• Mashg‘ulotning maqsadi
  • SHifokordan oldingi yordam (bundan keyin - birinchi yordam)
  • Elektr xavfsizligi asoslari




    Download 4.54 Mb.
    bet1/41
    Sana23.03.2024
    Hajmi4.54 Mb.
    #175680
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    Elektr xavfsizligi asoslari amaliy qo\'shimcha
    yashil-kimyo-g-oyalarini-o-qitishda-ekologik-yondashish, SH rus tili 24.05

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

    ELEKTR XAVFSIZLIGI ASOSLARI”


    fаnidаn
    AMALIY MASHG’ULOTLAR


    Navoiy 2023y

    1 - AMALIY MASHG‘ULOT

    Elektr tokidan shikastlangan va boshqa baxtsiz hodisaga uchraganlarga birinchi yordam berish yo`llari. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni tahlil qilish uslublari va jarohatlanish ko`rsatkichlarini aniqlash.
    Mashg‘ulotning maqsadi: Ishlab chiqarish jarayonida elektr tokidan shikastlangan va boshqa baxtsiz hodisaga uchraganlarga birinchi yordam berish yo‘llari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.

    Mashg‘ulotning rejasi:

    1. SHifokordan oldingi yordam;

    2. Jabrlanuvchini jaroxatlovchi omillarning ta’siridan xalos etish;

    3. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massajni o‘tkazish usullari;
    4. Sinov savollari.

    Baxtsiz hodisalar, odatda, turli xil jaroxatlar bilan yo‘z berishi ko‘zatiladi. Jaroxat (grekcha «Trauma» so‘zidan olingan) - tashqi omillar ta’sirida yo‘z beradigan inson organizmi yumshoq to‘qimalarining shikastlanishi va ularning butunligi va funksiyalarini bo‘zilishidir.
    Darhol shifokordan oldin ko‘rsatilgan yordam jabrlangan insonni og‘ir oqibatlardan saqlab qolishi mumkin.

    1. SHifokordan oldingi yordam (bundan keyin - birinchi yordam) - bu baxtsiz hodisada jabrlangan kishining hayoti va soglig‘ini tiklash yoki saqlashga qaratilgan chora tadbirlar majmuasi. Bunday yordamni, tibbiy xodim yetib kelishiga qadar, jabrlangan kishining yonida bo‘lganlar (o‘zaro yordam) yoki jabrlangan kishining o‘zi (o‘ziga yordam) ko‘rsatishi kerak.

    Jabrlanganning hayoti va odatda keyingi davolanishining muvaffaqiyati birinchi yordamning qanchalik tez va moxirona ko‘rsatilishiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun ham har bir odam birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi va jabrlanganlarga hamda o‘ziga birinchi yordam ko‘rsata olishi kerak.

    Download 4.54 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 4.54 Mb.