|
Induktiv datchiklarning statik tavsifini tekshirish va uzatish koeffisientini aniqlash
|
bet | 5/6 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,11 Mb. | | #136018 |
Bog'liq Induktiv datchiklarning statik tavsifini tekshirish va uzatish koeffisientini aniqlash1 MW = 1000 kW = 1000000 W.
Gidrogeneratorlar suv kuchi bilan aylantiriladi. Ularning bir minutda aylanish chastotasi 50–500 ayl/min bo‘ladi. Bu generatorning qutblarini ko‘p qutbli qilib ishlab chiqariladi va quvvatlari 500 MW gacha, rotorning diametri 15 metr, uzunligi esa 2 metr bo‘ladi. Kuchli gidrogeneratorlarning o‘qlari vertical holatda ishlab chiqariladi.
4.Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma – ket ulangan zanjir uchun Om qonuni.
Qarshiligi R bo‘lgan rezistor, induktivligi L bo‘lgan induktiv g‘altak va sig‘imi C b o‘lgan kodensatorni ketma-ket ulab, zanjir tuzaylik (4.1-rasm) va uning uchlariga o‘zgaruvchan kuchlanish beraylik. Iste’molchilar ketma - ket ulanganligi sababli ulardan o‘tuvchi tok kuchlari bir xil bo‘ladi. Bu tok kuchi
(1.27)
qonuniyat bo‘yicha o‘zgarsin. Umumiy kuchlanish esa iste’molchilardagi
kuchlanishlar tushuvlari vektorlari yig‘indisiga teng:
(1.28)
4.1-rasm.
Bunda:
- zanjirdagi umumiy kuchlanish;
- rezistordagi kuchlanish;
- g‘altakdagi kuchlanish;
- kondensatordagi kuchlanish;
Ularning amplitudaviy qiymatlarini kabi belgilab vektor diagramma tuzamiz.
Tok kuchi amplitudasini gorizontal o‘q bo‘ylab yo‘nalgan vektor ko‘rinishida olaylik (4.1-rasm).
4.2 – rasm.
Aktiv qarshilikdagi kuchlanish tebranishlari fazasi tok kuchi tebranishlari fazasi bilan mos keladi. Kondensatordagi kuchlanish tebranishlari tok kuchi tebranishlaridan faza jihatidan p/2 ga orqada bo‘ladi.
G‘altakda esa kuchlanish tebranishi tok kuchi tebranishidan p/2 ga oldinda bo‘ladi. Vektor diagrammada kondensatordagi kuchlanish
Umumiy kuchlanishning maksimal qiymati ifodasi quydagicha bo’ladi:
(1.29)
Om qonuniga ko‘ra
Bundan
(1.30)
Bu ifoda o‘zgaruvchan tokning to‘liq zanjiri uchun Om qonuni hisoblanadi.
Bu ifoda o‘zgaruvchan tok zanjirining to‘la qarshiligi deyiladi.
Zanjirdagi tok tebranishlari va kuchlanish tebranishlari orasidagi faza farqini vektor diagrammadan foydalanib aniqlash mumkin:
Yoki
O‘zgaruvchan tok zanjirining xarakterli xususiyati shundaki, generatordan olinadigan energiya faqat aktiv qarshilikdagina issiqlik energiyasi sifatida ajralib chiqadi. Reaktiv qarshilikda energiya ajralmaydi. Reaktiv qarshilikda davriy ravishda elektr maydon energiyasi magnit maydon energiyasiga, va aksincha, aylanib turadi. Davrning birinchi choragida, kondensator zaryadlanayotganida, energiya zanjirga beriladi va elektr maydon enegiyasi tarzida to‘planadi. Davrning keyingi choragida bu energiya magnit maydon energiyasi ko‘rinishida qaytadan manbaga beriladi.
O‘zgaruvchan tok zanjirida qarshiligi Rbo‘lgan qarshilik, induktivligi L
bo‘lgan g‘altak va sig‘imi Cbo‘lgan kondensator ketma-ket ulangan holda tok zanjirining to‘la qarshiligi
ifoda bilan aniqlanishi bizlarga ma’lum.
Bunda sig’im qarshilik bilan induktiv qarshilik bir - biriga teng bo’lib qolsa
ayrima no’lga ten bo’lib bo’lib qolishi kelib chiqadi. Bunda zanjir qarshiligi o‘zining minimal qiymatiga erishadi.
Zanjirdagi tok kuchi amplitudasi
Demak, bu sharoitda zanjirdagi tok kuchining amplitudasi ortib ketar ekan. Bu hodisaga elektr zanjiridagi rezonans deyiladi. Rezonans kuzatilishi uchun
shart qanoatlantirilishi kerak.
Biz aktiv qarshiligi nolga teng bo‘lgan tebranish konturida hosil bo‘ladigan erkin
tebranishlar chastotasi ifoda bilan aniqlanishini bilamiz.
U holda zanjirda rezonans vujudga kelishi uchun zanjirga qo‘yilgan tashqi davriy kuchlanish chastotasi zanjirning xususiy chastotasiga teng bo‘lishi zarurligi kelib chiqadi. 4.3-rasmda zanjirdagi tok kuchining amplitudaviy qiymatining unga qo‘yilgan tashqi kuchlanish chastotasiga bog‘liqlik grafigi keltiril gan.
Im ning chastotaga bog‘liq grafigi resonans egri chizig‘i deyiladi.
4.3-rasm
4.3-rasmda Tashqi kuchlanish chastotasi ortib borishi bilan
zanjirdagi tokning amplitudaviy qiymati ortib boradi va bo‘lganda maksimal qiymatga erishadi.
So‘ngra chastota ortishi bilan tok qiymati kamayib boradi.
Kuzatilgan rezonans hodisasini kuchlanishlar rezonansi deyiladi.
Chunki, rezonans vaqtida tok ortishi bilan g‘altak va kondensatordagi kuchlanishlar birdaniga ortadi. Ularning qiymati tashqi kuchlanish qiymatidan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
Rezonans vaqtida induktiv g‘altak va kondensatordagi kuchlanish tebranishlari amplitudasi quyidagicha bo‘ladi:
Tebranish konturlarida shart bajariladi. Shuning uchun g‘altak
va kondensatordagi kuchlanishlar zanjirga qo‘yilgan kuchlanishdan ortiq bo‘ladi va Rkamayishi bilan ortib boradi. Umuman olganda, aktiv qarshilikning katta qiymatlarida rezonans amalda kuzatilmaydi.
Rezonans davrida o‘zgaruvchan tokning amplitudaviy qiymati bilan umumiy kuchlanish amplitudasi bir xil fazada tebranadi.
Rezonans hodisasidan texnikada keng foydalaniladi. Radiopriyomniklarda tashqaridan keladigan ko‘plab radiostansiyalar ichidan kerakli stansiya signallarini ajratib olish rezonans hodisasiga asoslangan. Bunda priyomnikning kirish qismidagi tebranish konturidagi sig‘im yoki induktivlik qiymati o‘zgartirilib, uning xususiy chastotasi, qabul qilinishi kerak bo‘lgan stansiya signali chastotasiga teng qilib sozlanadi. Konturda aynan mana shu tanlangan chastotali signal uchun rezonans hodisasi ro‘y berib, uning hosil qilgan kuchlanishi eng katta bo‘ladi. Elektrotexnik qurilmalarda ham rezonans hodisasi hisobga olinadi.
Chunki, rezonans davrida g‘altak yoki kondensatorda kuchlanishning ortib ketishi unda elektr teshilishlari(proboy) sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Quydagi grafikda kuchlanish, tok kuchi va quvvatning φ = p/2 qiymatidagi oniy
qiymatlari keltirilgan.
4.4-rasm
Quvvatning oniy qiymatining vaqtga bog‘liqlik grafigini har bir momentga to‘g‘ri kelgan tok kuchi va kuchlanishni bir-biriga ko‘paytirilib topiladi.
Grafikdan ko‘rinadiki, davrning to‘rtdan bir qismida quvvat musbat qiymatga ega va energiya zanjirning mazkur qismiga beriladi; lekin davrning keyingi choragida quvvat manfiy qiymatga ega va energiya zanjirning mazkur qismidan energiya olingan tarmoqqa qaytarib beriladi. Davrning to‘rtdan bir
qismida zanjirga berilgan energiya tokning magnit maydonida to‘planadi, so‘ngra tarmoqqa qaytariladi.
O‘zgaruvchan elektr zanjirlarini loyihalashda cosφ ning katta bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Aks holda, energiyaning anchagina qismi generatordan zanjirga va aks yo‘nalishda aylanib yuradi. Simlar aktiv qarshilikka ega bo‘lganligi sababli, energiya ularni qizdirishga sarflanadi.
Sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida elektr dvigatellari juda keng qo‘llaniladi. Ular katta induktiv qarshilikka va kichik aktiv qarshilikka
ega bo‘ladi. Shuning evaziga cosφ ning qiymati kamayib ketadi. Uni oshirish
uchun korxonalarning tarmoqlariga maxsus kompensatsiya qiluvchi kondensatorlar ulanadi. Bunda elektrodvigatellarning salt yoki yetarli yuklamasiz ishlatilmasligiga e’tibor berish kerak. Odatda, cosφ < 0,85 bo‘lgan qurilmalarni ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Xulosa
Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy–iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Fizika darsalrida amaliy me’toddan foydalanish ko’proq samara beradi chunki o’quvchi biron – bir jarayon yoki hodisani animatsia orqali ko’rgandan ko’ra uni o’zi amalda bajarib ko’rsa jarayonni mohiyatiga tushunib yetadi. Jarayonning nazariy hisob kitobin masala yechish orqali yanada mustahkamlanadi. Masala yechishda ham masalani bolalarning bilim darajasini hisobga olgan holda iqtidorli o’quvchilarga murakkabroq noan’anaviy masalalar masalan: ekstremal masalalar berilsa bolaning fikirlash qobilyati, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu kurs ishida quydagi ishlar amalga oshirildi:
O’zgaruvchan to’k zanjiriga ketma – ket ulangan aktiv qarshilikdagi tok kuchi va kuchlanishning o’zgarish qonuniyatlari vektor diagrammalri fazalar farqi va bir biriga bog’liq jihatlari aniqlandi;
O’zgaruvchan to’k zanjiriga ketma – ket ulangan kondensatordagi tok kuchi va kuchlanishning o’zgarish qonuniyatlari vektor diagrammalri fazalar farqi va bir biriga bog’liq jihatlari aniqlandi;
O’zgaruvchan to’k zanjiriga ketma – ket ulangan induktiv g’altakdagi tok kuchi va kuchlanishning o’zgarish qonuniyatlari vektor diagrammalri fazalar farqi va bir biriga bog’liq jihatlari aniqlandi;
O’zgaruvchan to’k zanjiriga ketma – ket holatda ulangan aktiv qarshilik, kondensator va induktiv g’altakdagi tok kuchi va kuchlanishning o’zgarish qonuniyatlari vektor diagrammalri fazalar farqi va bir biriga bog’liq jihatlari aniqlandi. o‘zgaruvchan tokning to‘liq zanjiri uchun Om qonuni ifodasi keltirib chiqarildi.
O’zgaruvchan to’k zanjirida rezonans hodisasini sodir bo’lish shartlari ko’rib chiqildi, rezonans davrida tok kuchi va kuchlaninshning amplitudaviy qiymatlari ni aniqlash formulalari keltirib chiqarildi va texnikda qanday maqsadlarda qo’lanishi yozildi.
|
| |