• Standartlashtirishning asosiy vazifalari
  • Standartlashtirish
  • «Standartlashtirish obyekti»
  • Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat




    Download 30,29 Kb.
    bet2/9
    Sana16.11.2023
    Hajmi30,29 Kb.
    #99904
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    4-maruza

    Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
    – mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarda mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
    – mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va birbiriga monandligini ta’minlash;
    – fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
    – resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
    – ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
    – tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi, xavf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
    – iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;
    – mudofaa qobiliyatini va mustahkamligini ta’minlash;
    – o‘lchashlar birligini ta’minlash; – ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.


    Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
    – iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish;
    – davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo‘llash, shuningdek, hujjatlardan unumli foydalanishni nazorat qilish;
    – standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
    – bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, axborot, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek, mahsulotning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash;
    – parametrik va turlar o‘lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida birxillashtirish;
    – mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xomashyo va materiallar ko‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi;
    – material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qo‘llash;
    – mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
    – metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
    – standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
    – xorijiy mamlakatlarning talablari O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondira olgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash tajribasini kengaytirish;
    – texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
    – mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
    – texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish;
    – sinovlarni me’yoriy-texnika jihatidan ta’minlash, mahsulot sifatini sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish.
    Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari, odatda, mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi. Odatda, standartlashtirish obyekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
    «Standartlashtirish obyekti» tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun «mahsulot», «jarayon», «xizmat» iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularning mosligiga, qonunqoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim. Standartlashtirish har qanday obyektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondashiladigan bo‘lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin.
    Standartlashtirish obyekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa obyektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Odatda, xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud. Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin. Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqaga qarashli mamla­katlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi.



    Download 30,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 30,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat

    Download 30,29 Kb.