|
R-142M2 qo‘mondonlik shtab mashinasi tarkibi va imkoniyatlari r-142M2 qo‘mondonlik shtab mashinasi
|
bet | 1/12 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 3,76 Mb. | | #128830 |
Bog'liq R
R-142M2 QO‘MONDONLIK ShTAB MAShINASI TARKIBI VA IMKONIYaTLARI
R-142M2 qo‘mondonlik shtab mashinasi harakatdagi boshqaruv punktida joyda va harakatda ikkita qisqa va ikkiti ultra qisqa to‘lqinli radiostansiya orqali uzluksiz boshqaruvni va radioaloqani ta’minlashni tashkillashtirish uchun mo‘ljallangana.
R-142M2 qo‘mondonlik shtab mashinasi bir turdagi radiostansiyalar orqali ikki tomonlama radioaloqa bilan ta’minlaydi va u quyidagi imkoniyatlarga ega:
harakatda va turg‘un holda radio so‘zlashuvlarni amalga oshirish, MR9360 QT va MR9560 UQT radiostansiya kanallari bo‘yicha KOMPYuTER orqali elektron fayllar almashinuvi;
harakatda va turg‘un holda UQT li MD-785G radiostansiya orqali so‘zlashuvlarni amalga oshirish;
foydalanuvchilarni bloklarga ulagan holda, ish joyi va haydovchi kabinasi bilan ichki aloqani (sirkulyar, guruhli, individual chaqiruvlar), shuningdek, tashqi abonentlar bilan xizmat aloqasini ta’minlash;
apparat bo‘lmasi, avtomobil kabinasi, komandir va ofitserning ish joyidan turib (komandir bo‘lmasi) QT va UQT radiostansiyalarni masofadan boshqarish;
dala aloqa kabellari orqali radiostansiyalarni masofadan boshqarish;
signallarni bitta radiostansiyadan boshqa radiostansiyalarga retranslyatsiya qilish, shuningdek, tashqi IP ATS bilan radioabonentlarni kommutatsiya qilish va aksincha;
radiostansiya komplektiga kiruvchi GPS navigatori yordamida joylashuv joyini nazoratga olish;
komplektda mavjud telefon apparatlarni ATS ga abonent sifatida ulash;
benzoagregatdan yoki bir fazali tashqi elektrotarmoqdan 220V elektr ozuqasini olish;
QShM qurilmalar tarkibi (apparatura va qurilmalarni joylashuvi keyingi betlardagi rasmlarda ko‘rsatilgan)
Aloqa apparaturasi:
QT radiostansiya MR9360 (1,5-30 MGs) -2 k-t;
UQT radiostansiya MR9560 (30-88 MGs) -1 k-t;
UQT radiostansiya MD-785G (400-470 MGs)- 1 k-t;
Kommutatsiyalovchi qurilma (markaziy modul, radist (№1) pulti, ofitser (№2) pulti, komandir (№3) pulti, radiokarnay, optik modul, marshrutizator)- 1 k-t;
|
| |