• "Standartlashtirish ob’ekti"
  • Standartlashtirish obyekti sifatida xizmat
  • Xalqaro standartlashtirish
  • Milliy standartlashtirish
  • O‘zaroalmashuvchanlik
  • Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atama va ta’riflar




    Download 30,29 Kb.
    bet3/9
    Sana16.11.2023
    Hajmi30,29 Kb.
    #99904
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    4-maruza

    2. Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atama va ta’riflar.
    Standart bu mahsulot yoki xizmatlar uchun talablar, qoidalar va ko‘rsatmalarni o‘zaro bir-biri bilan mutanosib kelishini ta’minlovchi hujjat hisoblanadi.
    Standartlashtirish - Standartlarni shakllantirish, ishlab chiqish va tadbiq etish jarayoniga aytiladi.
    Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi (konsensus) asosida ishlab chiqarilgan va mahlum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullarini o‘z ichiga olgan hamda, belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan mehyoriy hujjatdir. Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
    "Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng mahnoda ifodalash uchun "mahsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga, tarkibiy kismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim. Standartlashtirish har qanday obhektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin.
    Standartlashtirish obyekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi.
    Uyg‘unlashtirilgan standartlar (ekvivalent standartlar): Bir va ayni shu obyektga tegishli bo‘lgan va standartlashtirish bilan shug‘ullanuvchi turli idoralar tomonidan tasdiqlangan standartlar bo‘lib, ular mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning o‘zaro almashuvini, ushbu standartlarga muvofiq taqdim etiladigan axborot yoki sinovlar natijalarining o‘zaro tushunilishini tahminlaydi.
    Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin.
    Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqaga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi.
    Milliy standartlashtirish - bu muayyan bir mamlakat doirasida o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.
    Moslashuvchanlik esa, mahlum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul tahsir ko‘rsatmasdan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi.
    O‘zaroalmashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidan iborat.
    Har xillikni boshqarish (unifikatlashtirish yoki birxillashtirish) deb, muayyan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.

    Download 30,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 30,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atama va ta’riflar

    Download 30,29 Kb.