Standartlashtirishning maqsad va vazifalari




Download 25.36 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2024
Hajmi25.36 Kb.
#164932
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Amaliy mashg`ulotlar ishlanmasi
Boburjon, MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI (1)
1.2 Standartlashtirishning maqsad va vazifalari
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o’rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- mahsulotlarning o’zaro bir - birining o’rnini bosishini va bir-biriga monandligini ta’minlash;
- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo’jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
- resurslarning barcha turlarini tejashga,ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ko’maklashish;
- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
- tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, havf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo’jaligi obektlarining xavfsizligini ta’minlash;
- iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to’g’risidagi to’liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;
- mudofaa qobiliyatini va mustaxkamligini ta’min lash;
- o’lchashlarning yagonaligini ta’minlash;
- ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati to’g’risidagi ko’rsatkichlarini tasdiqlash.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
- iste’molchi va davlatning manfaati yo’lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo’yish;
- davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi meyoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo’llash,shuningdek hujjatlardan umumli foydalanishin nazorat qilish;
- standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash;
- bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o’zaro almashinuvchanligini ta’minlash;
- parametrik va turlar o’lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo’llash asosida birxillashtirish;
- mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, hom ashyo va materiallar ko’rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog’lanishi;
- material va energiya sig’imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qo’llash;
- mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
- metrologik meyor,qoida,nizom va talablarning belgilanishi;
- standartlashtirish bo’yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
- xorijiy mamlakatlarning talablari O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondiraolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to’g’ridan - to’g’ri qo’llash tajribasini kengaytirish;
- texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
- mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
- texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish;
- sinovlarni meyoriy-texnika jihatidan ta’minlash, mahsulot sifatini sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish;



Download 25.36 Kb.
1   2   3   4




Download 25.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlashtirishning maqsad va vazifalari

Download 25.36 Kb.