• Xalqaro standart
  • Davlatlararo standart "GOST"
  • Tashkilot standarti
  • Standartlashtirish obektlariga o’z navbatida quyidagilar kiradi
  • Takrorlash uchun savollar.
  • Standartlarning turlari va toifalari




    Download 25.36 Kb.
    bet4/4
    Sana01.03.2024
    Hajmi25.36 Kb.
    #164932
    1   2   3   4
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Amaliy mashg`ulotlar ishlanmasi
    Boburjon, MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI (1)
    1.4 Standartlarning turlari va toifalari
    O’zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish obektlariga qo’yiladigan talablarni belgilovchi meyoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
    - Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
    - O’zbekiston Respublikasining standartlari;
    - Tashkilot standartlari;
    - Xorijiymamlakatlarningmilliystandartlari.
    Xalqaro standart – bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo’yicha) shug’ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan standartdir.
    Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug’ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan hujjatdir.
    Davlatlararo standart "GOST" - bustandartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo’lgan hujjatdir.
    Milliy standart – bu standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bulgan standartdir.
    Tashkilot standarti – bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga tashkilot va korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
    Standartlarni qo’llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to’g’ridan-to’g’ri qo’llanishi ham mumkin.

    Standartlashtirish obektlariga o’z navbatida quyidagilar kiradi:


    - Yagona texnikaviy tilni qo’shib hisoblaganda umumtexnikaviy obektlar, umumiy mashinasozlikda qo’llaniladigan buyumlarning namunaviy konstruksiyalari (mahkamlashvositalari, asboblarvaboshqalar), materiallar va moddalarning xususiyati haqidagi ishonchli ma’lumotlar, texnikaviy-iqtisodiy axborotning tavsiflash va kodlash;
    - aniq maqsadga yo’naltirilgan davlat ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va loyiha obektlari;
    - Respublikaga (yoki muayyan korxonalarga) mahsulot yoki texnologiyasining raqobat qilish qobiliyatini oshirishini ta’minlash imkoniyatini beradigan fan va texnika yutuqlari;
    - Respublikada ichki ehtiyojini qondirish uchun, shuningdek boshqa davlatlarga eksport sifatida etkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlari.
    - standartlarning talablari va texnikaviy shartlari xalqaro, mintaqaviy va sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashtirilishi.
    O’zstandart agentligi, "Davarxitektqurilish" qo’mitasi, Davlattabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va O’zbekiston mudofaa vazirligi standartlashtirish bo’yicha tarmoqlararo ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun o’z huquqlari doirasida yo’riqnomalar, qoidalar, nizomlar, uslubiy ko’rsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqadilar va manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan holda tasdiqlaydilar.
    O’zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro’yxatga olish tartibi O’zDst 1.1 standarti bilan belgilanadi.
    Standartlashtirish obektining o’ziga xos xususiyatlariga va unga belgilanadigan talablar mazmuniga bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi asosiy turdagi standartlarni nazarda tutadi:
    - asos bo’luvchi standartlar;
    - umumtexnikaviy standartlar;
    -texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlaruchun) standartlari;
    - texnikaviy talablar standartlari;
    - nazorat usullari (sinovlar, analizlar, o’lchashlar, ta’riflar) standartlari.
    Lozim bo’lgan taqdirda mahsulotning asosiy texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini, uning nomlarini (turlarini) oqilona tarkibi va boshqa talablarni aniq belgilaydigan bir turdagi mahsulot guruhiga standart ishlab-chiqilishi mumkin.
    Asos bo’luvchi standartlar tashkiliy-texnikaviy jarayonlarning bajarilishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo’llash jarayonlari tartibini (qoidalarini), shuningdek faoliyatning muayyan sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) qoidalarini belgilaydi.
    Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan bir-biriga mos bo’lishini va o’zaroalmashinuvini ta’minlash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo’llashning umumtexnikaviy talablarini, shuningdek mehnat havfsizligi, atrof-muhitni himoya qilish (ekologiya) zararli ta’sirlardan (shovqin, tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi.
    O’zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish, odatda har bir manfaatdor korxona va tashkilotning muxtor vakili bo’lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy qo’mitalar (TQ) kuchi bilan yoki standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


    Takrorlash uchun savollar.
    1. Standartlashtirish davlat tizimi nima?
    2. Standartlashtirish jarayonining bosqichlari.
    3.Standart toifasidegandanimanitushunasiz?
    4 . Rspublikamizdagi amal qiluvchi standart toifalarini sanab bering.
    Download 25.36 Kb.
    1   2   3   4




    Download 25.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlarning turlari va toifalari

    Download 25.36 Kb.