• Reja. 1.Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi 2.Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish.
  • Mavzu: Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi. Elektron hukumat tizimi va uning axamiyati. Elektron ta'lim tizimi va uning axamiyati. Elektron tijorot tizimlaridan foydalanish. Elektron raqamli imzo va undan foydalanish Reja




    Download 15.71 Kb.
    Sana17.01.2024
    Hajmi15.71 Kb.
    #139796
    Bog'liq
    1. Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi Elektron raqam-fayllar.org
    file, lemon-juice-an-environmentally-benign-catalyst-for-synthesis-ofbenzothiazoles-and-benzoxazole-derivatives-in-aqueous-medium, 7-mavzu Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam, Abdugani Yo, loyiha ish Norqulov, determinant xossalari, 18-lab, Maxmudov Erkin Anvarovich, 13 – маъруза мдя транзистор, Elektro magnit maydon, 8-Mavzu Metal trupkalarda mmagnitmaydon taqsimoti, 18-Statikmagnit maydon 2- mustaqil, Umar Xayyom kalendari Reja Kirish, 12 . Ikki muhit bo’linishi chegarasidagi elektromagnit to’lqin , WO

    1. Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish

    Mavzu: Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi. Elektron hukumat tizimi va uning axamiyati. Elektron ta'lim tizimi va uning axamiyati. Elektron tijorot tizimlaridan foydalanish. Elektron raqamli imzo va undan foydalanish


    Reja.
    1.Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi
    2.Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish.
    3.Xorij tajribasini tadqiq etish va o‘rganish rivojlanish
    Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi
    Hujjat tushunchasi. Hujjat -matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo‘lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy ob’ektdir.

    Hujjat turlari. Hujjat turlari – hujjatlarni o‘z shakliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:


    Matnli hujjatlar. Qog‘ozga yozuv mashinasi, qo‘l yoki axborot kommunikatsiya vositalari yordamida tushirilgan qandaydir ma’no beruvchi so‘zlar ketma-ketligidir.

    Tovushli hujjatlar. Ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot.


    Tasvirli hujjatlar. Fotosurat, rang tasvir mahsuli.
    Elektron hujjat. Elektron hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
    Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
    Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
    Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
    An’anaviy va elektron hujjat almashish.
    Odatda hujjatlarni an’anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o‘ynaydi. CHunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo‘natmalarni o‘z manzillariga etkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo‘limiga topshiriladi. SHundan so‘ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo‘natiladi va yetkaziladi.
    Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko‘rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog‘i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.
    Imzo va uning ahamiyati. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi.
    Muhr va uning ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o‘zining alohida shakliga ega bo‘lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi.
    Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
    Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
    Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.
    Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida ham foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o‘zgarishlarni yoki o‘zgartirishlarni ko‘rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o‘tkaziladi.
    Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin.
    Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron hujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.
    Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
    Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.
    «E-HUJJAT» elektron hujjat aylanish tizimini rivojlantirish yo‘llari
    28.06.2013
    Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
    Muallif: Sh. Sindarov.
    e_28_06_2013
    Hоzirgi kunda respublikamizda ishlab turgan tizimlarning o‘nga yaqin turi mavjud. Eng keng qo‘llanilayotgan tizimlar milliy korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan «Germes», «E-Hujjat», «FIDO-DOCFLOW» tizimlari hamda chet el kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Efrat, Lotus Domino va boshqalar.

    Qo‘llanilayotgan tizimlarning asosiy kamchiligi elektron hujjatga yuridik maqom berish imkonining yo‘qligi va ko‘pgina tizimlarni foydalanuvchilarning ishlatish jarayoni murakkabligi hisoblanadi. Hozirgi kunda faqatgina «E-Hujjat» tizimida yuridik maqom berish imkoni mavjud. «Germes» tizimida esa bu ish amalga oshirilyapti.

    Bundan tashqari, tizimlarning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma»si asosida ishlab chiqilmagan.

    Bugungi kunda Respublika miqyosida elektron hujjat almashinuvi joriy etilib, jami 67,8 foizni tashkil etadi. Idoralar ichida qog‘ozsiz hujjat aylanishi axborot vositalarining rivojlanishi bilan birgalikda olib boriladi, chunki elektron hujjat aylanishining asosiy komponentlaridan biri axborot vositalari sanaladi. Bugungi kunda axborot vositalarini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar miqdori YaIM’ga nisbatan 5 foizni tashkil etadi.

    BMTTD’ning Raqamli rivojlanish dasturi tomonidan tayyorlangan «Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Jahon tajtribasi. O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari» ma’lumotlariga tayansak, elektron hukumatni amalda qo‘llash bo‘yicha mamlakatlar orasida AQSH birinchi o‘rinda 68,3% miqdorda elektron hukumat joriy etilgan. O‘zbekistonda ham bu jarayon oxirgi besh yillikda 2–3 barobarga ortganini ko‘ramiz.

    Respublikamizda elektron hujjat aylanish tizimi va uni joriy etishda aloqa va axborotlashtirish sohasi mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan ixtiro hamda ratsionalizatorlik takliflarining o‘rni beqiyos. Ana shunday istiqbolli yangiliklardan biri — fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan yaratilgan «Kriptografik kommunikatsiya, autentifikatsiya va maxfiy kalitlar generatsiyasining diaekspotensial tizimini yaratish usuli» ixtirosidir.

    O‘zbekiston Respublikasining milliy kriptografik algoritmlarini yaratish, ularni takomillashtirish va axborotni kriptografik muhofazalashning milliy dasturiy va apparat-dasturiy vositalarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik muhofazasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» 614-sonli qarorida birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yilganligini hisobga olsak, mazkur ixtiro bu qarorning bajarilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.

    Xorij tajribasini tadqiq etish va o‘rganish rivojlanishning yangi yo‘nalishlarini ochib beradi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha ma’lumotlar foiz hisobida 1-rasmda keltirilgan. Yuqorida tahlil etilgan Rossiya elektron hujjat aylanish tizimi dunyo bo‘yicha 6% ulushga ega bo‘lib, bu juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Tizimning Respublikamizda tatbiq etilayotgan himoyalangan elektron hujjat aylanish «E-HUJJAT» tizimlarini yaratishda mazkur xorijiy tashkilotlarning tajribasiga tayangan holda olib borilishiga asoslangan.

    e_28_06_2013_1

    Elektron hujjat aylanish tizimining asosiy elementi bo‘lib, bir necha turga (kiruvchi, chiquvchi va ichki) bo‘linuvchi va ma’lum rekvizitlarga ega elektron hujjat hisoblanadi. Elektron hujjat hisob-varaqasini yuritish har bir foydalanuvchiga ruxsat etiladi. Elektron hujjat rahbariyat tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yilgandan so‘ng uni o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.

    «E-HUJJAT» davlat va tijorat korxonalarida elektron hujjat almashish tizimini yuritish uchun mo‘ljallangan. «E-HUJJAT» mamlakatimizda ishlab chiqilgan algoritmlar asosida yaratilgan ilk dasturiy ta’minot bo‘lib, quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

    • davlat va tijorat korxonalarining lokal va korporativ tarmoqlari orqali himoyalangan elektron hujjat almashuvini boshqarish;


    • Respublikamizda ishlab chiqilgan «Elektron raqamli imzo» to‘g‘risidagi, «Elektron hujjat aylanishi» to‘g‘risidagi qonunlar, axborot va kommunikatsiya yo‘nalishidagi dasturlarni hayotga tatbiq etish;
    • markazlashgan ele1ktron hujjat almashish tizimini yaratish. «E-HUJJAT» quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
    • elektron hujjatlarni elektron raqamli imzo, shifrlash, kalit almashish tizimlari orqali maxfiyligini va butunligini ta’minlash;
    • elektron hujjatlarni markazlashgan holda saqlash, almashish va foydalanuvchilarning ishlarini yengillashtirish;
    • foydalanuvchilarning shaxsiy hujjatlarini shifrlangan holda saqlash.
    e_28_06_2013_2

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI TO’G’RISIDA

    2017-09-30 14:22:11 1665
    (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 20-son, 230-modda)
    1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi

    Ushbu Qonunning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    2-modda.Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlari

    Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

    Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

    3-modda.Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati

    Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo’llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.

    4-modda.Elektron hujjat aylanishi

    Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo’natish va qabul qilib olish jarayonlari yig’indisidan iborat bo’ladi.

    Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.

    5-modda.Elektron hujjat

    Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir.

    Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.

    Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.

    6-modda.Elektron hujjatning rekvizitlari

    Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:

    elektron raqamli imzo;

    elektron hujjatni jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

    elektron hujjatni jo’natuvchining pochta va elektron manzili;

    hujjat yaratilgan sana.

    Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.

    7-modda.Elektron hujjatning yuridik kuchi

    Elektron hujjat qog’oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’ladi.

    Elektron hújjet aylanıw sistemasınıń tiykarǵı elementi bolıp, bir neshe túrge (kiretuǵın, shıǵıwshı hám ishki) bóliniwshi hám málim rekvizitlarga iye elektron hújjet esaplanadı.


    1



    http://fayllar.org
    Download 15.71 Kb.




    Download 15.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi. Elektron hukumat tizimi va uning axamiyati. Elektron ta'lim tizimi va uning axamiyati. Elektron tijorot tizimlaridan foydalanish. Elektron raqamli imzo va undan foydalanish Reja

    Download 15.71 Kb.