladi?
So‘z, tovush, tasvir yoki boshqa axborotlarni uzoq masofalarga elektromagnit signallari ko‘rinishida uzatishga telekommunikatsiya deyiladi. Axborotlarni elektr signallari ko‘rinishida o‘tkazgichlar vositasida uzatishni 1837-yilda ingliz ixtirochilari U. Kuk va Ch. Uitstonlar kashf qilgan edi. Asli kasbi rassom bo‘lgan amerikalik S. Morze xabarni maxsus nuqta va tirelardan iborat alfavit orqali uzatishni o‘ylab topadi. Bu usul so‘ngra butun dunyo bo‘ylab qo‘llanila boshlandi. 1876-yilda A.G.Bell telefonni ixtiro qiladi. Hozirda uylarimizga va turli muassasalarga ulangan telefonlar stansiya bilan metall o‘tkazgichlar orqali ulangan bo‘lsa, shaharlararo va mamlakatlar aro telefon stansiyalari optik tolali kabellar bilan ulangan. Bunday kabellar orqali xabarlar lazer nuri yordamida uzatiladi. Bir juft kabel orqali bir vaqtning o‘zida 6000 ta telefon abonentlari gaplashishlari mumkin. Bundan tashqari, bizning radiopriyomniklarimiz va televizorlarimiz simsiz holda axborotlarni oladi. Qo‘l telefonlarimiz orqali simsiz axborot almashamiz. Bu axborotlar elektromagnit to‘lqinlar vositasida tashilar ekan.
Xabarlar orqali kelgan tasvir va ovozlar televizor, radiopriyomnik va qo‘l telefonlarimizda qanday hosil bo‘ladi? Bu savollarga mazkur kurs ishida javob topasiz. Jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlanishning asosi yaratiladi.
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir.
Shularda kelib chiqqan holda, kurs ishining maqsadi - O’zgaruvchan tok zanjiriga ketma - ket ulangan aktiv, induktiv va sig’im qarshilik haqida tushunchaga ega bo’lish. Kurs ishiga kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
|
| |