|
4-ma’ruza. Standartlashtirish faoliyati. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish
|
bet | 1/9 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 30,29 Kb. | | #99904 |
Bog'liq 4-maruza
4-ma’ruza.
Standartlashtirish faoliyati. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish.
Reja:
Standartlashtirishning maqsad va vazifalari.
Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atama va ta’riflar.
3. Davlat standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
1. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari.
Standart so‘zi inglizcha «standart» so‘zidan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham, andoza degan ma’nolarni bildiradi. Standart – bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Standartlar darajasiga qarab xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha-konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa, mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. 6 Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatishda, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
|
| |