O’zgaruvchan tok zanjirida sig‘im qarshilik




Download 3,11 Mb.
bet3/6
Sana12.01.2024
Hajmi3,11 Mb.
#136018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Induktiv datchiklarning statik tavsifini tekshirish va uzatish koeffisientini aniqlash

2.O’zgaruvchan tok zanjirida sig‘im qarshilik.
Tajribalar, o‘zgarmas tok zanjiriga kondensator ulansa, undan tok o‘tmasligini ko‘rsatadi. Chunki, kondensator qoplamalarining orasi dielektrik bilan ajratilgan. Lekin kondensatorni o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulansa, undan tok o‘tar ekan. Kondensator orqali o‘tuvchi tok kuchi qanday fizik parametrlarga bog‘liqligini o‘rganish uchun o‘zgaruvchan tok zanjiriga faqat kondensator 
ulangan holni qaraylik (2.1-rasm).

(2.1-rasm).
Kondensator sig‘imi C ga teng va unga qo‘yilgan kuchlanish
(1.7)
qonuniyat bo‘yicha o‘zgarsin. Ulanish simlarining qarshiligi R = 0 bo‘lsin. U holda kondensatordagi kuchlanish  bo‘ladi. Bunda q –kondensator qoplamalaridagi zaryad bo‘lib, ga teng.
Zanjirdagi tok kuchini topish uchun zaryad formulasidan birinchi tartibli hosila olamiz:

Uni tok kuchining oniy qiymati bilan solishtirilsa,
ekanligi kelib chiqadi.
Bunda Im – tok kuchi ning maksimal qiymati. 
U holda kondensatordan o‘tuvchi tok kuchining tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:

(1.8)
Bu tenglamani kondensatorga berilgan kuchlanish ifodasi (1.7) bilan solishtirilsa, zanjirdagi tok kuchi tebranishlari, kuchlanish tebranishlaridan faza bo‘yicha ga oldinga borishini ko‘ramiz (2.2-rasm).
2.3-rasmda o‘zgaruvchan tok zanjiriga faqat kondensator ulangan hol uchun o‘zgaruvchan tok kuchi va kuchlanishning vektor diagrammasi keltirilgan. Zanjirdagi kondensatorning sig‘im qarshiligi:
(1.9)
U holda tok kuchining amplituda qiymati quyidagicha bo‘ladi:
(1.20)
Bu ifoda zanjirning bir qismi uchun Om qonuni bo‘lib, aktiv qarshilik o‘rnida kattalik turibdi. Shuning uchun uni sig‘im qarshilik (reaktiv qarshilik) deyiladSig‘im qarshilik ham Ω (Om) larda o‘lchanadi.
Bundan kondensatordan o‘tuvchi tok kuchi kondensator sig‘imi va o‘zgaruvchan tok chastotasiga bog‘liq bo‘lishi kelib chiqadi. Sig‘im va chastota qancha katta bo‘lsa, zanjir qarshiligi shuncha kichik bo‘ladi va mos ravishda tok kuchi katta bo‘ladi.

(2.2-rasm) (2.3-rasm).

E
lektr zanjiriga sig‘im qarshiligi ulanganda kondensator vaqti vaqtida elektr energiyasi bilan zaryadlanib, keyin so‘nib boradi. Bu jarayon g‘altakdan o‘zgaruvchan elektr toki o‘tganda, vaqti- vaqti bilan magnit energiyasi (magnit maydonining energiyasi) bilan zaryadlanib, keyin so‘nib borishiga o‘xshaydi. Sig‘im ulangan zanjirda o‘zgaruvchan tok quvvati xuddi zanjirdagi induktiv qarshilik bilan manba orasida aylanib yurganidek, kondensator bilan manba orasida aylanib yuradi, shuning uchun uni reaktiv (sig‘imli) quvvat deyiladi. Bu 1.30-rasmda ko‘rsatilgan.


E
lektr zanjiriga ulangan sig‘imli tok kuchlanishning fazasi bilan to‘g‘ri kelmaydi va undan 90° oldinga surilgan. Sig‘imli tokni induktiv tokka o‘xshatib, odatda, reaktiv tok deb aytiladi. Sig‘imli zanjirga ulangan kuchlanishning va undan o‘tayotgan sig‘im tokning miqdorini bilgan holda Om qonuniga asosan uning zanjirdagi qarshiligini quyidagicha aniqlash mumkin:
b
u yerda: U – zanjir uchlaridagi kuchlanish, V; Ic – sig‘imli tok, A; xc – zanjirning qarshiligi, Om. Bu qarshilikni sig‘imli yoki reaktiv qarshilik deb ataladi. U quyidagicha ifodalanadi:
bu yerda: ω – o‘zgaruvchan tokning burchak tezligi; ω = 6,28 f; f – o‘zgaruvchan tokning tebranishi, Hz; C – kondensatorning sig‘imi, F.


Download 3,11 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 3,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zgaruvchan tok zanjirida sig‘im qarshilik

Download 3,11 Mb.