|
ATda mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga ruxsat olish uchun2.3. ATda mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga ruxsat olish uchun
sinovlarni topshirish
ATda mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga ruxsat berish uchun sinovlar AT
boshlig‘i buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya shaxsiy tarkibdan quyidagilarni tekshiradi:
– JP NHRning vazifalari va majburiyatlarini bilishini;
– “Qoidalar”ni va navbatchi smena shaxslariga yo‘riqnomalarni bilishini;
– aloqa va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni hamda xavfsizlik
texnikasi va yong‘in xavfsizligi qodalarini bilishini;
– mustaqil ravishda navbatchilikni olib borish, avariyaviy holatlarda hamda aloqa
bilan ta’minlash bo‘yicha, aloqa va MTT apparaturalarida (vositalarida) ishlash bo‘yicha,
barcha turdagi axborotlarni o‘tishini ta’minlash bo‘yicha va uskunalarni ekspluatasiyasi
bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini.
Mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga ruxsat berish uchun sinovlar natijalari
bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma, har bir tekshiriluvchi bo‘yicha baholar va
xulosalar bilan, unga ruxsat etiladigan JP ko‘rsatilgan holda, AT boshlig‘iga tasdiqlash
uchun taqdim etiladi.
Tasdiqlangan dalolatnomaga asosan, ATning tegishli JPida mustaqil ravishda
navbatchilikni olib borishga ruxsat berish uchun AT boshlig‘i buyrug‘i chiqariladi.
Ishchi va xizmatchilarga mustaqil ravishda navbatchilikni olib borish uchun ruxsat
berish tartibini, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibga mos ravishda, Mehnat haqidagi
qonunlarni va tibbiyot xulosalarini hisobga olgan holda, AT boshlig‘i belgilaydi.
Navbatchilikni olib borishdagi tanaffus uch oydan oshgan mutaxassislarning
mustaqil ravishda navbatchilikni o‘tashga tayyorligini aniqlash uchun takroriy
tekshiruvga jalb etiladilar.
Mutaxassisni boshqa bir JPda mustaqil ravishda navbatchilikni o‘tashga tayyorlash va
ruxsat berish tartibi yuqorida ko‘rsatilgan tartibda o‘tkaziladi. Bunda, uning stajirovkasi
davri ushbu JPga birinchi marta kelganlarnikiga nisbatan qisqartirilishi mumkin.
|
| |