• O’zbekistonda standartlashtirishni rivojlanish sanalari
  • Standart Odatda biz standart bo’yicha degan iborani ko’p ishlatamiz. Xo’sh standart nima? Smandart so’zi inglizcha Standart so’zdan olingan bo’lib, meyor, o’lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib meyoriy xujjat nomi bilan yuritiladi




    Download 25.36 Kb.
    bet1/4
    Sana01.03.2024
    Hajmi25.36 Kb.
    #164932
      1   2   3   4
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Amaliy mashg`ulotlar ishlanmasi
    Boburjon, MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI (1)

    Standart
    Odatda biz standart bo’yicha degan iborani ko’p ishlatamiz.
    Xo’sh standart nima? Smandart so’zi inglizcha Standart so’zdan olingan bo’lib, meyor, o’lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib meyoriy xujjat nomi bilan yuritiladi. Standart - bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjatdir.
    Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
    Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko’rsatadi.
    Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o’zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan.
    Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
    Standartlashtirish mahsulot muomalada bo’lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga,yuklashga va joylashtirishga,saqlashga ,omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga,transportda olib yurishda, buyumni tarqatish,sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.


    O’zbekistonda standartlashtirishni rivojlanish sanalari:

    • Respublikamizda standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923 yilda Toshkent shaxrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan belgilanadi.

    • 1926 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Xalq Komissariatining Ishchi – dexqon Inspeksiyasi qoshida Standartlashtirsh byurosi tashkil etildi.

    • 1933 yilda Standartlashtirish byurosi Butunittifoq standartlashtirish komitetining O’zbekiston bo’yicha tosh va tarozilar ishlari bo’yicha markaziy boshqarmaga aylantiriladi.

    • 1939 yilda ushbu boshqarma O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshida tashkil etiladi va uning tarkibida Standartlar va o’lchov asboblari davlat nazorati Respublika labaratoriyasi (O’z RLGN) tuziladi va keinchalik esa bu labaratoriya Standartlashtirish va metrologiya O’zbekiston markaziga aylantiriladi. (O’z SSM)

    • 1973 yilda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi o’lchov va o’lchov asboblari boshqarmasi SSSR Gosstandarti qoshidagi O’zbekiston respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi. (O’z gosstandar).

    • 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №93 qaroriga asosan Vazirlar maxkamasi qoshida O’zbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O’z gosstandart)

    • 2002 yilda esa O’zgosstandart O’zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatsiyalash agentligiga («O’zstandart agentligi») aylntiriladi.

    O’zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar


    —Davlatlararostandart-ISO
    —Davlatlararostandart-GOST
    —O’zbekiston davlat standarti - O’zDSt
    — Tashkilot standarti –TSt
    Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari haqidagi fandir.
    Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo’nalishlarni bir - biriga bog’lovchi vosita hamdir.
    Ko’pgina texnika jihatidan ilg’or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o’suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo’lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
    Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish,mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko’rilmoqda.
    1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to’g’risda" qonun ham qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi va standartlashtirish tizimi uchun asosiy jujjat hisoblanadi.

    Download 25.36 Kb.
      1   2   3   4




    Download 25.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standart Odatda biz standart bo’yicha degan iborani ko’p ishlatamiz. Xo’sh standart nima? Smandart so’zi inglizcha Standart so’zdan olingan bo’lib, meyor, o’lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib meyoriy xujjat nomi bilan yuritiladi

    Download 25.36 Kb.