• Texnologik xarita
  • 1-Amaliy mashg‘ulot Vaqt mobaynida uzelning ta’mirlash grafigini ishlab chiqish va optimallashtirish




    Download 0,5 Mb.
    Sana14.02.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #156256
    Bog'liq
    1-amaliy mashg\'ulot(Ichjra)


    1-Amaliy mashg‘ulot
    Vaqt mobaynida uzelning ta’mirlash grafigini ishlab chiqish va optimallashtirish
    Optimallashtirish - bu texnologik jarayonni amalga oshirishning eng yaxshi shartlarini topish protsedurasi. Optimallashtirish masalasi xuddi ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarning ekstremumlarini qidirishning matematik masalasi kabi qaraladi.
    Texnologik jarayonni aks ettiruvchi va ta'mirlash jarayoni to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan tarmoq modelining grafik tasviri ish tarmoq diagrammasi deb ataladi.

    Texnologik xarita -  Ishlab chiqarish resurslariga boʻlgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshqa ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish dasturini bajarish boʻyicha tashkiliy iqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida boʻlib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan texnologiyaga muvofiq), mashina, mexanizm, materiallar sarfi normalari, bajariladigan ishlar hajmi, baholari va boshqa koʻrsatiladi, shuningdek, mahsulot tannarxini hisoblashda qishloq xoʻjaligida qabul qilingan uslubiyat boʻyicha xarajatlar turlari aks ettiriladi. Texnologik xarita asosida barcha mahsulotlar boʻyicha bevosita xarajat (sarf)lar, boʻlinmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika va boshqa moddiy resurslarga boʻlgan ehtiyojlar aniqlanadi. Texnologik xarita yordamida boʻlinmalar ishlab chiqarish topshiriklari shakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisob kitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalashtirilgan ishlarni bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
    Texnologik xaritalarni xoʻjalik mutaxassislari (iqtisodchi tashkilotchilar, texniklar, muhandis mexaniklar va boshqalar) xoʻjalikdagi konkret sharoitlarni xisobga olgan holda namunaviy shakllar asosida ishlab chiqadilar. 
    Texnologik xaritalar operativ (muayyan mavsum uchun), yillik (bir yil uchun) va istiqbol (eng ilgʻor progressiv texnologiya va mashinalar sistemasini oʻzlashtirish, mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashda yangi usullarni joriy qilish va boshqa nazarda tutiladi) turlarga boʻlinadi. 


    1.1-rasm. Havotaqsimlagich nuqsonlarini aniqlash hamda ta’mirlash jarayonining texnologik xaritasi.
    Ishlab chiqarish punktlarini yoki tamirlash uchastkalarini loyihalashda boshqa uchastkalar bilan aloqasini o’rnatish uchun ularning nisbiy joylashuvi diagrammasini taqdim etish kerak.


    Download 0,5 Mb.




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy mashg‘ulot Vaqt mobaynida uzelning ta’mirlash grafigini ishlab chiqish va optimallashtirish

    Download 0,5 Mb.