|
A xborotkommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari Kirish Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 martida qabul qilingan «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish chora-tadbirlari
|
bet | 1/4 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 4,34 Mb. | | #101218 |
A xborotkommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari
Kirish
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 martida qabul qilingan «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarorida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ular tomonidan interaktiv davlat xizmatlari koʼrsatish, elektron tijorat va elektron toʼlovlar tizimini yanada rivojlantirish, tijorat faoliyati va tadbirkorlikda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni rivojlantirish, Internet tizimi orqali kommunal va boshqa toʼlovlarni yoʼlga qoʼyish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorda realizatsiya qilish maqsadida elektron tijorat infratuzilmasini yaratish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Hozirgi kunga kelib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. Qaysi bir jabhani olmaylik qulaylik, oshkoralik va tezkorlik bobida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yangilanishlarning muhim omiliga aylanib bormoqda. Shu bois yurtimizda iqtisodiy-barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni taʼminlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish uchun barcha jabhaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Demak oʼz-oʼzidan koʼrinib turibdiki ushbu sohani qaysi mutaxassislikda faoliyat olib borishdan qattiy nazar mukammal bilish hozirgi zamon talabi ekanligini unutmasligimiz kerak.
Аxoli yashash darajasini oshirish
tatbiq etish
Barqaror iqtisodiy oʼsish
Ish oʼrinlarini koʼpaytirish
Investitsiyalarni jalb qilish Iqtisodni rivojlantirish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
A xborotkommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari Kirish Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 martida qabul qilingan «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish chora-tadbirlari
|