4-ma’ruza. Standartlashtirish faoliyati. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish




Download 30.29 Kb.
bet7/9
Sana16.11.2023
Hajmi30.29 Kb.
#99904
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-maruza
5-маъруза.doc, 4-amaliy mash, 2-Ma’ruza, Avalboyev Javohir Yashil iqtisodiyot
Milliy standart — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar nstitute tomonidan qabul qilingan hamda keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan standart;
standart — faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga taalluqli bo‘lgan, umumiy va ko‘p marta foydalanish uchun qoidalarni, umumiy prinsiplarni yoki tavsiflarni belgilaydigan hamda muayyan sohada tartibga solishning eng maqbul darajasiga erishishga qaratilgan hujjat;
standartlashtirish — muayyan sohada tartibga solishning eng maqbul darajasiga erishishga qaratilgan, haqiqatda mavjud bo‘lgan yoki kutilayotgan vazifalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalanish uchun qoidalarni belgilaydigan faoliyat;
Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar nstitute;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita — faoliyatning yo‘nalishlari bo‘yicha standartlashtirish tizimini rivojlantirishni amalga oshirishda ishtirok etuvchi maslahat-kengash organi;
standartlashtirish obyekti — mahsulot, tovarlar, xizmatlar (bundan buyon matnda mahsulot deb yuritiladi), jarayonlar, menejment tizimlari, atamalar, shartli belgilar, tadqiqotlar (sinash), o‘lchash (shu jumladan namunalarni tanlash) hamda sinash usullari, tamg‘alash, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari va boshqa obyektlar;
xalqaro (mintaqaviy) standart — standartlashtirish bo‘yicha xalqaro yoki mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va keng jamoatchilik doirasi uchun ochiq bo‘lgan standart;
xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy mamlakatning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organi (tashkiloti) tomonidan qabul qilingan standart;
o‘zaro kelishuv — ko‘pchilik manfaatdor taraflarning mavjud masalalar bo‘yicha e’tirozlari mavjud emasligi bilan tavsiflanadigan hamda barcha taraflarning fikrlarini inobatga olishga va mos kelmayotgan nuqtai nazarlarni yaqinlashtirishga qaratiladigan jarayon natijasida erishiladigan umumiy kelishuv.

Download 30.29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 30.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-ma’ruza. Standartlashtirish faoliyati. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish

Download 30.29 Kb.