• Agarda doimiy (avtomatik) nazorat amalga oshirilmasa
  • Aloqa buzilganda
  • Ushbu ma’lumotlar quyidagilardan iborat




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/66
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #153132
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
    Ushbu ma’lumotlar quyidagilardan iborat
    – amaldagi barcha turdagi aloqaning yo‘nalishlar bo‘yicha ish rejimlari haqida (kim 
    bilan, qanday turdagi va qanday vositalar bilan aloqa ta’minlanayotganligi, aloqaning 
    buzilishsiz ishlash koeffisiyenti (rus. koeffisiyent ispravnogo deystviya KID)); 
    – aloqadagi tanaffuslar, ularning sabablari, buzilish uchastkalari va aloqani tiklash 
    bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida; 
    – aloqani o‘rnatilishi (ochilishi, to‘xtalishi) haqida; 


    16 
    – aloqa yo‘nalishlari bo‘yicha kanal (liniya) lar sozligi (nosozligi) haqida; 
    – radio-, radioreley, troposfera va kosmik aloqa vositalariga oldindan ko‘zlangan 
    (ko‘zlanmagan) halaqitlarning ta’siri haqida; 
    aloqa liniyalari, kanallari va traktlari parametrlarining belgilangan ekspluatasion 
    me’yorlarga mos kelishi (mos kelmasligi) haqida; 
    – aloqa apparatura (vosita)lari va MTT vositalari buzilishlari (ishdan chiqishlari) 
    tafsiloti va sabablari haqida, ularni boshqa ish rejimlariga o‘tkazilishi haqida. 
    Agarda doimiy (avtomatik) nazorat amalga oshirilmasa, simli (radioreley, 
    troposfera, kosmik) aloqa tekshiruvi AT navbatchi smenasi shaxsiy tarkibi tomonidan 
    (tezkor almashinuv bo‘lmagan hollarda) har 30 daqiqada amalga oshiriladi. 
    Agarda oxirgi aloqa tekshiruvidan 30 daqiqa o‘tgach yuqori ATdan aloqa tekshiruvi 
    uchun komanda tushmasa, bo‘ysunuvchi AT yuqori ATni chaqirishga majbur. Aloqa 
    tekshiruvi natijalari navbatchilikni olib borish jurnaliga (texnik yoki apparat jurnaliga) 
    yozib boriladi va bo‘ysunuvi bo‘yicha doklad qilib boriladi. 
    Aloqaning buzilganligi va tiklanganligi haqida AT JP NHR zudlik bilan bo‘ysunuvi 
    bo‘yicha bildirgi beradilar. 
    Aloqa buzilganda, birinchi navbatda, axborot almashinuvini aylanib o‘tuvchi 
    yo‘nalishlar orqali ta’minlash va aloqani rezervdagi apparaturalar (rezervdagi aloqa 
    kanallari, liniyalari) yordamida zudlik bilan tiklash choralari ko‘riladi, so‘ngra esa buzilish 
    uchastkalari aniqlanib, aniqlangan nosozlik(buzilish)larni bartaraf qilish tashkil qilinadi.
    Buzilgan aloqani tiklash navbatchi smena shaxsiy tarkibi tomonidan, ATBN 
    rahbarligida amalga oshiriladi. Jiddiy stansion va liniya buzilishlari bo‘lganda ularni 
    tiklash AT navbatchi smenasi yoki ushbu maqsadlar uchun tuziladigan avariyaviy-tiklash 
    komandalari (bevosita AT boshlig‘i rahbarligida) tomonidan amalga oshiriladi. 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu ma’lumotlar quyidagilardan iborat

    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish